Loyihasi : tijorat banklarining valyuta operatsiyalari


Valyuta opsionlarining amalga oshirilishi


Download 487 Kb.
bet14/33
Sana25.02.2023
Hajmi487 Kb.
#1230173
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
FIRDAVS

Valyuta opsionlarining amalga oshirilishi
Opsionlar valyuta riskidan xedjirlash hamda spekulyasiya uchun qo‘llanishini aytib o‘tgan edik, endi uni spekulyasiya uchun qo‘llanishini ko‘rib chiqamiz.
Agar spekulyator nuqtai nazaridan qarasak, unda spot, forvard va opsion bozorida savdo qilish, ya’ni spekulyativ operatsiyalar amalga oshirish imkoniyati bor.
Spot bozori spekulyasiyasi
Masalan, uning 100 ming AQSH dollari bo‘lsa va u shvetsiya franki bo‘yicha olti oylik spot kursi har bir shvetsiya franki uchun 0.6000 AQSH dollari bo‘lishini taxmin qilsa (albatta tahlillar natijasida), unda u spekulyasiyani amalga oshirish uchun birinchi navbatda bugungi kundagi har bir shvetsiya franki uchun 0.5851 AQSH dollari spot kursi bo‘yicha 100 ming AQSH dollariga 170910.96 shvetsiya franki sotib olishi kerak. Spekulyator o‘zi taxmin qilgan valyuta kursi etib kelmaguncha uni o‘zida ushlab turadi va agar u mo‘ljallagan kurs etib kelsa u sotadi:
170910.96 Sfr * $ 0.6000/Sfr = $ 102546.57
Natijada, u 2546.57 AQSH dollari miqdorida yoki 2.5 % foyda ko‘radi.
Forvard bozori spekulyasiyasi
Forvard bozorida spekulyasiyani amalga oshirish uchun spekulyator birinchi navbatda olti oylik $ 0.5760/Sfr forvard kursi bo‘yicha 173611.11 shvetsiya frankini sotib oladi. Bu bosqich spekulyatordan hech qanday xarajatni talab qilmaydi. Olti oydan keyin $ 0.5760/Sfr forvard kursi bo‘yicha 100 ming AQSH dollariga 173611.11 shvetsiya frankini sotib oladi va shvetsiya frankini spot bozorida $ 0.6000/Sfr kurs bo‘yicha sotadi:
173611.11Sfr * $ 0.6000/Sfr = $ 104166.67
Natijada, 4166.67 AQSH dollari miqdorilagi foydani hech qanday investitsiyasiz oladi.
Opsion bozori spekulyasiyasi
Opsion bozorida spekulyasiyasini amalga oshirishda spekulyator qanday turdagi opsionni sotib oladi yoki sotadi aniqlab olishi kerak.
Koll opsionni sotib olishda u frankdagi avgust kol opsionini 58 ½ ($ 0.5850/Sfr) strayk bahoda va 0.50 yoki $ 0.0050/Sfr premiyani xarid qiladi. Agar spot kurs strayk bahodan past bo‘lsa, spekulyator kol opsionni sotmaydi. CHunki, frank spot bozorda kolldagiga qaraganda arzonroqdir. Spekulyatorning yo‘qotishi faqat premiyadan (0.50) iborat bo‘ladi. Agar spot kurs strayk kursdan yuqori bo‘lsa, masalan, 59 ½ bo‘lsa, u shvetsiya frankini 59 ½ kurs o‘rniga 58 ½ kurs bilan sotib oladi va uni spot bozorida 59 ½ kurs bo‘yicha sotib foyda oladi.

Download 487 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling