Loyiha uchun berilganlar 1-jadval 8


Download 0.71 Mb.
bet9/10
Sana04.02.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1157058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs iwi




Xulosa.


Kurs ishida berilgan boshlang‘ich ma’lumotlarga asosan rele himoyasi va avtomatika qurilmalarni hisoblash uchun maksimal va minimal qisqa tutashuv toklari hisoblandi. Qisqa tutashuv toklarini hisoblash natijalari va normal rejim parametrlariga asosan transformatorlar elektr dvigatellar va kondensator batareyasining rele himoyasi hisoblanadi.
Transformatorlar uchun differensial himoya tashqi qisqa tutashuvlardan himoya, o‘ta yuklanishdan himoya va gaz himoyasi tanlandi. Tanlangan himoyalar transformatorning ishonchli va tejamli ishlashini ta’minlaydi.
Loyiha uchun berilgan tarmoq sxemasiga asosan hisoblash uchun almashtirish sxemasi chizildi, bazis kuchlanishlari tanlab olinib unga asosan bazis toklari hisoblandi. Keyingi bosqichda almashtirish sxemasining parametrlarini va K1-K4 nuqtalardagi qisqa tutashuv toklari hisoblanib 1.1-jadvalga kiritildi.
Transformatorga himoya tanlashda transformatorda yuz berishi mumkin bo’lgan nonarmal rejimlarni aniqlab avariyalarni oldini olish uchun quyidagi himoyalar qo’llanildi:Transformatorning ichki qisqa tutashuvlaridan bo’ylama differensial himoya; Transformatorning o’ta yuklanishdan MTX himoyasi; Transformatorning tashqi qisqa tutashuvlarida tok otsechkasi (TO).
Elektr dvigatellari elektr energiyaning 60% iste’molchilari bo’lganligi uchun dvigatellarning himoyasi ham alohida o’rin tutadi. Elektr dvigatellari kuchlanishiga ko’ra 2 guruhga bo’linadi bular: 1000 V gacha elektr dvigatellar va 1000 V dan yuqori elektr dvigatellar. 1000 V gacha bo’lgan elektr dvigatellarni himoyasida eruvchan saqlagich va avtomatlardan foydalandik. 1000 V dan yuqori bo’lgan elektr dvigatellarning himoyasida quyidagi himoya turlaridan foydalandik: Yerga tutashuvdan himoya; Qisqa tutashuvdan himoya; O’ta yuklanishdan himoya; Kuchlanish pasayishidan himoya.
Kondensator batareyalarini himoyalashda qisqa tutashuvlardan TO ni, O’ta yuklanishdan MTX va kuchlanish ortib ketishidan himoyalar qo’llanildi.
БТП1-ТП2 kabel liniyalarini himoyasida Maksimal tok himoyasidan hayallash vaqtlari iste’molchilardan manbaga tomon yo‘nalishda ortib boradigan qilib tanlandi. Ikkita qo‘shma MTH larning hayallash vaqtlari orasidagi farqga vaqt pog‘onasi yoki tanlash pog‘onasi deb ataladi.
Elektr-yoy pechlari qisqa tutashuvga yaqin bo‘lgan rejimda ishlaydi. Ular elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanmaydi, balki moslashtiruvchi elektr yoy pechi transformatori orqali ulanadi. Bunday transformatorlarning quvvati katta bo‘lishiga qaramasdan bajarish qiyin bo‘lganligi sababli differenial himoya qo‘llanilmaydi. Shuning uchun qisqa tutashuvdan tok otsechkasi, o’ta yuklanishdan esa maksimal tok himoyasi qo’llash orqali himoya bajariladi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling