Lug‘aviy ma’no, uning tarkibiy qismlari va turlari
-incha: ko`pincha, aksincha kabi. Bu affiks ravish, sifat asosiga qo`shilib ravish yasaydi. -larcha
Download 81.4 Kb.
|
Ravishning lug‘aviy mano guruhlari tahlili
-incha: ko`pincha, aksincha kabi. Bu affiks ravish, sifat asosiga qo`shilib ravish yasaydi.
-larcha: o`rtoqlarcha, qarindoshlarcha, aybdorlarcha, vahshiylarcha kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga qo`shilib ravish yasaydi. -ligicha: tirikligicha, xomligicha, ozligicha, ho`lligicha kabi. Bu affiks sifat, ravish asosiga qo`shilib ravish yasaydi. -lay: tiriklay, butunlay kabi. Bu affiks sifat va olmosh asosidan ravish yasaydi. -ona: do`stona, fidokorona, g`olibona, qadimona kabi. Bu affiks ot, sifat, ravish asosidan ravish yasaydi. -lab: haftalab, yaxshilab, bittalab, ko`plab kabi. Bu affiks ot, sifat, son, ravish asosiga qo`shilib ravish yasaydi. -chasiga: dehqonchasiga, eskichasiga kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga qo`shiladi. -siga: tikkasiga, yappisiga kabi. Bu affiks sifat, olmosh asosiga qo`shilib ravish yasaydi. -n (-in): ertan, kechin, yashirin kabi. Bu affiks ravish, fe’l asosiga qo`shilib ravish yasaydi. -siz, be-: tinimsiz, to’xtovsiz, beto’xtov kabi. Bu affikslar omonim affiks sifatida sifatdan tashqari ot, harakat nomi asosidan ravish yasaydi. -day (-dek): toshdek, gulday kabi. Bu affikslar ot asosiga qo`shilib ravish yasaydi. II. Kompozitsiya (sintaktik) usuliga ko`ra ikki so`z asosini ma’lum bir qolipda birikishi, tizilishi orqali harakatning bitta belgisini ifodalaydigan ravish yasaladi. Bu usul bilan qo`shma va juft ravishlar yasaladi. 1) u, bu, shu, o’sha ko’rsatish olmoshlaridan so’ng o’rin kelishiklaridagi yer, yoq, ora, o’rta: u yerga, u yoqda, shu orada, o’sha yoqda. 2) har, hech, hamma olmoshlari bilan bosh yoki o’rin kelishiklari shaklidagi so’zlarning qo’shilishidan: har joydan, har vaqt, har yoq, har lahza, har qachon, har zamon, hech vaqt, hech qachon, hamma vaqt. 3) bir so’zining payt, miqdor, o’rin bildiruvchi so’z bilan birikishidan: bir kuni, bir dam, biroz, birpas, bir karra, bir zamon, bir talay, bir chekkada. 4) qay olmoshi + vaqt, choq, zamon, payt, mahal: qay vaqt, qay choq, qay zamon, qay payt, qay mahal. 5) alla + vaqt, mahal, nechuk, payt, zamonlar: allamahal, allanechuk, allapayt, allazamonlar 6) har xil turkumdagi so’zlarning o’zaro birikishidan: tez fursatda, yaqin orada, hali zamon, ertadan kechgacha. 7) so’zlarning juftlashuvi bilan yasalgan ravishlar: oldin-keyin, nari-beri, asta-sekin, bugun-erta, erta-kech. Juft ravish ikki so`zning teng bog`lanishi bilan yasaladi. U quyidagicha bo’ladi: 1) ma’nosi bir-biriga yaqin (sinonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: asta-sekin, ochiq-oydin, eson-omon kabi; 2) qarama-qarshi ma’noli (antonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: bugun-erta, yozin-qishin, nari-beri kabi; 8) so’zlarning takrorlash bilan ravish yasashda mustaqil so’z turkumlarining deyarli barchasi ishtirok etadi, biroq yasalish darajasi birdek emas. Takrorlanish bilan otlardan ravish yasalishi boshqa turkumlarga nisbatan ko’proq uchraydi: a) ot bilan ot –ma, ba- elementlari bilan o’rin kelishiklaridagi otlarning takrorlanishidan: takror-takror, qator-qator, bosh-boshiga, yuzma-yuz, yonma-yon, basma-bas, dam-badam, yildan-yilga, kundan-kun; b) sifat bilan sifat: uzundan-uzun, zo’rma-zo’raki, quruqdan-quruq, yakkama-yakka, eson-omon, biyron-biyron, ayrim-ayrim; v) ravish bilan ravish: nari(dan)-beri, ahyon-ahyonda, huda-behuda, ora-sira, kamdan – kam, oldin(ma)-keyin, birin-ketin, hali-beri, unda-bunda ; g) turli fe’l formalarining takrorlanishidan: uzil-kesil, ag’dar-to’ntar, olmoq-solmoq, bilinar-bilinmas, bora-bora, qota-qota, qayta-qayta, qo’yarda-qo’ymay, sezilar-sezilmas, ura-sura, ozib-yozib, ozib-to’zib; d) son, olmosh, taqlid so’z va aralash holda so’zlarning takrorlanishidan birma-bir, yakka(ma)-yakka, o’z-o’zidan, qancha-qancha, apil-tapil, taqa-taq, shartta-shartta, ochiq-oydin, chor-nochor, to’la-to’kis, yo’l-yo’lakay, vaqti-bevaqt. O’zbek tilida payt, belgi, miqdor, o’rin ma’nolarini bildiradigan ayrim so’zlar o’rin kelishiklarini olgan holda ravishga aylanishi mumkin. 1) otlardan yuzaga kelgan ravishlar: ora(-ga,-da, -dan), o’rta(-ga, -da, -dan), chet(- ga, - da, - dan), o’ng(- ga, - da, - dan), kun(da), tongda, tushda, tubdan. 2) sifatdan yuzaga kelgan ravishlar: uzoq(-ga, - da, - dan), yaqin(-ga, - da, - dan), qo’yi(-ga, - da, - dan), balanga, pastga, yaqindan, yolg’ondan, baravardan. 3) ko’rsatish olmoshlari o’rin-payt, chiqish kelishigi formasida ravishga aylanadi: unda, bunda, shunda, o’shanda, bundan, shundan. 4) bo’lishsiz formadagi sifatdoshlar chiqish kelishigida ravishga aylanadi: shoshmasdan, indamasdan, qaramasdan, charchamasdan. 5) son – ravishga aylanadi: bir(-ga, -da, -dan). Download 81.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling