Reja: Rus pedagog olimlari va ularning pedagogik g'oyalari

Download 0.86 Mb.
bet2/5
Sana19.04.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1367452
1   2   3   4   5
Bog'liq
Rus pedagog olimlari va ularning pedagogik g\'oyalari. K.D.Ushinskiyning pedagogik g\'olari va ta\'limoti

Ushinskiy 1857-yildan boshlab «Tarbiya jurnali» («Jurnal dlya vospitaniya»)da, so‘ngra «Xalq maorifi jurnali»da juda ko‘p sermazmun maqolalar e’lon qildi. 1860 yilda u «Xalq maorifi jurnali»ning muharriri qilib tayinlandi. Ushinskiy 1861-yilda o‘zining «Bolalar dunyosi» («Detskiy mir») nomli o‘qish kitobini nashr ettirdi. Bu kitob o‘sha yilning o‘zidayoq ikki marta chop etildi.

K.D.Ushinskiyning pedagogika nazariyasi xalqchillik g‘oyasi asosida qurilgandir. «Har bir mamlakatda bolalarni tarbiyalash tizimi, deb aytgan edi u xalqning rivojlanish sharoitlari, uning ehtiyoj va talablari bilan belgilangan». «Hamma uchun umumiy bo‘lgan birgina tutma moyillik borki, tarbiya hamisha shunga tayanishi mumkin; bu biz xalqchilik deb atagan narsadir. Xalqning o‘zi tomonidan yaratilgan va xalqchilik asosiga qurilgan tarbiya shunday tarbiyaviy kuchga egaki, bunday kuch abstrakt g‘oyalarga asoslangan yoki boshqa xalqlardan olingan eng yaxshi tizimlarda ham yo‘qdir...»

K.D.Ushinskiy tarbiya ishidagi turli vositalar orasida axloqiy tarbiyaga katta e’tibor berib, «Tarbiyaning asosiy vazifasi axloqiy jihatdan ta’sir etishdan iboratdir, bu aqlni umuman o‘stirish, boshni bilimlar bilan to‘ldirishdan ko‘ra ham muhimroqdir», deb yozgan edi.
Axloqiy tarbiya maqsadlari va vositalari.
Axloqiy tarbiya bolalarda odamlarga hurmat va muhabbat bilan qarashni, ularga nisbatan samimiy, xayrixoh va adolatli munosabatda bo‘lishni o‘stirishi kerak.

Ushinskiy ko‘r —ko‘rona, tayoq intizomiga qarshi norozilik bildirib, «Eski maktabda intizom nihoyatda g‘ayritabiiy asosga yoki mukofotlar va yoki jazolar ulashib beruvchi o‘qituvchidan qo‘rqish asosiga qurilgan edi. Bu qo‘rquv bolalarni zararli holatlarga: sustkashlikka, sinf doirasidagi zerikishga va ikkiyuzlamachilikka olib keldi» deb u bolalarga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lishni talab qildi. Ushinskiy egoistlik, mansabparastlik, bekorchilik, g‘arazgo‘ylik, munofiqlik singari nuqson va kamchiliklarni qattiq qoralaydi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling