Lyuminoforlar
Download 14.07 Kb.
|
Документ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lyuminessent lampa
- Fotolyuminessensiya
LYUMINOFORLARLYUMINOFORLAR (lot. lumen – yoruglik va yun. phoros — eltuvchi) — lyuminessensiya xossasiga ega boʻlgan moddalar. Lyuminessensiya hosil qilish turiga koʻra, fotolyuminoforlar, katodolyuminoforlar, rentgenolyuminoforlar va b. ga boʻlinadi. Kimyoviy tarkibiga koʻra, Lyuminoforlarning anorganik va organik xillari bor. Anorganik Lyuminoforlar (kristallofosforlar) ning chaqnashi tarkibida begona kationlarning (0,001% gacha) boʻlishiga asoslangan. Bunday qoʻshilmalar (aktivatorlar), odatda, metallarning kationlari hisoblanadi; mas, rux sulfidining chaqnashi mis kationi bilan faollashadi. Anorganik Lyuminoforlar lyuminessent lampalaraya. rentgen ekranlarini tayyorlash uchun elektron-nurli trubkalarda ishlatiladi, radiatsiya indikatori uchun va b. uchun xizmat qiladi. Organik Lyuminoforlar (lyumogenlar) ochik, (yarkiy) fluores-sent boʻyoqlar, lyuminessentlovchi materiallar tayyorlashda qoʻllaniladi. Lyuminoforlar kimyo, biol., tibbiyot, televideniye va kriminalistikada sezgir lyuminessent analizda foydalaniladi. Lyuminessent lampa - ishi lyuminessensiya hodisasiga asoslangan lampa; gaz-razryadli yorugʻlik manbai. Ichki devoriga lyuminoforlar qatlami surkalgan, ichiga inert gazi (argon, geliy va boshqalar) va metall (maye. simob) bugʻi toʻldirilgan shisha naychadan iborat. Elektr toki oʻtganda lampada elektr razryad vujudga keladi. Ultrabinafsha nurlar taʼsirida metall atomlari, soʻngra lyuminofor epygʻlik socha boshlaydi. Lampaning yorupigi tabiiy yorugʻlikka yaqin boʻliish uchun lyuminoforlar tanlanali. S imobli lampalar shunday turga yasin boʻladi. Lyuminessent lampaning ishlash mudlatp choʻgʻlanma lampalarga qaraganda ancha yuqori boʻladi. Xonalar, koʻchalarni yoritishda, nusxa koʻchirish apparamarida va boshqalarda ishlatiladi.[1] Fotolyuminessensiya - yorugʻlik nurlari va ultrabinafsha nurlar vujudga keltiradigan lyuminessensiya turi. F.ning optik spektrlari (103—0,1 mkm toʻlqin uzunlikdagi elektromagnit nurlanish spektrlari) chizikli, yoʻlyoʻl va uzluksiz (tutash) boʻlishi mumkin. Ularning qandayligi moddaning agregat (baʼzi xossalari sakrabsakrab oʻzgaradigan) holatiga, atomlar va molekulalarining vujudga kelish (uygonish) shartsharoitlariga bogʻliq, faqat bugʻlar F.si spektrlarigina uygʻotuvchi nurlanish (yorugʻlik nurlari va ultrabinafsha nurlar) toʻlqinlari uzunligiga boglik boʻladi. F.ning eng oddiy holi — atom bugʻlarining rezonans (uygʻunlashib) nurlanishi. F.dan lyuminessent lampalar, yorugʻlikni qayd qilish asboblari va boshqalarda foydalaniladi. Download 14.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling