Loyihalash modeli bu dasturiy ta'minot tizimining ishchi mahsulotidir


Vizual modellashtirish dasturiy ta'minot


Download 1.27 Mb.
bet3/9
Sana07.05.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1439656
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dasturiy Ta’minotni lоyihalash

Vizual modellashtirish dasturiy ta'minot arxitekturasini belgilaydi


Model nima?

Model - bu murakkab muammo yoki tuzilmaning mohiyatini ahamiyatsiz
detallariga e’tibor qaratmasdan tasvirlaydigan va shu bilan uni yanada tushunarli qiladigan abstraksiyadir. Abstraktsiya insonning asosiy qobiliyatlaridan biri bo'lib, murakkab narsalarni tushunishga imkon beradi. Muhandislar, rassomlar, hunarmandlar ming yillar davomida modellarni dastlab mahsulot yoki loyihani sinab ko'rish uchun ishlatib, keyin uni amalga oshirishni boshlaydilar.

Nega model yaratiladi?

Model tizimning soddalashtirilgan ko'rinishidir. U ma'lum bir nuqtai nazardan tizimning muhim tomonlarini ko'rsatadi va ahamiyatsiz tafsilotlarni yashiradi. Modellar quyidagi yo'llar bilan yordam berishi mumkin:
murakkab tizimlarni tushunishga yordam beradi
kamroq xarajat qilib alternativ eskiz variantlarini o'rganish va solishtirish
imkonini beradi
amalga oshirish uchun asosni shakllantiradi
talablarni toʻgʻri qabul qiladi
qarorlarni aniq etkazadi

Vizual modellashtirish: tillar, usullar, dasturiy ta'minot



Vizual modellashtirish tillari va usullari
Vizual modellashtirish tillari (yoki vizual tillar) - bu grafik belgilar va ulardan
vizual modellarni yaratish qoidalarining rasmiylashtirilgan to'plamidir. Hozirda
UML va BPMN kabi vizual modellashtirish tillari ma'lum va amalda faol
foydalanilmoqda. Biroq, eski tillar ham mavjud: telekommunikatsiya tizimlarini
modellashtirish uchun SDL va MSC, biznes jarayonlarini modellashtirish uchun
SADT / IDEF0, ma'lumotlar bazalarini modellashtirish uchun IDEF1x va
boshqalar. Bundan tashqari, tadqiqot muhitida ko'plab boshqa vizual tillar yaratilgan.
Vizual modellashtirishdan foydalanish usullari dasturiy ta'minotni ishlab chiqish
jarayonining muayyan muammolarini hal qilish uchun vizual tillardan foydalanish qoidalarini belgilaydi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling