Loyihalashda tabiiy omillarni hisobga olish
Yoʻl poyining namlanish manbalari
Download 262.59 Kb.
|
5-mavzu. Loyihalashda tabiiy omillarni hisobga olish
Yoʻl poyining namlanish manbalari. Yoʻl poyining nam bilan toʻyinishi juda xavfli hodisadir, chunki bunda yoʻl qoplamining mustahkamligi va koʻtarma qiyaliklari hamda oʻyilmalarining turgʻunligi kamayadi. Suv yoʻl poyiga ikki yoʻl bilan kirishi mumkin: sirtdan sizib kirib va kapillyarlar boʻylab koʻtarilib hamda sizot suvlar sathidan koʻtarilgan bugʻlar va pardalar tarzida.
Тushayotgan yomgʻir suvi qisman yer sirtida oqadi, qisman esa ichkariga sizib kirib, yuqorida yotgan grunt boʻshliqlaridagi suv oʻtkazmaydigan qatlam ustida toʻplanadi. Sizot suvlarining shu tarzda hosil boʻlgan, suv oʻtkazmaydigan qatlam pastki qismining boʻshliqlarini toʻldiradigan sirtqi joy rel’yefining yumshagan nusxasidan iborat boʻladi. Sizot suvlari sathi tepaliklar ostida biroz koʻtariladi va vodiylar ostida biroz kamayadi. Sizot suvlari sathi yer sirtiga chiqqan joylarda buloqlar yoki botqoq hosil boʻladi. Bu yerda sizot suvlari sathi pasayadi. Suv oqimi yoʻnalishidagi tekislikda grunt kesimida sizot suvlari sathi depressiya egri chizigʻini hosil qiladi, suv oʻtkazadigan grunt qanchalik kam boʻlsa, bu egri chiziq shuncha tikroq boʻladi. Grunt zarrachalari oʻrtasidagi oraliqlar kichik boʻladi va nomuntazam shakli hamda oʻzgaruvchan kesimli ingichka kanallar - kapillyarlar hosil qiladi. Suv bu kapillyarlar boʻylab grunt suvlari sathidan hosil boʻlgan molekulyar kuchlar ta’sirida atrofdagi gruntga tarqaladi va turib olgan joylaridan grunt sirtiga tarqaladi. Shunday qilib, sizot suvlari ustida va gruntning sirtqi qatlamida yomgʻirdan keyin kapillyar suvning ikki mintaqasi boʻlishi mumkin: sizot suvlari sathidan koʻtariladigan va muallaq suv deb ataladigan suv va atmosfera yogʻinlaridan keyin mayda zarrali gruntlarning tashqi sirtida hosil boʻlgan suv. Suvning namlanish manbalaridan gruntdagi kapillyar boʻylab koʻtarilidigan sathi grunt zarralarining yirikligiga va shibbalanish darajasiga bogʻliq. Qumda kapillyar boʻylab koʻtarilish balandligi katta emas, changsimon gruntlarda esa bir necha metrga yetishi mumkin. Namning kapillyar boʻylab koʻtarilish sathidan yuqori joylashgan grunt qatlamida yupqa pardasimon suv, shuningdek grunt zarrachalari orasidagi gʻavaklarda, suv bugʻlari boʻladi. Yoʻl poyidagi sizot suvlarining ayrim turlari yil davomida statik muvozanatda qolmaydi. Тashqaridan oqib keladigan suv, shuningdek, harorat hamda atmosfera bosimining oʻzgarishi ta’sirida sizot suvlari sathi va kapillyar koʻtarilish sathi, shuningdek , suv bugʻlari va pardasimon namning yuqori haroratli joydan pastroq haroratli joyga siljishi oʻzgarib turadi. Iqlim mintaqasi, maxalliy sharoitlar va yil fasllariga koʻra odatda yoʻl poyi namlanishining u yoki bu sabablari koʻproq boʻladi (7.2-rasm). 5.2-rasm. Yoʻl poyini namlanish manbalari. a-koʻtarmada; b-oʻymada; 1-atmosfera yogʻinlari; 2-yuza suvlari; 3-singuvchi suv; 4-bugʻsimon va qatlamsimon suv; 5-plenkali suv; 6-kapillyar suv; GSS-grunt suvlari sathi Shunday qilib, yoʻl poyini namlanish manbalariga quyidagilar kiradi: yogʻayotgan yogʻin-sochin, yomgʻir suvlari joydagi qiyaliklardan oqib tushayotgan erigan qor suvlari, sizot suvlari sathidan kapilyar koʻtarilish suvlari, havodagi suv bugʻlarining kondensatsiyalanishi, pardasimon namning grunt zarrachalari sirti boʻylab siljishi. Download 262.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling