M 8: aqshning sobiq des ma’lumotni shifrlash standarti. Reja: aes-fips 197 standart simmetrik blokli shifrlash algoritmi. Nol pog‘ona domenlari


Download 276.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana21.01.2023
Hajmi276.85 Kb.
#1107542
1   2
Bog'liq
M 8

Nol pog‘ona domenlari – xalqaro shartnomalar predmeti. 1chi va undan
yuqori pog‘ona domenlarini taqsimlash vakolatli tashkilotlar va provayderlar
tomonidan amalga oshiriladi. 3. Ma’lumotlar bazalari texnologiyalarida domen
atributning mumkin bo‘lgan qiymatlari tavsifidir. 
Domen nomi – ingl.: domain name rus.: доменное имя Domen nomlar 
tizimiga binoan kompyuter tarmog‘i bog‘lamasiga berilgan noyob belgili nom.
Internet tarmog‘ida bu doimiy IPmanzilga ega bo‘lgan qurilma nomidir. Odatda
u bog‘lamaning umumiy joylashishini belgilaydi. Har bir domen nomi tarmoqda
ro‘yxatdan o‘tkazilib, alohida kompyuter yoki funksional guruh (domen)ga 
birlashtirilgan identifikator bo‘lib xizmat qiladi. 
Elektromagnit spektr – ingl.: electromagnetic spectrum rus.: электромагнитный 
спектр Elektromagnit nurlanishlarning spektri. 
Elektron armiya – ingl.: electronic army rus.: электронная армия Informatika 
va telekommunikatsiya tizimlaridan harbiy is hda foydalanish texnologiyasi. 
Elektron arxiv – ingl.: electronic archive rus.: электронный архив
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida foydalanishga yaraydigan elektron shaklda
taqdim qilingan hujjatlar arxivi. 
Elektron hamyon – ingl.: electronic purse rus.: электронный кошелек 


 1. Xilma xil tovarlarni sotib olish va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga
oshirishda foydalanish mumkin bo‘lgan naqd pulni o‘z mikrochipida raqamli
shaklda saqlaydigan smart-karta. Smart-karta emitenti mablag‘larni turli elektron 
hamyonlar orasida xavfsiz ko‘chib yurishini ta’minlaydi.
2. Xotirasida pul mablag‘larini saqlaydigan, xarid qilish imkonini beradigan va
offlayn texnologiyasini nazarda tutadigan elektron qurilma. 
Elektron hujjatning asl nusxasi – ingl.: original of e-document rus.:
оригинал электронного документа Elektron hujjatning har bir aynan bir xil
nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo‘lsa, asl 
nusxadir. 
Elektron kissa – ingl.: electronic wallet rus.: электронный бумажник
Smartkarta egasiga, onlayn maromda tranzaksiyalarni amalga oshirishga,
to‘lovlarni olishni boshqarishga va raqamli sertifikatlarni saqlashga imkon 
beradigan dasturiy ta’minot." Elektron ochiqxat – ingl.: virtual card (e-card)
rus.: электронная открытка (sinonimi - virtual ochiqxat) O‘zining oshnasiga
xushfe’l xabar (tabriknoma, taklifnoma va sh.k.) yubormoqchi bo‘lgan odam,
veb -xizmatdan -elektron ochiqxatlar xizmatidan foydalanishi mumkin.
Ochiqxatlar saytida mos keladigan rasmni tanlab unga matn qo‘shib, oluvchi 
manzilini (e-mail) ko‘rsatish kifoya. Goho, ochiqxatlar sayti topshirish vaqtini ham 
ko‘rsatishni taklif qiladilar.
Ayrim hollarda, ochiqxat animatsiyali yoki musiqali bo‘lishi mumkin.
Manzil egasi «dalolatnoma» xat olgach, unda saytning sahifasiga murojaat
bo‘lib, u o‘z ochiqxatini ko‘rib, o‘qishi mumkin. 
Elektron raqamli imzo – elektron matnga ilova qilinadigan kriptografik
almashtirishdan iborat bo‘lib, shu elektron matn jo‘natilgan shaxsga qabul qilingan
elektron matnning va matinni raqamli imzolovchining haqiqiy yoki soxta
ekanligini aniqlash imkonini beradi.
Elektron raqamli imzo – ingl.: electronic digital signature rus.: электронная
цифровая подпись elektron pochta manzili Elektron hujjatdagi mazkur elektron
hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda
maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning 
ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va
elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini
beradigan imzo. (qonun) Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda
elektron raqamli imzo qog‘oz hujjatga shaxsan qo‘yilgan imzo bilan bir xil
ahamiyatga egadir. 
Elektron raqamli imzo (ERI) – ingl.: electronic digital signature rus.:
электронная цифровая подпись
1. Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat


axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus
o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti 
yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron 
raqamli imzo yopiq kalitining egasini identi fikatsiya qilish imkoniyatini beradigan 
imzo. (qonun) Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron 
raqamli imzo qog‘oz hujjatga shaxsan qo‘yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga 
egadir.
2. Elektron ma’lumotlarni kriptografik o‘zgartirish natijasida hosil qilingan
belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzo ma’lumotlar blokiga qo‘shib
qo‘yiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va ma’lumotlarning butunligini
tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi
kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yo‘li bilan raqamli imzodan
foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qo‘yganlar. Elektron raqamli imzo
kalitlari sertifikatlari ro‘yxatga olish markazlari tomonidan beriladi.
FCC – qisq.: Federal Communication Commission AQSH Federal aloqa
hayati. AQSHning xohlagan elektron apparaturasini uning nurlanishining
insonlarga va/yoki boshqa elektron texnikasiga xavflilik sinfi bo‘yicha
sertifikatlashtiruvchi tashkiloti. Ushbu tashkilot tomonidan sertifikatlarning ikkita 
turi beriladi. 
Kriptograflar orasida mashhur bo‘lgan ma’lumotlarni shifrlash algoritmlari
guruhiga AQSh davlat standartlari – DES [11, 25], AES [26], Rossiya
Federasiyasi davlat standarti GOST 28147-89 [27], IDEA [11, 25], FEAL [11, 25]
kiradi. 
DES IBM firmasining butun bir kriptograflari guruhi tomonidan ishlab
chiqilgan [11, 25]. Ma’lumotlarni shifrlash standarti 1976 yil 23 noyabrda Milliy
Standartlar Byurosi tomonidan AQShning davlat standarti sifatida qabul qilingan va
u 1977 yil iyul oyidan 2000 yil oktyabr oyigacha raqamli ma’lumotlarni
shifrlash uchun standart bo‘lib xizmat qilgan. Hozirgi vaqtda u faqat nazariy
ahamiyatga ega. DES zanjirsimon tuzilmali muvozanatlangan Feystal tarmog‘i 
arxitekturasiga ega. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra bu standart yoyish va
aralashtirish tamoyillariga asoslangan eng yaxshi kriptoalgoritmlardan biridir. 
Shifrlash algoritmida shifrmatnning har bir biti dastlabki matn va kalit barcha 
bitlarining funksiyasi bo‘ladi. Standartda o‘rniga qo‘yish, o‘rin almashtirish va 2 
modul bo‘yicha qo‘shish amallarining kombinasiyasidan foydalaniladi. 
Nazariy savollar 
1. DES shifrlash algoritmi yaratish usullari. 
2. Elektron raqamli imzo asosiy mohiyati. 
3. 
AES FIPS 197 shifrlash algoritmi foydalanilgan rejimlar.

Download 276.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling