Yadroning magnit momenti elektronning magnit momentidan taxminan 3 barobar kichik bo`ladi. Yadroning magnit momenti juda kichik qiymatga ega bo`ladi. Shuning uchun uni hisobga olmasa ham bo`ladi. Molekulaning magnit momenti elektron harakatining orbital va spin momenti sonlari bilan tushuntiriladi. Kuzatilayotgan holatda shu momentlar nolga teng bo`lsa, molekula aylanishi tufayli ozroq magnit momentiga ega bo`ladi.
Aylanishdagi moment (orbital va spin momentlarisiz) quyidagicha ifodalanadi:
g - Landе faktori
Atomlarning yadrolari massa va zaryaddan tashqari uchinchi bir kattalik - mexanik moment bilan xarakterlanadilar. Zaryad va massa - yadroning nuqtaviy xossalaridir. Ular yadroning geometriyasiga bog’liq emas. Mexanik moment esa yadroning katta-kichikligi bilan massaning fazoda yadro xajmida yadro doirasida taqsimlanishi bilan bog’liq.

Massa va zaryad yadroning atrof-muhit bilan kuchli tasirlashuvida namoyon bo`lsa, mexanik moment esa kuchsiz tasirlarda namoyon bo`ladi. Atomlarning yadrolari protonlar va neytronlardan iborat bu zarrachalarning xar biri ½ ga teng bo`lgan spin kvant soniga ega. Yadroning umumiy spini uni tashkil qiluvchi zarrachalarining spinlarning algebraik yig’indisiga teng. Agar elementar zarrachalarning hammasining spinlari juftlashgan bo’lsa yig’indi spin 0 ga teng bo`ladi, ya'ni yadro summar spinga ega bo’lmaydi. Bunday holda musbat zaryad yadroda simmetrik taqsimlangan bo’lib, yadroning kvadrupol momenti e.Q=0 ga teng bo`ladi. bu erda e-elektrostatik zaryad birligi, Q-zaryadni taqsimlanishining sferik simmetriya holidan chetlanish darajasi o`lchami.
Do'stlaringiz bilan baham: |