Loyihani boshqarish” tushunchasi. Loyihani boshqarish, investitsiyalarni boshqarish va funksional menejmentning o’zaro bogʻliqligi


Download 212.08 Kb.
bet1/3
Sana19.12.2022
Hajmi212.08 Kb.
#1032540
  1   2   3
Bog'liq
dilfuza2 mustaqil ish




Mustaqil ish
Mavzu: Loyihaning boshqarishning tashqiliy tuzulmalari

Bajardi:Sobirova Dilfuza


Qabul qilidi:


Reja

  1. Loyihani boshqarish” tushunchasi. Loyihani boshqarish, investitsiyalarni boshqarish va funksional menejmentning o’zaro bogʻliqligi

  2. Loyihalarni tasniflash: katta va kichik, ichki va tashqi, texnik va notexnik, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlari.


1.“Loyihani boshqarish” tushunchasi. Loyihani boshqarish, investitsiyalarni boshqarish va funksional menejmentning o’zaro bogʻliqligi
Loyihalarni boshqarish boshqaruv orqali amalga oshiriladi. Shunga ko’ra, aytish mumkinki, boshqaruv – bu ma’lum bir ijobiy natijaga erishish uchun, uslublar va tamoyillar yig’indisi orqali biror ob’ektga maqsadga muvofiq ta’sir etish. Inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish sohasiga ham boshqaruv jarayoniga taalluqlidir.
Investitsiya loyihalarini boshqarish ma’lum bir uslub va tamoyillarga tayanib maxsus loyiha menejeri yoki loyiha boshqaruv kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Loyihalarni boshqarish, aksariyat hollarda, loyiha menejeri tomonidan amalga oshiriladi. Loyiha menejeri – bu loyihaga yo’naltirilgan kapital harakati, pul oqimi, foyda, jamg’arma va reinvestitsiyalash, daramad va xarajatlar balansini uzluksiz tahlil qilib va o’rganib boruvchi hamda ularga ta’sir ko’rsatuvchi sub’ekt.
Investitsiya loyihalarini boshqarish moliyaviy menejmentning asosiyni tashkil etish bilan birga o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Moliyaviy menejment shunday tizimki, bunda korxonani boshqarishning umumiy maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan foliyat amalga oshiriladi. Moliyaviy menejment, bir tomondan, muayyan qonuniyatlariga ega boshqariluvchi tizim bo’lsa, boshqa tomondan, korxonani boshqarishning umumiy tizimi tarkibi sifatida boshqarish tizim hisoblanadi. Bu holat loyiha boshqaruvida ham namoyon bo’ladi.
Loyiha menejeri loyiha tashabbuskori yoki ta’sischilar tomonidan tayinlangan sub’ekt – yuridik yoki jismoniy shaxs bo’lishi mumkin. Loyihani amalga oshiruvchi tadbirkor bilan loyiha menejeri o’rtasidagi asosiy farq shundan iboratki, tadbirkorda ochilgan imkoniyatlardan foydalanish bo’yicha, loyiha menejerida esa mavjud resurslardan foydalanish bo’yicha strategik yo’nalish mavjud bo’ladi. G’oyani amalga oshirishda tadbirkorda natijaga tezkor erishishga yo’naltirilgan revolyutsion yondashish kuzatilsa, loyiha menejeriga uzoq muddatli istiqbolga yo’naltirilgan evolyutsion yondashish xosdir.
Investitsiya loyihalarini boshqarishni turli sxemalar asosida ham amalga oshirish mumkin va uni quyidagi variantlarda ifodalash mumkin:

  1. Asosiy” tizim. Bunda loyiha rahbari (menejeri) buyurtmachining vakili (“agenti”) hisoblanadi va u qabul qilinadigan qarorlar uchun moliyaviy javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Loyiha menejeri bo’lib, professional boshqarish uchun litsenziyaga ega bo’lgan har qanday loyiha ishtirokchilari – yuridik yoki jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin. Mazkur holatda loyiha menejeri buyurtmachidan tashqari loyihaning boshqa ishtirokchilari bilan shartnoma munosabatlari asosida faoliyat yuritishi mumkin emas va loyihaning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi ustidan boshqarish va muvofiqlashtirib borishni ta’minlashi zarur.

Mazkur tizimning afzalligi – loyiha menejerining ob’ektivligi bo’lsa, kamchiligi – loyiha natijalari uchun javoobgarlik to’liqligicha burtmachi zimmasiga yuklatilishidadir.

  1. Kengaytirilgan boshqarish” tizimi. Mazkur tizimda loyiha rahbari (menejeri) qat’iy, cheklangan (smeta) baho doirasida loyiha uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Loyiha menejeri loyiha buyurtmachisi va ishtirokchilari o’rtasidagi bitim bo’yicha loyihadagi jarayonlarni boshqarish va muvofiqlashtirib borishni ta’minlaydi. Bunda ham “asosiy tizim”dagi singari har qarnday yuridik yoki jismoniy shaxs – professional boshqarish litsentsiyasiga ega bo’lgan va buyurtmachi oldida o’z majburiyatlari bo’yicha javob berishga qodir bo’lgan loyiha ishtirokchisi loyiha menejeri bo’lishi mumkin.

  2. Kaliti bilan” tizimi. Bunda burtmachi bilan loyihaning e’lon qilingan qiymati bo’yicha “kaliti bilan” topshirish shartnomasini tuzuvchi loyiha-qurilish firmasi loyiha rahbari (menejeri) hisoblanadi.

Investitsiya loyihalarini boshqarishning muhim tarkibiy qismi investitsion menejment hisoblanadi.
Investitsion menejment quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling