Loyihalash haqida tushuncha


LOYIHA TURLARI VA ULARNING TARKIBIY QISMLARI


Download 127.64 Kb.
bet2/3
Sana22.12.2022
Hajmi127.64 Kb.
#1041742
1   2   3
Bog'liq
farmatsevtik ishlab chiqarishda loyihalash tushunchasi

LOYIHA TURLARI VA ULARNING TARKIBIY QISMLARI
Loyiha bu - biror bir ishni qilish uchun oldindan uzilgan ish rejasi hisoblanadi. Loyiha turlari 3 qismga bo‘linadi. Ular: loyiha oldi, ishchi loyiha, ishchi hujjatlashtirish. Loyihaning tarkibiy qismlariga esa quyidagilar kiradi.
Bosh plan va transport
Texnologik xal qilish
 Mexnatni ilmiy tashkil qilish ( ishchi va xizmatchilar)
 Qurilishni xal qilish
Loyihaning tarkibiy qismlarini tashkillashtirish muhim sanaladi. Eng avvalo bosh plan tuziladi chunki farmasevtik ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun rejalashtirilgan jarayon uchun joy tanlanadi. Joyga maxsulotni olib kirish va ketish uchun transport masalasi ham inobatga olinishi zarur . Bu ishlab chiqarish jaryoniga qanday texnologiyalar zarurligiga muvofiq qurilish ishlari bajariladi. Xonalarning ta‘minlanishi ham qanday jarayon ketishiga muvofiq tanlanadi. Qurilish va jihozlarni joylashtirish yakunlanganidan so‘ng xizmatni ilmiy tashlik etish bajariladi. Unga ishchi va xizmatchilarni tayinlash kiradi.
LOYIHALASH XUJJATALARI
Loyihalash xujjatlari loyihalashtirishning eng oxirgi bosqichlaridan biri bo‘lib xujjatlashtirish quyidagilar uchun kerak.
 Qilingan ishlar haqida buyurtmachiga hisobot berish uchun
 Tekshiruv uchun
Rekonstruksiya uchun
 Eksplutatsiya uchun
 O‘tkazish uchun
Loyihalashtirish xujjatlari 2 qismdan tashkil topgan.
1. Matnli qism. Bu qismda qurilgan obyekt haqida ma‘lumot ya‘ni bu bino nima ishlab chiqarish uchun qurilgan qanday binolardan tashkil topgan unda kerak bo‘ladigan normative va texnik hujjatlar hisob – kitob natijalari to‘g‘risida ma‘lumotlar bo‘ladi.
2. Grafikli qism. Bu qismda loyihalashtirilayotgan binoning umumiy ko‘rinishi undagi asosiy va yordamchi binolar o‘lchamlari bilan ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bundan tashqari bu bosqichda binoning loyihasi tugagandan so‘ng sertifikat olish uchun xujjatlar bino haqidagi yuqoridagi ma‘lumotlar beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi loyihasiga tegishli normativga asosan oldindan aniqlangan loyiha mablag‘I ma‘lum bir summa miqdoridan oshgan loyiha obyekti ishchi loyiha obyektni ishlab chiqishdan oldin texnik iqtisodiy asos iqtisodiy samaradorligini aniqlash kerak.


Download 127.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling