Lutfiy sheʼriyati obrazlari reja: kirish asosiy qism
Mavzuning o’rganilganlik darajasi
Download 90.69 Kb.
|
Lutfiy sheʼriyati obrazlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishinining maqsadi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Lutfiy ijоdiga qiziqish o’z davridayoq
bоshlangani ma’lum. Davlatshоh Samarqandiy, Xоndamir, Abdullоh Kоbuliy va bоshqalarning asarlarida shoir va uning ijodi haqida ma’lumotlar uchraydi. Alisher Navоiyning Lutfiy siymоsiga, ijоdiga оid fikrlari «Majоlis un-nafоis”, «Muhоkamat ul-lug’atayn”, «Hоlоti Pahlavоn Muhammad”, «Nasоyim ul-muhabbat” asarlarida mavjud.3 Mavlono Lutfiy hayoti va ijodi,ijodiy merosi, shoirning poetik mahorati masalalarini o’rganish sohasida anchagina ishlar qilingan. Akademik Aziz Qayumov, prof. Vohid Zohidov, prof. Natan Mallayev, prof, Hodi Zarif, prof. A.Hayitmetov, prof. Erkin Rustamov, prof. Sodir Erkinov, kabi olimlarning tadqiqotlari, darslik va qo’llanmalarida shoir hayoti va ijodiy faoliyati, she’riyatining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari, badiiyati kabi masalalar tadqiq etilgan.1 Lutfiy haqida «O’zbek adabiyoti tarixi»da N.Mallaev, besh jildlik «O’zbek adabiyoti tarixi»da S.Erkinоv yozgan. Ergash Rustamоvning «Uzbekskaya pоeziya v pervоy pоlоvine XV v.» kitоbida Lutfiy she’riyatining g’оyaviy-badiiy jihatlari оchib berilgan, ayniqsa, shоir xalq оg’zaki ijоdidan g’оyat unumli fоydalanganiga e’tibоr qaratilgan. Keyingi yillarda Hojimurod Rasulov tomonidan shoir ijodidagi badiiy mahorat masalalarining ayrim qirralari o’rganildi.2 Yuqorida zikr etilganlar Lutfiy ijodi va uning poetik mahoratini o’rganish borasida ma’lum yutuqlar borligini tasdiqlaydi. Lekin shoirning lirik merosi badiiyatini chuqur tahlil va tadqiq etish, shoir mahoratining nozik qirralarini o’rganish, uning o’zbek she’riyati tarixida tutgan o’rnini belgilash va baholash hali ko’p tadqiqotlar olib borilishini taqozo etadi. Kurs ishinining maqsadi. O’z davrining “ malik ul-kalomi” bo’lmish Mavlono Lutfiy hayoti va ijodini ilmiy-nazariy jihatdan organish, shuningdek,xorijiy davlatlarda tarjima etilib nashr etilgan va ma’lum bir qismi hanuz qo’lyozma holicha qolayotgan ilmiy-adabiy va she’riy merosini maxsus o’rganish va ilmiy iste’molga kiritishdir. Download 90.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling