Reja: Rus pedagog olimlari va ularning pedagogik g'oyalari
Download 0.86 Mb.
|
Rus pedagog olimlari va ularning pedagogik g\'oyalari. K.D.Ushinskiyning pedagogik g\'olari va ta\'limoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Ushinskiyning dars va o’qitish usullari.
Rus pedagog olimlari va ularning pedagogik g'oyalari. K.D.Ushinskiyning pedagogik g'olari va ta'limotiReja:1. Rus pedagog olimlari va ularning pedagogik g'oyalari.2.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiya san’ati haqida.2.Ushinskiyning didaktik ta’limoti.3.Ushinskiyning dars va o’qitish usullari.4.Ushinskiyning pedagogikani rivojlantirishda tutgan o’rni.Mashhur rus pedagogi, rus pedagogikasi va xalq maktablarining asoschisi, «rus o‘qituvchilarining o‘qituvchisi» Konstitantin Dmitrievich Ushinskiy 1824-yilning 19 fevralida Tula shahrida tug‘ildi. Ushinskiy 9 yoshga qadar oilada tarbiyalanib, savod chiqardi. So‘ngra Novgorod —Seversk gimnaziyasiga o‘qishga kirib, uni 1840-yilda muvaffaqiyatli tamomladi. O‘sha yili Moskva dorilfununining yuridik fakultetiga o‘qishga kirdi va o‘sha davrning mashhur professori Redkinning bevosita rahbarligi ostida ta’lim oldi.Ushinskiy 22 yoshida Yaroslav litseyiga kameral (yuridik) fanlar professori vazifasini bajaruvchi sifatida xizmatiga kirdi va ish boshladi. U uch yillik dastlabki pedagoglik faoliyatida katta iste’dod egasi ekanini namoyish eta oldi.Shuningdek, Ushinskiy zo‘r ishtiyoq bilan o‘qituvchilik ishini olib borib, talabalarga havas bilan bilim berishga harakat qildi, ularda ilm fanga nisbatan qiziqish uyg‘otdi, eng muximi, o‘z xalqi va ona yurtini jondan sevish, ardoqlash hamda vijdonan halol mehnat qilishga da’vat etdi, Bu yosh va iste’dodli professorning mazmunli ma’ruzalarini litsey talabalari maroq bilan tinglab, chuqur va mustahkam saboq olar edilar.Ushinskiy faqat 1854 yildagina Yaroslav litseyi sobiq direktorining tavsiyasi bilan Gatchino institutida til —adabiyot va qonunshunoslik o‘qituvchisi bo‘lib ishga kiradi va u yerda tez fursatda shu institutning sinflar inspektori vazifasiga ko‘tariladi. Ushinskiyning pedagogik faoliyati tom ma’nosi bilan ana shu vaqtdan boshlandi. U 1859 yilda Smolniy institutining sinflar inspektori vazifasiga tayinlanib, unga shu institutning juda achinarli holga tushib qolgan ilmiy bo‘lim ishlarini qaytadan tartibga solishday muhim topshiriq yuklandi. Ushinskiy bu ishni epchillik bilan puxta bajarib, pedagoglik jarayonni uyushtirish sohasida katta qobiliyat sohibi ekanini ko‘rsatdi. Shu bilan birga uning pedagogika masalalariga bag‘ishlangan va muntazam chop etilayotgan nazariy tadqiqotlari uning faqat amaliyotchi emas balki o‘z ixtisosi bo‘yicha kuchli nazariyotchi ekanligini ko‘rsatdi.Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling