Loyihaning mazmuni loyihaning maqsadi: Sopol ishlab chiqarish uchun uskuna hamda xom-ashyolar sotib olish, ishlab chiqarish va aholiga sifatli mahsulot yetkazib berish
LOYIHANI AMALGA OSHIRISHDAGI ASOSIY OMILLAR
Download 37.04 Kb.
|
Rezyume
- Bu sahifa navigatsiya:
- TADBIRKORLIKNING CHINNI VA SOPOL ISHLAB CHIQARISH BILAN SHUG’ULLANISH JOYI
- Chinni va sopol ishlab chiqarish xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha : ( 1 yilda 300 kun)
- 850 000 000. so’m 1-tur boyicha: 16
- 2-tur boyicha: 24
LOYIHANI AMALGA OSHIRISHDAGI ASOSIY OMILLAR
Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishda bir qator muhim omillar mavjud, jumladan; Mamlakatimizda tadbirkorlikka keng yo’l ochib berilganligi. Tadbirkorning chinni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish hamda uni rivojlantirish uchun yetarli tajriba va ko’nikmaga ega ekanligi. Tadbirkorning chinni ishlab chiqarish bilan shug’ullanishi uchun sharoitlarning mavjudligi. Aholining bunday xizmatlarga bo’lgan talabning doimiy mavjudligi. Kredit mablag’larining mavjudligi. TADBIRKORLIKNING CHINNI VA SOPOL ISHLAB CHIQARISH BILAN SHUG’ULLANISH JOYI O’zbekiston Respublikasi Farg’ona viloyati Toshloq tumani Arabmazor M.F.Y Arabmazor ko’chasi 10-uy ISHLAB CHIQARISH PROGRAMMASI. Tadbirkorlikning yillik ishlab chiqarish rejasini quyidagicha belgilaydi: Bir yillik ish kunlari – 300 kun; Ish rejimi – 2 smena. Chinni va sopol ishlab chiqarish xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha: ( 1 yilda 300 kun)
1-tur boyicha: 16 (1 kunda )x 170 000 (1 dona maxsulot narxi 5 – jadvaldan) = 2720000 496 (1 oyda) x 170 000 (1 dona maxsulot narxi) = 8432000 5000 (1 yilda) x 172 075 (1 dona maxsulot narxi) = 850 000 000
2-tur boyicha: 24 (1 kunda )x 120000(1 dona maxsulot narxi 5 – jadvaldan) = 2880000 720 (1 oyda) x 120000 (1 dona maxsulot narxi) = 8640000 6800 (1 yilda) x 120000 (1 dona maxsulot narxi) 81600000 Bunday materiallar qatoriga birinchi navbatda sopol va chinni mahsulotlari kiradi. Sopol yoki fayans buyumlarning suv yutuvchanligi 9-21% bo‘lsa, chinnining bu ko‘rsatkich 0,5-0% atrofida tbo‘ladi. Fayans va chinni oralig‘ida hosil bo‘lgan material yarimchinni nomi bilan ataladi. Uning suv yutuvchanligi 3-7% dir. Shuday qilib nafis keramika mahsulotlarining ilk vakili sopol bo‘lib, u jahonda keng tarqalganligi va ishlab chiqarish texnologiyasinning chinniga nisbatan biroz soddaligi bilan ajralib turadi. Sopoldan tayyorlangan buyumlar tanasining g‘ovakligi bilan ajralib turadi. Uning sinig‘i oq rangli va g‘ovakli bulib, sirti shaffof qatlami bilan qoplangan bo‘ladi. Sirlanmasa suv yutuvchan bo‘lib qoladi. Sopolsozlik qadimiy san’at bo‘lib, xalq ustalari uni asrlar davomida rivojlantirib kelmoqdalar. Undan san’at va xo‘jalik buyumlari yamalibgina qolmay, tarixiy obidalar, zamonaviy uy-joylar., inshoatlar va hiyobonlarga chiroy baxsh etmoqda. Sopolsozlik san’ati meros stansiyalari pardozida ham qo‘llanila boshlaniladi. Jumladan, Toshkent metropolitenining «Oybek», «navoiy» va «Toshkent» stansiyalarga kirib kelgan kishi o‘zini ko‘rkam qasirga kirganidek his etadi. Stansiya stunlaridagi kulolchilik namunalarida milliylik, tarixiylik va zamonaviylik aks etgan. Inson tuproqdan tayyorlangan loyning yopishqoqligi va issiqdan qotishini o‘z hayotida ko‘p marotaba sinab ko‘rdi. Bu esa o‘z navbatida sun’iy sopol buyumlarining ilk turlarini ishlab chiqarishga olib keldi. Arxeologik qazilmalardan olingan ma’lumotlarga qaraganda, ajdodlarimiz tosh asrining oxiri – neolit davridayoq ovqat pishirish, suv va ichimliklarni saqlashda tuxumsimon yassi idishlardan foydalanishgan. Sopolsozlikning paydo bo‘lishi hunarmandchilikning ko‘pgina turlari qatori insonning ko‘chmanchilikdan o‘troqlashuviga o‘tishini ta’minlovchi omillardan biri bo‘ldi. O‘troqlashuv omili o‘z navbatida sopolsozlikning rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. O‘lkamiz tarixida o‘rta asrlarga oid sopol yodgorliklari ichida Farg‘ona vodiysining Chust va Dalvarzin, Surxondaryo viloyatining Sopollitepa va Kuchuktepa, Samarqandning Afrosiyob, Xorazm va Toshkentning hunarmandlar yashagan dahalaridan topilgan amaliy ashyolarni ko‘plab uchratish mumkin. Bunday sopol idishlar o‘zining pishiqligi, naqshning betakrorligi, nafis ishlov berilganligi bilan kishini lol qoldiradi. XX asrga kelib, O‘zbekistonda keramika mahsulotlarining barcha turi, shu jumladan, sopolsozlikning rivojlanishiga katta e’tibor berildi. Respublikamizning barcha viloyatlarida kulolchilik korxonalari barpo etildi. g‘ijduvon, Rishton, Xiva, Samarqand, Shahrisabz va Toshkentda mavjud bo‘lgan hunarmandchilik ustaxonalari qayta jihozlandi va kengaytirildi. Xozirgi kunda sopol buyumlari massasi turli xil usulda tayyorlanadi. Birinchi usul eng qadimiy bo‘lib, bu usul bo‘yicha suyuq modda-quyishiga mo‘ljallangan shileker tayyorlanadi. Bunday shakarqiyom moddaning namligi 31-32% ni tashkil etadi. Ikkinchi usul ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladigan bo‘lib, uni mutaxassislar plastik usul deb ataydilar. Bu usul bo‘yicha odatda namligi 16-25% bo‘lgan plasitik massa tayyorlanadi va qoliplarda kerakli shakillar hosil qilinadi . Uchinchi usul bo‘yicha namligi 5-8% bo‘lgan tolqonsimon massa tayyorlanadilar. Korxonalarda shlikerni qoliplarga qo‘shish ko‘pincha mehanizatsiya yordamisiz bajariladi. Shu tufayli qoliplashdagi bosim bir atmosferadan yuqori bo‘lmaydi. 5-8% namlikka ega bo‘lgan yarim quruq kukun bir yoki ikki tomonlama, bir pog‘onali yoxud ko‘ppog‘onali usullarda 200-400 kgs∕sm2 bosimda presslanadi. Presslash jarayoni tirsak–dastali, friksion, rotatsion va gidravlik presslarda bajariladi. Plastik massaning namligi 16-25% bo‘lganda presslash 10-20 kgs∕sm2 bosimda lentasimon yoki shtampovka presslarida amalga oshiriladi. Odatda tayyor loy press ichida shnek yordamida suriladi va zichlanadi. Keramika buyumlari ishlab chiqarishda Yana bir zamonaviy ishlab chiqarish usuli bo‘lib, uni quruq presslash deb ataladi. Odatda quruq presslashda namligi 2% dan oshmaydigan kukun ishlatiladi va keramika buyumlari tayyorlanadi. Xozirgacha bu usul sopolsizlik tarmog‘iga keng kirib kelmagan. Sopol ishlab chiqarish ancha murakkab jarayon bo‘lib, bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. quyida berilayotgan qattiq fayans nomli sopol ishlab chiqarishning texnologik sxemasi (2-rasm) bu haqda to‘la tushuncha hosil qilishga yordam beradi. Yarimquruq presslash usuli katta bosim ostida turli avtomatik moslamalar yordamida amalga oshirilgan tufayli presslanayotgan buyumlarning shakli oddiy va yassiroq bo‘lishini taqozo etadi. Plastik massani qoliplash usuli bilan ish yuritilganda soda yoxud murakkab shaklli buyumlarni yasash mumkin. Shliker yoxud eritma bilan ishlanganda esa o‘rta murakkab shaklli buyumlar gipsli formalarga qo‘yiladi. Haqiqatan ham korxonalarda choynak, koshin, kuvacha, ko‘za (vaza), haykalcha, unitaz, umivalnik singari sopol buyumlari eritmalardan qo‘yish yo‘li bilan olinadi. Lagan, taqsimcha, kosa, piyola, quvur va pilita singari xo‘jalik asboblari esa plastik massa olish va uni qoliplash usuli orqali amalga oshiriladi.
Koshinlashda ishlatiladigan plita, guldor sopol va turli xildagi soda shaklli buyumlar pressavtomatlar yordamida tayyorlanadi. Hozirgi kunda sanoat korxonalarida olti seksiyali qoliplash-quritish avtomatlari ishlab turibdi. Bunday mashinada bir vaqtda turli shakl va o‘lchamlardagi oltitabuyumni qoliplash mumkin. Quyida uning ba’zi bir texnik ko‘rsatkichlari keltirilgan: Unumdorligi, soatiga to‘g‘ri keladigan buyum soni …..3600 Mashina elektrdivigatelining quvvati, kvt hisobida …6 Buyumning eng katta diametri, mm hisobida ….260 Buyumning eng katta balandligi, mm hisobida…..52 Ushbu qattiq fayans olishning umumiy texnologik sxemasini bir oz o‘zgartirib boshqa fayans turlarini ishlab chiqarishga ham joriy etish mumkin. Jumladan sxemada dala shpatiga oid linya olib tashlasa, texnologik jarayon tuproqli fayans sxemasiga o‘xshash bo‘lib qoladi. Ohakli fayans buyumlarni ishlab chiqarishda yuqoridagi sxemagaohaktosh liniyasini kiritish darkor. Ohaktosh konlarda portlatish yo‘li bilan bo‘lakchalarga bo‘linadi. Shundan so‘ng bir cho‘michli ekskavatorlar yordamida tosh bo‘lakchalari 12 t yoki undan ham ko‘proq yuk ko‘taradigan KrAZ va BelAZ markali avtosamosvallarga yuuklanadi va ohakli fayans korxonasining ohaktosh saqlash omboriga jo‘natiladi. Ohaktosh ishlov beri shva dozalash operatsiyalari orqali komponentlarni aralashtiruvchi tegirmonlarga kelib tushadi va boshqa homashyolar bilan aralashtiriladi. Shamotli fayans ishlab chiqarishda qattiq fayans massasi tarkibida shamot kiritiladi. Bunda shamotni tuproqdan kuydirib olish, unga ishlov beri shva dozalash kabi operatsiyalar bajariladi. Fayans buyumlarini ishlab chiqarishda quritish va kuydirish eng muhim operatsiyalardan hisoblanadi. Xom buyum shiliker yoki plastik usullar yordamida tayyorlanganda 6-8% li namlikkacha quritiladi. Ilgari bu eng mashaqqatli operatsiya hisoblanib, xaftalab ochiq maydonlarda saratonning qizig‘i yoki yonayotgan o‘tin yordamida quritilar edi. Xozirgi paytda uni quritish jarani zamonaviy, qo‘l kuchidan xoli bo‘lgan konveyyer, tunnel, rolikli yoki kamera quritgichlardan 100-1300 da quritiladi. Hozirgi kunda buyumlar maxsus o‘tdonda, ya’ni tunnel kamerali aylanma va rolikli pechlar yordamida kuydirilmoqda. Sopol tarkibiga qum, toshqol, shamot kabi qo‘shimchalar kirayotganiga qaramay uning pishishi va qattiq sun’iy toshga aylanish temperaturasi anchagina yuqoridir. Odatda tuproqli fayans buyumlar 950оС, ohakli fayans 1160 оС, qattiq va shamotli fayans mahsulotlari esa 1220-1300оС da pishiriladi. Birinchi kuydirish jarayonida fayansning sopolagi mustahkamlanadi, uning sirlash davrida bo‘kishi mumkinligining oldi olinadi. So‘ngra maxsus moslamalar yordamida sirti sirlanadi. Ikkilamchi kuydirish jarayonida sir bilan sopol jipslashib shishasimon moda ko‘rinishiga keladi. Bu jarayon odatda birinchi kuydirish jarayoniga nisbatan 150-200оС past temperaturada amalga oshiriladi. Bugungi kunda sopol buyumlari va materiallari mamlakat xalq xo‘jaligida boshqa qurilish va xo‘jalik mahsulotlari qatori katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda o‘nlab maxsus fayans zavodlari bo‘lib, bu korxonalarda turli-tuman xo‘jalik buyumlari-piyola, taqsimcha, kosa, ko‘zacha, kuvacha, tovoq kabilar ko‘plab ishlab chiqarilmoqda. Bu korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi kundan –kunga kamayadi, assortimenti esa ko‘payadi. Mayolka, xo‘jalik va ziynatli sovg‘a buyumlari, haykalcha, suvenirlar xonalarga ko‘rk bag‘ishlaydi. Angren, Toshkent, G‘ijduvon, Rishton, Xiva va Samarqandning bir qator keramika zavodlari, qurilish materiallari kombinatlari fayans mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda. Respublikamizda sopolsozlik korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot shaklini did bilan ishlash, ularni naqshlash, tarixiy va zamonaviy yodgorliklar sirtini sirlab bezash odat tusiga kirdi. Ilgari Respublikamiz kulolchilik korxonalarida o‘nga yaqin kosa, lagan, ko‘za, piyola, plita, mayolka, koshin, quvur kabilar ko‘plab ishlab chiqarilmoqda. Sirlangan keramika materiallari koshinlarga quyiladigan barcha talablarni qondiradi. Ular uzoq muddat chidaydigan, atmosfera ta’siriga bardosh beradigan va ko‘rinishi chiroyli bo‘lganligi uchun hozirda qurilishda keng ko‘lamda va samarali foydalanilmoqda. Jamoat binolarining vestibyullari, davolanish muassasalari hamda kimyo sanoati korxonalarining pollariga Toshkent qurilish materiallari va Angren keramika kombinatlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar yotqiziladi. Bunday polbop plitalar amalda suv o‘tkazmaydi, qavatlararo qurilmalarning ko‘tarib turuvchi konstruksiyalarini namdan himoya qiladi, tezda ishqalanib yedirilmaydi, zang olmaydi va oson yuviladi. Ular odatda kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli va o‘ziga nam singdirmaydigan bo‘ladi. Kanalizatsiyada ishlatiladigan sopol quvur va sanitariya-texnika buyumlarining ishlab chiqarilishi kata ahamiyat kasb etmoqda. Kanalizatsiya quvurlari diametri 150-600 mm, sopoldi zich, zarrachalari to‘qishib ketgan, sirti va ichi sirlangan bo‘ladi. Sanitariya –texnika buyumlaridan vuannalar ishlab chiqarish mustahkamligi yuqori fayans sirtiga har turli rangdagi emal qoplash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday vannalar to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida yasalib, tubi yassi, devorlarning ichi kovak bo‘ladi. O‘zbekistonda bunday buyumlar Angren keramika kombinatida ko‘plab ishlab chiqarilmoqda. Sopolsozlitkni rivojlantirish uchun, birinchi navbatda, mavjud korxonalardagi eskirib qolayotgan dosgoh, uskuna va mexanizmlarni Yangi serunum avtomatlarga almashtirish kerak. Bu o‘rinda Toshkent qurilish materiallari kombinati ishlari diqqatga sazovordir. Italiya firmalari bilan hamkorlikda chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati oshib, jahon andozalari talabiga javob beradigan bo‘ladi. Ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan gil, kvars, dala shpati kabi xomashyolar koni izlab topilishi lozim. Ba’zan ashyoning o‘z vaqtida yetkazib berilmasligi sababli mavjud texnikadan yetarlicha foydalanilmayapti. Bu borada injener-texnologlarga respublikamiz geolog va geokimyogarlarning yordami suv va havo kabi zarur. Plita, quvur kabi sanitariya-texnika buyumlarining sifati, o‘lchamlarining bir xilligi, qirralarining tekisligi zamon talablaridan bir oz orqada. Ularning reaksion muhit ta’siriga chidamliligini oshirish zarur. Sopol buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan sirlarning sifatini yaxshilash kerak Fayans buyumlarining massasini yaxshilash masalasi ham muhimdir. Bu o‘rinda apatit va fosforit konsentratlar massa tarkibiga kiritilganda fayansning kuydirish temperaturasi pasayadi, qimmatbaho dala shpati tejaladi. Qurilishda ishlatiladigan sopol ashyolarni tayyorlash uchun asosan xom ashyo sifatida eng ko’p tarkalgan tuproqlar qo’llaniladi. Sopolbop (kulolchilik) tuproq tarkibida kaolinit, gidroslyuda va ozgina kvarts, dala shpati, temir oksidi, karbonatlar bo’lgan mayda zarrachali cho’kindi tog’ jinsidir. Tuproq zarrachalarining diametri 0,005 mm dan kam bo’lganda loy plastik (mayin) bo’ladi. Undan tayyorlangan buyum quriganda o’z shaklini o’zgartirmaydi, pishirgandan keyin mustahkam va chidamli bo’ladi. Shuningdek, tuproqda 0,005-0,16 mm li chang zarrachalari va 0,16-2 mm li qum donalari ham aralashgan bo’ladi. Loy tarkibi va undagi zarrachalar mayda-yirikligiga qarab yuqori plastik, qoniqarli plastik, kam plastik va plastik bo’lmagan guruhlarga bo’linadi. Yuqori plastik loy tarkibida 80-90%gacha tuproq zarrachalari bo’ladi. Bunday loyning plastiklik ko’rsatkichi 25% dan katta, suv shimuvchanligi 28% dan ko’p va havoyi kirishishi 10- 15% dan ortmaydi. Qoniqarli plastik loyda tuproq zarrachalari 30-60%gacha bo’ladi. Plastikligi 15-25%, suv shimuvchanligi 20-28%, havoyi kirishishi esa 7-10% ga teng. Kam plastik loylar tarkibini 5-30% gacha tuproq zarrachalari tashkil etadi. Suv shimuvchanligi 20% gacha, plastikligi 7-15% va havoyi kirishishi 5-7% ga teng. Plastik bo’lmagan loyni qayta ishlab bo’lmaydi, u qolipga tushmaydi [1]. Loy tarkibida tuproq zarrachalari 60% dan ko’p bo’lsa «yog’li loy» deyiladi. Ammo uning kirishishi katta. Buning uchun unga qo’shilmalar qo’shiladi. Loyda tuproq zarrachalari 10-15% bo’lsa, bunday loy «yog’siz loy» deyiladi. Buning uchun unga bentonit turpog’i qo’shiladi. «Yog’li loydan» sopol buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalarda pardozbop g’ishtlar, taxtachalar, bo’shliqli bloklar, tombop cherepitsalar, quduq va oqova suv kuvurlari, polbop taxtachalar, quyma toshlar (klinker), terrakotlar, mayoliklar, chinni-fayans buyumlar tayyorlanadi. Sopolbop tuproq tarkibida kaolinit, gidroslyuda, montmorillonit, ozgina kvarts, karbonat va temir oksidlari bo’lgan, har xil yiriklikdagi mineral zarrachalar aralashgan cho’kindi tog’ jinsidir. Oddiy va eritib olingan (klinker) g’isht, devorbop bloklar, tombop cherepitsa, pardozbop taxtachalar, yengil sopol to’ldirgichlar (keramzit, agloporit) qurilishda keng ishlatiladi. Shuningdek, tugoy va yo’l qurilishi inshootlarini suv ta’siridan saqlash, g’isht terishda va suvokbop qorishmalar, xom g’isht, somonli devorbop bloklar. paxsa va boshqa maqsadlarda ham g’ishtbop tuproqni ishlatish mumkin. Bentonit turpog’i montmorillonit guruhiga kiruvchi (kvarts, gips, biotit, gidroslyuda va temir oksidi aralashmalari) tuproq minerallaridan tashkil topgan vulqon kuli, tuf va lavalarning kimyoviy buzilishi jarayonida hosil bo’lgan cho’kindi tog’ jinsidir. Bentonit turpog’i qurilishda suv ta’sirilan saqlovchi sifatida buyumlar choklarini to’lg’izishda, er osti inshootlari, aerodrom va zovur chekkalarini mahkamlashda, keramzit va agloporit olishda, chinni, fayans sopol qorishmalarning plastikligini yaxshilashda ishlatiladi [2]. O’tga chidamli loy asosan kaolindan, ozgina kvarts, dala shpati, gidroslyuda, karbonat va boshqa aralashmalardan tashkil topgan mayda zarrachali, sochiluvchan cho’kindi tog’ jinsidir. Asosan konstruktsiey (shamotli) va termoizolyatsiya (yengil) ashyolari, shuningdek, yuqori harorat ta’sirida bo’ladigan devorbop g’ishtlarni terishda, suvok, qorishmalari sifatida hamda chinni, fayans, sopol va boshqa olovga chidamli o’choqlar ko’rishda keng ishlatiladi. Umuman, sopol buyumlar sifatini yaxshilash maqsadida xom ashyo qorishmasiga kvarts qumi, shamot, toshqol, kuydirganda yonib ketadigan organik qo’shilmalar (qirindi, ko’mir changi va h.q) qo’shiladi. Shamot g’isht - bu olovga chidamli va kiyin eruvchan alyumosilikatli tuproqni pishirib olingan devorbop ashyo. Chinni va fayans (xom ashyo-chang aralashgan tuproq) qorishmasini tayyorlashda tarkibida asosan kaolinit minerali bo’lgan tog’ jinsi – kaolin ishlatiladi. Barcha nozik sopol ashyolari tarkibini asosan dala shpati (mikrolin va boshqalar) bilan kvarts tashkil etadi. Qo’shimcha xom ashyolardan kvarts qumi, shamot, toshqol kabilar loyning plastikligini pasaytiradi. Kirishishini pasaytirish va qoliplashga qulay loy olish uchun yuqori plastik tuproq qo’shiladi. Sopol buyumlardan har xil qoplama taxtachalar va kislotaga chidamli ashyolar olish uchun suyuq shisha yoki ishqor qumga qog’ishtirilib asosiy qorishmaga qo’shiladi. Tabiatda juda ko’p tarqalgan soz tuproq (gil) sopol materiallari va buyumlar ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Gil suv bilan aralashtirilganda u oson qoliplanuvchan plastik loyga aylanadi. Keyin uni qoliplab yuqori haroratda kuydiriladi (pishiriladi) va turli qurilish buyumlari hamda me’morchilik qismlari tayyorlanadi. Gilning texnologik xossalarini yaxshilash, shuningdek, tayyorlangan buyumlar ma’lum fizik-mexanik xossalarga ega bo’lishini ta’minlashi uchun tarkibiga kuyib ketadigan va plastiklovchi qo’shilmalar qo’shiladi. Gil tarkibida dala shpati (granit, sienit, gneys va h.k.) bo’lgan tog’ jinslarning mexanik yemirilishi va kimyoviy parchalanish mahsuloti hisoblanadi. Dala shpatining parchalanishi natijasida kaolinit minerali Al2O3-2SiO2-2H2O hosil bo’lgan. Lekin tog’ jinslarining tarkibida dala shpatidan tashqari boshqa minerallar ham bo’ladi, shu sababli ular yemirilganda gil, kvarts, slyuda va parchalanmagan boshqa mineralllarning zarrachalaridan iborat murakkab aralashma hosil bo’ladi. Gilning sopol materiallar ishlab chiqarishda hisobga olinadigan eng muhim xossalari uning plastikligi, havoda va olovda kichrayishi, olovbardoshligi, gil sopolakning rangi va h. k. Gil tarkibida gil zarrachalarining miqdori ortgan sari uning plastikligi ortadi. Gil kancha plastik bo’lsa, yaxshi shakllanadigan gil qorishmasini hosil qilish uchun ancha ko’p suv talab qilinadi, bu esa o’z navbatida quritish va pishirish jarayonida buyumlarning ko’p kirishishiga (plastik deformatsiyalanish) sabab bo’ladi. Gillar yuqori, o’rtacha va kam plastik xillarga bo’linadi [3]. Yuqori plastik gillar tarkibi 80–90% gilli zarralardan iborat bo’ladi. Ularning plastikligi 25 dan, suv talabchanligi 28% dan yuqori va hajmiy kichrayishi 10–15% ga teng. O’rtacha plastik gillar tarkibida 30–60% gilli zarralar bo’lib, plastikligi 15–25%, suv talabchanligi 20–28% va hajmiy kichrayishi 7–10% atrofida bo’ladi. Kam plastik gillar tarkibida esa 10–30% gilli zarralar bo’lib, plastikligi 7–15, suv talabchanligi 20% dan kam va hajmiy kichrayishi 5–7% atrofida bo’ladi. Gilning kimyoviy tarkibi undagi turli xil oksidlarning miqdori bilan ifodalanadi. Sopol xom ashyosida asosiy oksidlarning miqdori quyidagicha o’zgaradi: SiO2–40- 80%; A12O3–8-50%; Fe2O3–0-15%; CaO–0,5-25%; MgO–0-4% va K2O–0,3-5%. Bunda A12O3 miqdori ko’payganda gilning plastikligi, olovbardoshligi ortadi, SiO2 miqdori ko’paysa gilning plastikligi kamayadi, g’ovakligi ortadi va kuydirilgan buyumlarning mustahkamligi kamayadi. Ishqorli metall oksidlari (Na2O va K2O) hajmiy qisqarish deformatsiyani orttiradi, sopolakning zichlinishini va mustahkamligining ortishini ta’minlaydi. G’ovakligi yuqori va issik o’tkazuvchanligi past bo’lgan yengil sopol materiallar olish uchun xom ashyo aralashmasining tarkibiga kukun hosil qiluvchi qo’shilmalar kiritiladi, ular pishirish jarayonida yonib ketadi (qipiq, ko’mir kukuni, torf va sh. k.) [4]. Boyituvchi va plastiklovchi qo’shilmalar (yuqori plastik va bentonitli gillar, ko’mir qazib chiqarishdagi chiqindilar, qog’oz ishlab chiqarish chiqindisi va sh. k.) tuproq gil xom ashyosini boyitish, uning plastikligini oshirish, gillarning qoliplanish va qurilish xossalarini yaxshilash uchun qo’shiladi. Sopol buyumlarning kislotabardoshligini oshirish uchun tarkibiga suyuq shisha bilan aralashtirilgan qumli tarkib qo’shiladi. Temir, kobalt, xrom va titan kabi oksidlar kiritilib, rangli sopol buyumlar tayyorlanadi. Sopol buyumlarning suvga chidamliligini oshirish, shuningdek, sillik va jilolanuvchi bo’lishi uchun ularning yuzasi glazur yoki angob bilan qoplanadi. Glazur 0,1-0,2 mm qalinliqdagi shishasimon qoplama bo’lib, pishirish jarayonida sopol materiallarga singib qoplama parda hosil qiladi. Glazur uchun kvarts qumi, kaolin, dala shpati va ishkorli metallar ishlatiladi. Bu qo’shilmalar tegirmonda yaxshilab tuyiladi, so’ngra kukun yoki eritma holatida pishirishdan oldin surtiladi. Sopol materiallari va buyumlar turli-tuman o’lchamga, shaklga, fizik-mexanik xossalarga ega bo’ladi. Ularni ishlab chiqarish texnologik jarayonining asosiy bosqichlari tahminan bir xil bo’ladi va xom ashyo materiallarni qazib olish va massani tayyorlash, qoliplash, quritish, pishirish, pishirilgan buyumlarni navlarga ajratish va omborda saqlashni o’z ichiga oladi. Gil qazib olish. Sopol materiallari va buyumlarni ishlab chiqarish uchun gil, bevosita korxona yaqinida joylashgan ochiq konlardan ekskovatorlar va boshqa mashina hamda mexanizmlar yordamida qazib olinadi. Korxonaga gil rels yo’lli vagonchalar, avtosamosvallar, tasmali transporterlar va transportning boshqa turlari bilan tashiladi. Gil aralashmasi plastik, yarim quruq va ho’l (shliker) usullarda qoliplanadi. Bu usullardan qaysi birini tanlash dastlabki materiallarning xossalariga, sopol massasining tarkibiga va buyumlarni qoliplash usuliga, shuningdek, ularning o’lchamlari va vazifasiga bog’lik. Download 37.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling