Lug‘aviy ma’no, uning tarkibiy qismlari va turlari


Download 81.4 Kb.
bet6/17
Sana13.04.2023
Hajmi81.4 Kb.
#1355324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Ravishning lug‘aviy mano guruhlari tahlili

3) bog`li ma’no erkin ma’noga zid qo`yiladigan hosila ma’no bo`lib, uning voqelashuvi uchun muayyan matn, qurshov zarur bo‘ladi. Ayrim leksemalarning turg`un (frazeologik) iboralar tarkibidagina ifodalaydigan hosila ma’nolari bog`li mano hisoblanadi. Masalan, bel leksemasining bel olishmoq, bel bog`lamoq, beliga tepmoq, belini ko`tarmoq, belini sindirmoq, beli uzilmoq, belini bukmoq kabi iboralar tarkibidagina ifodalaydigan hosila ma’nolari bog`li ma’noga misol bo`la oladi.

1.2 LUG‘AVIY MA’NO TARAQQIYOTI YO‘LLARI
Ma’lumki, ijtimoiy hayotda, inson ongida, tafakkurida yuz bergan o`zgarishlar natijasida til ham o`zgarib, taraqqiy qilib boradi. Bu o`zgarishlar birinchi navbatda uning lug`at boyligida aks etadi. Lug`at boyligidagi o`zgarishlar esa birinchi navbatda leksemalar ma’nolarining rivojiga bog`liqdir.
Leksemalar ma’nolarining rivojlanishi quyidagi yo`llar orqali amalga oshadi.


Lug`aviy ma’noning ko`chishi
Leksema lug`aviy ma’nosining ko`chishi deganda bir tushuncha nomining boshqa tushuncha nomi sifatida ishlatilishidir. Yuzaki qaraganda, bu yerda ma’no ko`chishi emas, nom ko`chishi yuz berayotgandek ko`rinadi. Aslida unday emas, chunki bunda oldin birinchi tushuncha bilan bog`liq tarzda yangi tushuncha yuzaga keladi va u inson ongida barqarorlashadi. Tildagi tejamkorlik tamoyili esa yangi tushuncha uchun yangi so`z qidirib o`tirmasdan tilda oldin mavjud bo`lgan so`zni yangi ma’noda ishlatishga imkon beradi. Masalan, oyoq- leksemasini olib ko`ramiz. Bu leksema sememasi quyidagi semalarga ega:
1) a’zo;
2) gavdani ushlab turuvchi a’zo;
3) yurishga yordam beradigan a’zo;
4) miqdoran bittadan ortiq a’zo;
5) shaklan uzunchoq a’zo;
6) uchida barmoq tirnoq va tuyoqlari mavjud bo`lgan a’zo. Albatta, bu ro`yxatni yana davom ettirish mumkin, lekin bizga shu leksema ma’nosining ko`chishi qay tarzda yuz berishini tushuntirish uchun shularning o`zi yetarli deb hisoblaymiz. Inson atrofidagi narsa va tushunchalarni idrok qilishda birinchi navbatda o`zidan andoza oladi, shuning uchun u stol, stul kabi narsalarning qismlarini ham o`ziga qiyoslagan holda idrok qiladi va o`z oyog`iga xos belgilarning ayrimlari stol va stullarda mavjudligini ko`radi. Natijada, u oyoq leksemasining 2-, 5-semalariga tayangan holda stol va stullardagi qismni ham shu nom bilan ataydi: stolning oyog`i.
Lug`aviy ma’noning ko`chishi bu kabi shakil o`xshashlikdan tashqari belgi, harakat, vazifa o`xshashligiga, narsalar o`rtasidagi aloqaga asoslangan holda yuz berishi mumkin. Shularga asoslanib, lug`aviy ma’no ko`chishining quyidagi turlarini ajratsa bo`ladi:
Metafora (grekcha metaphora – «ko`chirma») o`xshashlik asosida ma’no ko`chishidir. O`xshashlik esa turlicha bolishi mumkin:

Download 81.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling