Reja: Rus pedagog olimlari va ularning pedagogik g'oyalari
Download 0.86 Mb.
|
Rus pedagog olimlari va ularning pedagogik g\'oyalari. K.D.Ushinskiyning pedagogik g\'olari va ta\'limoti
Ushinskiy ta’lim yo‘nalishida ikki yo‘nalish borligini qayd etdi. Birinchi yo‘nalish bolalar o‘qituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu buyum yoki hodisa to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil qiladilar. Ikkinchi yo‘nalishda olingan bilimlar umumlashtiriladi va mustahkamlanadi. Ushinskiy maktabning ikki xodimi: murabbiy bilan o‘qituvchi o‘rtasida tarbiya va ta’lim (funksiyasini) jarayonini bo‘lib qo‘yishga qarshi norozilik bildirdi. U ta’limni tarbiyaning eng muxim vositasi deb hisobladi. Ushinskiy o‘zining pedagogik tizimida dars hamda ta’lim metodiga katta axamiyat berdi. Darsda mashg‘ulotlar turlicha bo‘lishi mumkin: yangi bilim berish o‘quvchilarning mashqlar bajarishi, o‘tilganlarni takrorlash, o‘quvchilarning bilimini hisobga olish‘ o‘quvchilarning yozma ishlarni bajarishlari. Har bir dars ma’lum maqsadga qaratilgan, tugallangan bo‘lishi va yetarli darajada tarbiyaviy harakterga ega bo‘lishi lozim, Ushinskiy mashg‘ulotlarni almashtirib va metodlarni xilma xil qilib turishni tavsiya etdi.Ushinskiy bolalarda mustaqil ishlash qobiliyatini o‘stirishga e’tibor berib, o‘qituvchi maktabga yangi kirgan bolalarga darsda mustaqil ishlashning to‘g‘ri usullarini o‘rgatishi kerak, bolalar to mustaqil ishlash malakalarini mustahkam o‘zlashtirib olmaguncha, ularga uyga vazifalar berish yaramaydi, deydi. Ushinskiy «Rus tilini dastlabki o‘qitish» (1864) sarlavhali maqolasida bir qancha qimmatli metodik ko‘rsatmalar berdi. Uning fikricha, o‘qitishning uchta vazifasi bor: 1) bolaning nutqini o‘stirish; 2) bolalarni rus tilinining boyligidan ongli suratda foydalanishga o‘rgatish va 3) tilning mantiqini (grammatikasini) o‘zlashtirish. Bu uch vazifa bir vaqtda birlikda bajariladi. Rossiyada o‘qishga o‘rgatishda tovush metodini joriy qilish va keng tarqatishda Ushinskiyning xizmati katta bo‘ldi. Ushinskiy o‘qituvchilarning roliga yuksak baxo berib, «pedagogning o‘quvchilarga ta’siri shunday tarbiyaviy kuchga egadirki buni hech qanday ustav va dastur bilan, o‘tsuv yurtini har qancha qulay tashkil etish bilan almashtirib bo‘lmaydi», deb hisoblar edi. U «... tarbiya ishida murabbiyning shaxsi eng asosiy narsa» -deb yozgan edi.K.D.Ushinskiy pedagogikaning o‘ziga xosligini, milliy xususiyatlarini himoya qildi, shuningdek, tarbiya xalqchil bo‘lishi lozim, deb hisobladi. K.D.Ushinskiy mehnatga inson baxt —saodatining asosiy sifatida qaradi. Bolalarni mehnat orqali tarbiyalashga katta e’tibor berdi. Ushinskiy ta’limotining mazmuni, tamoyillari, shakl va metodlarini ishlab chiqishda ham ko‘p ishlar qildi. U ta’limni va uning ko‘rsatmaliligini, ongli va uzviy ta’lim -tarbiya masalalarini ishlab chiqdi. O‘qitish shakl va metodlarining rang barangligiga erishishni talab etdi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling