M 8: aqshning sobiq des ma’lumotni shifrlash standarti. Reja: aes-fips 197 standart simmetrik blokli shifrlash algoritmi. Nol pog‘ona domenlari
Download 276.85 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqM 8
M 8: AQShning sobiq DES ma’lumotni shifrlash standarti. REJA: 1. AES-FIPS 197 standart simmetrik blokli shifrlash algoritmi. 2. Nol pog‘ona domenlari . AES-FIPS 197 standart simmetrik blokli shifrlash algoritmi. DES blokli shifrlash algoritmi 1999 yilgacha AQSHda standart shifrlash algoritmlari sifatida ishlatib kelingan. 1974 yildan Amerika qo‘shma shtatlarining standart shifrlash algoritmi sifatida qabul qilingan DES shifrlash algoritmi quyidagi : - kalit uzunligining kichigligi, ya’ni 56 bit bo‘lib, uning 128 bitdan kichikligi; - S-blok akslantirishlarining differensial kriptotahlil usuliga bardoshsizligi va boshqa sabablarga ko‘ra eskirgan deb sanaladi. Ayniqsa 1999 yilda DES shifrlash algoritmi yordamida shifrlangan maьlumotning Internet tarmog‘iga ulangan 300 ta paralel kompyuter tomonidan 24 soat davomida ochilishi haqidagi ma’lumotning tasdiqlanishi bundan keyin mazkur standart algoritmi yordamida ma’lumotlarni kriptografik muhofaza qilish masalasini qa ytadan ko‘rib chiqish va yangi standart qabul qilish zaruratini keltirib chiqardi. Amerika qo‘shma shtatlarining “Standartlar va texnologiyalar Milliy Instituti (NIST)” tomonidan 1997 yilda XXI asrning ma’lumotlarni kriptografik muhofazalovchi yangi shifrlash algoritmi standartini qabul qilish maqsadida tanlov e’lon qilindi. 2000 yilda standart shifrlash algoritmi qilib RIJNDAEL shifrlash algoritmi asos qilib olingan AES (Advanced Encryption Standard) (FIPS 197) qabul qilindi. Algoritmning yaratuvchilari Belgiyalik mutaxassislar Yon Demen (Joan Daemen) va Vinsent Ryumen (Vincent Rijmen)larning familiyalaridan RIJNDAEL nomi olingan. AES FIPS 197 blokli shifrlash algoritmida 8 va 32-bitli (1-baytli va 4-baytli) vektorlar ustida amallar bajariladi. AES FIPS 197 shifrlash algoritmi XXI asrning eng barqaror shifrlash algoritmi deb hisoblanadi. Bu algoritm boshqa mavjud standart simmetrik shifrlash algoritmlaridan farqli o‘laroq, Feystel tarmog‘iga asoslanmagan blokli shifrlash algoritmlari qatoriga kiradi. DES – qisq.: Data Encryption Standard Ma’lumotlarni shifrlash standarti, DES shifrlash standarti. AQSH hukumatining davlat siri hamda tijoriy bo‘lmagan axborot uchun shifrlash standarti. Kalit uzunligi 56 bit bo‘lgan blokli shifr. Kuchaytirilgan hili mavjud bo‘lib, u «uchlangan DES» (triple-DES, 3DES) deb ataladi, unda uchta turli kalit bilan DES standarti qo‘llaniladi. Deshifrlash – shifrlashga teskari bo‘lgan jarayon, ya’ni kalit yordamida shifrlangan ma’lumotni dastlabki ma’lumot holatiga o‘tkazish. Disk – ingl.: disk rus.: диск Bitta yoki ikkita tomonida ma’lumotlarni o‘qish yoki yozishni amalga oshirish uchun aylanuvchi yassi dumaloq plastinadan iborat ma’lumotlar tashuvchisi. qarang: Qattiq disk, Lazer disk. Diskret – ingl.: discrete rus.: дискретный Ramzla r kabi alohida elementlardan iborat bo‘lgan ma’lumotlar yoki aniq ko‘rsatilgan qiymatlarning chekli soniga ega bo‘lgan fizik miqdorlarga, shuningdek, jarayonlar va ushbu ma’lumotlardan foydalanuvchi funksional moslamalarga tegishli ta’rif. Doimiy algoritm – murakkabligi qiymati boshlang‘ich qiymat o‘lchoviga bog‘liq bo'lmasa. Domen – ingl.: domain rus.: домен 1. Tarmoq ichida umumiy qoidalar va tartibotlar asosida yaxlit shaklda idora etiluvchi kompyuterlar va qurilmalar guruhi. Internet tarmog‘ida domen IP manzil bilan belgilanadi. 2. Ikki nuqta orasidagi domen manzili qismi. Chekka o‘ng tomondagi domen yuqori pog‘ona domeni bo‘ladi. Masalan, www.mves.gov.uz - 3-pog‘ona domeni; mves.gov.uz - 2-pog‘ona domeni; gov.uz - 1- pog‘ona domeni; uz - 0- pog‘ona domeni. Shunday qilib, yuqori pog‘ona domenlari shajarasi tashkil bo‘ladi: yuqori pog‘ona uz (O‘zbekiston) domeni, o‘z ichiga olgan gov (hukumat) domeni, uni o‘z ichiga olgan mves (Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi) va uni o‘z ichiga olgan www (www serveri). Nolinchi pog‘ona domenlari har doim tarmoq nomlarini bildiradi. Download 276.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling