Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Ravishning lug‘aviy ma’no guruhlari tahlili mavzusini nazariy jihatdan o`rganishni maqsad qilib olindi va ushbu maqsadga erishish uchun kurs ishining vazifalari etib quyidagilar belgilab olindi:
Lug‘aviy ma’no, uning tarkibiy qismlari va turlari
Lugav‘iy ma’no taraqqiyoti yo‘llari
Ravish so’z turkumi, ravishning leksik-grammatik xususiyatlari.
Ravishlarning ma’no turlari, yasalishi va tuzilishi jihatdan turlanishi
Kurs ishining tuzulishi: Kurs ishi kompyuterda qo‘lda terildi va sahifalandi. Ish ikkita bob, har bir bob ikki rejadan tashkil topgan bo`lib, kurs ishini bajarishda 22 ta adabiyotlar manbalariga murojat etildi. Ishning hajmi 31 betdan iborat.
1.1 LUG‘AVIY MA’NO, UNING TARKIBIY QISMLARI VA TURLARI
Lug`aviy ma’no va uning tarkibiy qismlari
Leksemaning lug`aviy ma’nosi quyidagicha shakllanadi: inson o`z sezgi a’zolari orqali borliqdagi narsa, hodisa, belgi, harakat va boshqalar haqida tushuncha hosil qiladi. Bu tushuncha inson ongida muhrlanib qoladi. Xuddi shu tushunchaga atab qo`yilgan nom ham inson ongida saqlanib qoladi va natijada nom va tushuncha o`rtasida mustahkam aloqa yuzaga keladi.
Semasiologiya fanida leksemaning lug`aviy ma’nosi semema atamasi bilan ham beriladi. Semema ham o`z navbatida qismlarga bo`linadi. Bu qismlar semalar deb ataladi. Har bir sema tushunchaning turli belgilarini aks ettiradi. Masalan, quyosh leksemasining lug`aviy ma’nosini, ya’ni sememasini quyidagi semalar tashkil etadi:
1) yulduz;
2) issiqlik tarqatuvchi osmon jismi;
3) yorug`lik tarqatuvchi osmon jismi;
4) bir qancha sayyoralarni o`ziga birlashtirgan tizim markazi;
5) Yer sayyorasidagi hayot manbasi; Bu ro`yxatni o`z bilimimizga tayangan holda yana davom ettirish mumkin.
Semalar ma’no xususiyatlariga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |