Loyihalash


Download 1.09 Mb.
bet2/7
Sana15.03.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1271390
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi

DOʻPPIGA OID QADRIYAT.
Qadimda doʻppini oyoq ostiga qoʻyish, uni bosish, ustidan hatlab oʻtish doʻppi egasiga behurmatlik, beodoblik sanalgan. Hatto doʻppini oyoqosti qilish, ezgʻilash, yirtib parchalash bilan uning egasiga ziyon-zahmat yetkazish mumkin, deb ishonilgan. Doʻppi insonning boshini himoyalovchi, asrovchi bosh kiyimi boʻlishi bilan birga, unga doʻppi kiygan insonning kuch-quvvati, irodasi, xislatlari oʻtadi, deb ham hisoblangan. Koʻpni koʻrgan, sogʻlom, baquvvat keksalarning taxlangan doʻppisi bilan kinnalab qoʻyish, silash, “emi-demi shu emish” deya urib qoʻyish bemorga quvvat berishiga umid qilganlar.
Doʻppidagi qalampirnusxa. Erkaklar doʻppisida tasviri tushirilgan qalampir nusxaning zamonaviy moda olamida ham oʻrni beqiyos. Bu nusxani jahonda turlicha: “turk loviyasi”, “hind palma bargi”, “fors sarvi”, “turk bodringi”, “sharq bodringi” yoxud “hind bodringi” ham deb yuritiladi. U qanday nom bilan yuritilmasin, uning shakli bir-biriga oʻxshash. Shu boisdan ham turli xalqlarda oʻziga xos maʼno anglatgan ushbu ramzga egalik masalasi jumboq boʻlib qolmoqda.
Taxminlarga koʻra, ushbu belgi milodiy 224-651-yillarda sosoniylar davlatida (hozirgi Iroq va Eron hududlari)da paydo boʻlgan. Matolar savdo-sotigʻi tufayli bu belgi butun Osiyo mamlakatlari, Hindiston va Yevropaga ham kirib borgan. Shu tufayli boʻlsa kerak mualliflikka daʼvogar boʻlayotgan turli mamlakatlar hali-hanuz tortishuvlar girdobida. Oʻzbekistonda embrionga oʻxshab ketadigan ushbu belgi serfarzandlik maʼnosini ham anglatib, bolajon xalqimizning sevimli qalampir nusxasi sifatida qadrlanadi.

DO’PPIGA ISHLATILADIGAN IPLAR
Do‘ppi asosan baxmal, sidirg‘a shoyi, satinga ip, ipak, zar iplar bilan kashta tikib tayyorlanadi. Tayyorlangan joyi (Chust, Marg‘ilon, Toshkent, Shahrisabz va b.), mo‘ljallangan kishilarning yoshi va jinsi(erkak, ayol, bolalar), shakli (o‘tkir uchli, konnussimon, yarim doyra, chuqur tubli, dumaloq, karjli va b.)ga kura do‘ppilar xilma-xil va rang-barangdir.
Dastlabki do‘ppilar shakli o‘tkir uchli qilib salla bilan kiyishga mo‘ljallab ki-zagi keng ji-yakli qilib tayyorlangan. 20-a. 20-y.laridan do‘ppi shakli o‘zgardi: tepasi dumaloq yoki murabba shaklga ega bo‘ldi, kizakdagi jiyagi ingichkalashdi.
O‘zbekistonda Chust, Andijon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Boysun, Shahrisabz do‘ppilari mashhur. Chust do‘ppisi to‘q yashil shoyi yoki satindan karjli qilib tayyorlanadi: tepasining har bir karjida 4-kalampirnusxa yoki bodom shakli, kizagining har bir karjida 4-tadan mehrob (yarim doyra) shakli kashta bilan sidirg‘a qoplab oq (ip yoki ipak) ipda tikiladi. Tayyor do‘ppining tepasi kizagidan murabba shaklida bo‘rtib chiqadi (boshqa do‘ppilarning tepasi yarim doyra shaklida bo‘ladi). Shakli ko‘p jihatdan chuyet do‘ppisiga o‘xshash bo‘lgan marg‘ilon do‘ppisi gullari (nisbatan ingichka va uzun qalampir shakli)ning sidirg‘a qoplanmasligi bilan farklanadi.
Toshkentning duxoba do‘ppisi sidirg‘a baxmaldan, buxoro do‘ppisi sidirg‘a yoki gul-li baxmaldan tayyorlanadi; buxoro do‘ppisiga rang-barang ipak iplarda yo‘rma usulida kashta tikib bezatilgan jiyak tutiladi.
Iroqi do‘ppi Shahrisabzda keng urf bo‘lgan, keyinchalik boshqa joylarga tarqalib, har bir mahalliy joyning o‘ziga xos bezak usulida yaratila boshlandi. do‘ppining bu turida kashta iplari sug‘irilib to‘r holiga keltirilgan mato (surp)ga rangli ipak yoki ingichka tolali paxta ipi bilan iroqi chok(terma va bosma usuli)da tikiladi (nomi shundan). Iroqi do‘ppining eng yaxshi namunalari Shahrisabz va Kitob do‘ppido‘zlari tomonidan tayyorlanadi. Toshkent va Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan iroqi nusxa do‘ppining naqsh mujassamoti rang-barang gulli novdalar, ular orasidagi yashil, ko‘k tusli qushcha (bulbullar) shaklidan iborat.
Toshkentning iroqi do‘ppisida oq zaminga atirgullar to‘q va och kizil ipaklarda (ba’zan«Ra’no», «Guli», «Farg‘ona tong otguncha» va b.) yozuvlar qo‘shib tikiladi. Shahrisabzning tepa va kizagi yaxlit (ipak va ipdan) to‘qilgan gilam do‘ppisi ham mashhur. Samarqand (Urgut) va Surxondaryo (Boysun)ning dumalok, shaklli piltado‘zi do‘ppisining naqshi sodda, gullari markazga tomon yo‘nalgan, qaviq choklari esa qovurg‘ali yuzani hosil qiladi.
Buxoro zardo‘zlarining zardo‘zi-guldo‘zi va zardo‘zi-zamindo‘zi («Yulduz», «Tovus» va b.) do‘ppilari badiiy jiqatdan yuqori baholanadi. Toshkentning sidirg‘a parchadan 4-karjli (karjlari o‘zaro qora xrshiya yo‘llar b-n bo‘lingan, har bir karjga yorqin gullagan novdalar tikilgan) do‘ppisi va boshqa do‘ppilar jozibali qilib tayyorlanadi.


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling