Loyihaning maqsadi va vazifasi
Download 17.58 Kb.
|
ANNOTATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyihaning maqsadi va vazifasi
ANNOTATSIYA So`ngi yillarda Prezidentimiz tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish , kambag`allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha juda ko`p islohotlar olib borilmoqda . Shu jumladan “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–31-son, 03.12.2021 y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2022 yilda aholini tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘zini o‘zi band qilish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha jami 2 trln 159 mlrd 146 mln so‘m (200 million 664 ming dollar) subsidiya ajratiladi.Bugungi kunda sut va sut mahsulotlari ayniqsa pishloq kundalik hayotimizda muhim o’rin tutadi. Pishloqda ichaklar mikroflorasini yaxshilovchi foydali bakteriyalar bor. Bu esa organizmga turli ozuqaviy moddalarni yaxshiroq o’zlashtirish va toksinlarni chiqarib tashlash imkonini beradi. Loyihaning maqsadi va vazifasi : Aholini sifatli va hamyonbop bo’lgan pishloq mahsulotlari bilan ta’minlash . Inson organizmi uchun foydali bo’lgan turli xil makro hamda mikroelementlarga boy pishloq ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish. Respublika bo’ylab pishloq donlarini yetkazib berish. Ishlab chiqarish korxonalarini ko’paytirish.Mahsulot sifatini oshirish va innovatsion texnologiyalar bilan ishlash. Pishloq donasi yoki kalyata (cagliata) sut kislotasi mikroorganizmlarini qo’shib, keyinchalik zardobini olib tashlash bilan to’liq yoki yog’siz sutdan cheddarizatsiya jarayonini o’tkazmasdan ishlab chiqaryiladigan yog'liligi 45-48% bo’lgan yarim tayyor mahsulot. Kalyata ya’ni pishloq donasi mozzarella, suluguni, adygeyskiy, chechil (cho’chqa quyruq ) kabi pishloqlar va mahsulotlar ishlab chiqarish shuningdek , qayta ishlangan pishloqlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Kalyata boshqa pishloqlarni tayyorlash uchun ishlatilsa, u mayda bo'laklarga bo'linadi, so'ngra sho'r eritmada maydalanadi. Keyinchalik, hosil bo'lgan massa cho'ziladi va yakuniy mahsulot hosil bo'ladi. Kalyata ishlab chiqaris texnologiyasida oilib kelingan sut pasterizatorga solinadi . Sut pasterizarsiya yoki 72 gradusdan yuqori temperaturada 4 sekund davomida sterilizatsiya qilinadi. Pasterizatsiyalangan sut katta vannalarga solinadi.Sutga achitqi solinadi.Achitqi tarkibida sut kislota hosil qiluvchi bakteriya tutadi . Hosil bo’lgan bo’tqani sovutishga qo’yiladi. Keyin bo’tqa aralashtiriladi va hosil bo’lgan donni zardobidan ajratish uchun maxsus simlar yordamida kesiladi. Keyin harorat kotariladi va maxsus aralashtirgichlar yordamida pishloq doni aralshtiriladi . Loyihaning kuchli tomonlari mahsulotga bo`lgam talabning ortib borishi , savdo kanallari va mahsulot yetkazib berishning katta tanlovi hamda o`zgaruvchan bozorga tez moslashishdan iborat . Loyihamizning imkoniyatlariga keladigan bo`lsak bu ishlab chiqariladigan pishloq navlarini ko`paytirish orqali biznesni kengaytirishni misol qila olamiz. Pishloqning 700 ga yaqin xili maʼlum boʻlib, kimyoviy tarkibi, ma-zasi turlicha. Oʻzbekistonning sut sanoati korxonalarida yumshoq pishloq va brinza ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Mamlakatimizdagi pishloq bozori hali ham Yevropa iste’mol standartlariga muvofiq to`yinganlikdan uzoqdir va kenyingi bir necha yil ichida uning hajmi nisbatan 50% yoki undan ko`proq o`sishi mumkin. Download 17.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling