Reja: Rus pedagog olimlari va ularning pedagogik g'oyalari


Download 0.86 Mb.
bet3/5
Sana19.04.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1367452
1   2   3   4   5
Bog'liq
Rus pedagog olimlari va ularning pedagogik g\'oyalari. K.D.Ushinskiyning pedagogik g\'olari va ta\'limoti

Ushinskiyning fikricha, axloqiy tarbiyaning vositalari quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: 1. Ta’lim (axloqiy tarbiyada kitob va darsliklarni o‘rni); 2. O‘qituvchining shaxsan namuna bo‘lishi (Ushinskiyning obrazli ifodalashicha, «bu narsa yosh qalb uchun quyoshning barakali nuridirki, uni hech bir narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi»); 3. E'tiqod; 4. O‘quvchilarga mohirlik bilan munosabatda bo‘lish (pedagogik odob); 5.ogohlantirish choralari; 6. Rag‘batlantirish va jazolash.

Ushinskiy bolalar mehnati haqida gapirib, insonning to‘g‘ri rivojlanishidagi zarur shart mehnatdir, deb hisoblagan edi. Uning fikricha «agar tarbiya kishini baxtli qilmoqchi bo‘lsa, uni baxt uchun tarbiyalamaslik kerak, balki hayotdagi mehnat uchun tayyorlashi lozim». Tarbiya kishida mehnatga muhabbat va odatni o‘stirish kerak. Ushinskiy kishi o‘z faoliyatida jismoniy mehnat bilan aqliy mehnatni birlashtirsa, juda foydali bo‘lur edi, deb hisoblaydi. U o‘quvchilar mehnati haqida gapirib, «O‘qish mehnatdir va mehnat bo‘lib qolishi, ammo to‘la ma’noli mehnat bo‘lishi lozim», deydi. U ta’limni ovunchoqlik ko‘ngil ochish yo‘li bilan o‘tkazishga, bazi pedagoglarning ta’limni mumkin qadar yengilroq qilishga harakat qilishlariga qarshi chiqdi. Bolalar o‘qish davrida mehnatga, qiyinchiliklarni enga olishga o‘rganishlari kerak. Faqat kichkina bolalarnigina o‘ynab turib o‘qishga o‘rgatish mumkin, deb yozadi Ushinskiy. Aqliy mehnat og‘ir, o‘rganmagan kishini tezda charchatib qo‘yadi. Shuning uchun bolalarni kuchi etadigan ishlar bilan sekin asta o‘rgatish lozim. K.D.Ushinskiyning aqliy mehnatni jismoniy mehnat bilan qo‘shib olib borish to‘g‘risidagi, o‘qish va dam olishni to‘g‘ri tashkil etish haqidagi pedagogik fikrlari hozirgi kunda ham qimmatlidir.


K.D.Ushinskiyning didaktika haqidagi qarashlari pedagogika tarixida o‘zining chuqurligi va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ushinskiy ta’limni bolalarning psixologik jihatdan kamol topishlarining yosh bosqichlarini hisobga olishni va ular psixologiyasining xususiyatlarini e’tiborga olib tashkil etish kerakligini talab qildi.
Ushinskiy xotira bilan esda saqlab qolishi to‘g‘risida gapirib, unutishning oldini oladigan tez —tez takrorlash yo‘li bilan tarbiya oluvchilarda o‘z xotiralariga ishonchni mustahkamlash kerak, deb ko‘rsatdi. U darsda ko‘rsatmalilik tamoyiliga katta ahamiyat berib, psixologik nuqtai nazardan ko‘rsatmali ta’limni mohiyatini yoritib berdi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling