Loyihaning qurilish qismi bo ‘yicha asosiy ma’lumotlar
Matbaa korxonalari uchun qo‘llaniladigan binolarning tavsifi
Download 285 Kb.
|
Ma’muriy texnik hududni loyihalash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 Loyihalash uchun boshlang‘ich hujjatlar
3 Matbaa korxonalari uchun qo‘llaniladigan binolarning tavsifi
Matbaa korxonalari bir qavatli, ko‘p qavatli va aralash binolarda joylashishi mumkin (3.4-rasm). M atbaa ishlab chiqarishida xomashyo, yarimmahsulot va tayyor m ahsulotlar nisbatan kam og‘irlikka ega va qavatlararo harakatlanishda murakkabliklar tug’dirmaydi. Matbaa uskunalarini sezilarli og'ir boiganda ham qavatlararo to‘siqlarga o‘rnatish mumkin. Shuning uchun matbaa korxonalari binolari turini tanlashda texnologik va iqtisodiy maqsadga muvofiqlik hisobga olinadi. Matbaa korxonalari bir qavatli, ko‘p qavatli va aralash binolarda joylashishi Turli xildagi binolarni qoTlashning solishtirma tahlilida uni k o iish va undan foydalanish xarajatlarini, shuningdek, bino turining ishlab chiqarishni tashkil qilish va ish sharoitiga ta’sirini hisobga olish kerak. Yurtimizdagi ko‘pchilik matbaa korxonalari ko‘p qavatli binolarda joylashgan, biroq bu ko‘p qavatli binolar har doim ham ishlab chiqarish talablarini qanoatlantirishini anglatmaydi. Yuqori unumdorlik katta o ‘lchamli uskuna-agregatlar faqat maxsus fundamentlardagina o‘rnatilishi mumkin. Turli qavatli boTimlardan tashkil topgan binolarda ishlab chiqarishni joylashtirish ko'p hollarda oqilona qaror bo‘lishi mumkin. Loyihalashda bir qavatli binolar ularda ko‘p qavatli binolarga nisbatan, o‘zaro bogTiq ishlab chiqarish boTimlarini qulayroq joylashtirish, xomashyo va yarim mahsulotlarni qisqa yo‘l bo‘vlab harakatlanishini ta’minlash, shuningdek, ustunlarning ancha yirik turi tufayli texnologik uskunalarni oqilona joylashtirish mumkin. 1 Loyihalash uchun boshlang‘ich hujjatlar Ishlab chiqarish korxonasini loyihalash va uning tarmoqni rivojlantirishdagi ahamiyatini asoslash uchun korxonani loyihalashni, qurishni, rekonstruksiya qilish yoki texnik qayta jihozlashning maqsadga muvofiqligini aks ettiruvchi zaruriy texnikaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlarga ega materiallar ishlab chiqiladi. Loyihaning texnikaviy-iqtisodiy asoslanishi quyidagi ma'lum otlarga ega bo‘lishi kerak: 1. Rekonstruksiya qilinayotgan yoki kengaytirilayotgan korxonaning batafsil tavsifnomasi, uning faoliyatini baholash; 2. Korxona mahsulotiga bo'lgan talabni asoslash hamda korxonaning ishlab chiqarish quvvati va ixtisoslashuvini ko‘rsatish; 3. Korxonani xomashyo, materiallar, yarimmahsulotlar, elektr energiyasi. yonilg‘i materiallari, suv va boshqa resurslar bilan ta ’minlash; 4. Yangi korxonani qurish va amaldagi korxonani kengaytirishda quvvat birligiga keltirilgan minimum xarajatlar bo‘yicha korxonaning rivojlanishini asoslash; 5. Asosiy texnologik yechimlami asoslash; unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi: a) ishlab chiqarishning texnologiyasi, fan va texnikaning yaqin kelajakdagi rivojlanish istiqbolidan kelib chiqqan holda uning zamonaviy texnologik jarayonlarga muvofiqligi; b) uskunalarni tanlash: xorijiy uskunani o ‘matishda istiqbolli ishlab chiqarish rejasining qanday darajada hisobga olinganligi, uskunani sotib olish zaruratining sababi; d) maxsus buyurtmalar bo'yicha tayyorlanishi kerak bo‘lgan yangi uskunalarga qo‘yiladigan asosiy talablar; g) korxonaning ishlab chiqarish texnologik tuzilmasi, asosiy va yordamchi bo‘limlaming tarkibi va ularning quvvatlari; d) korxonaning ta'm irlash va yordamchi bo‘limlarining kooperatsion aloqalari tizimi; e) atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar; 6. Yangi korxonani qurish va amaldagi korxonani kengaytirishda rejalash va konstruktiv yechimlarni asoslash, maydonning o‘lchamlari; 7. Loyihalangan ishlab chiqarishda erishilishi kerak bo'lgan asosiytexnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Loyihalash jarayoniga asos bo‘lib xizmat qiluvchi asosiy hujjatlar quyidagilardan iborat: tegishli iboralar tomonidan tasdiqlanadigan loyihalash va qurilish bo‘yicha m e’yoriy hujjatlar; davlat standartlari; tarmoq talablari va mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘yicha m e’yoriy hujjatlar; texnologik loyihalash m e’yorlari; uskuna va qurilmalar bo‘yicha kataloglar va boshqalar. Download 285 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling