M avzu: ta`lim sifat samaradorligini oshirishda xalqaro tajribalardan foydalanish
Download 53.72 Kb.
|
maqola 2 — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
M AVZU: TA`LIM SIFAT SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH. ISMATOVA OYNAXOL Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Xalq ta`limi bo`limiga qarashli 3-sonli umumta`lim maktabi Boshlang`ich sinf o`qituvchisi. Telefon raqami: +998 (99) 047-11-90 Ushbu mavzuga to`xtalar ekanman beixtiyor O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning quyidagi fikrlari bilan boshlamoqlikni joiz deb topdim: ,,Mamlakatimiz o`z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo`ygan hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda keng ko`lamli o`zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o`rin egallashi, avvalo, ilm-fan va ta`lim-tarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatdosh bo`la olishimiz bilan uzviy bog`liq…” degan fikrlarida avvalo insonlarning dunyoqarashining o`zgarishi, farzandlarimizning mamlakatimiz islohotini muvaffaqiyatida albatta ta`lim-tarbiyaning o`rni juda muhimligiga astoydil e`tibor berish lozimligiga to`xtalishi biz ustozlarning oldimizga yangi maqsadlar qo`yishimizga turtki bo`ldi desak mubolag`a bo`lmaydi. Mamlakat innovatsion taraqqiyoti yo`lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda davomchilarimiz bo`lgan yosh ijodiy g`oyali ijodkorligini shakllantirishda albatta xorijiy tajribali talablar, baholash tizimini takomillashtirish, shu asnoda ularning tajribasiga tayanish lozim. PIRLSda tanlangan matn mazmuni 9-10 yoshdagi o`quvchilar yosh xususiyatga mos kelishi o`zbekchiligimizga madaniyat va mavzudan chetlanmaslik o`quvchilar uchun qiziqarli va zavqli bo`lishi va o`quvchi uchun tanish bo`lmasligi kerak. Matn yuzasidan savollar, javoblar tasnifi o`quvchilar fikrlashda o`g`irlik qilmasligi lozim. Shu o`rinda o`qituvchilar uchun an`anaviy darslardan keskin farq qiladigan innovatsion va axborot texnologiyasi keng qo`llaniladigan mashg`ulotlar tashkil etish talab etadi. Rang-barang metodlardan foydalanish ta`limga noan`anaviy yondashuv pedagogning kutilgan maqsadiga erishishini ta`minlab, o`quvchilarning qobiliyatlarini oshirishga xizmat qiladi. Adabiyotni tushunish va baholash uchun har bir o`quvchi tilni tushunishi va badiiy shakllarni bilishi kerak. Yosh o`quvchilar uchun adabiyot hali duch kelmagan vaziyatlar va his-tuyg`ularni o`rganish imkoniyatini taqdim etishi mumkin. Badiiy adabiyotda tasvirlangan voqealar, harakatlar va oqibatlar o`quvchilarga haqiqiy hayotni yoritibgina qolmay, tasavvur qilishlari mumkin bo`lgan vaziyatlarni bilvosita his qilish va aks ettirishga imkon beradi. O`quvchilar matndan ma`no hosil qilar ekan, ular aniq tushuntirilmagan go`yalar yoki ma`lumotlarga nisbatan tushuntirishlar beradi. Xulosalash o`quvchilarga matndan tashqariga chiqishga imkon beradi. Ko`pgina hollarda muallif matnni o`quvchilarning aniq yoki bevosita xulosa chiqarishi uchun yaratadi. O`quvchilar oddiy xulosalar bilan bir qatorda matndagi g`oyalar va axborotlarni talqin qilishda va uyg`unlashtirishda umumiy ma`nolarga e`tibor beradilar va o`z g`oylarini ilgari suradilar. Shu jumladan, o`quvchilarning barchalari to`liq javob berishga intiladilar. Tasvirlanga voqeani xaqiqatdan sodir etilishini baholaydi, matnda berilgan ma`lumotning aniq va to`liqligini isbotlaydi. Matn sarlavhasi va uning mazmuni yoritib beriladi. O`quvchilar mavzuni o`rganish natijasida badiiy matnlar, g`oyalar va axborotlarni talqin qilishi nazarda tutiladi. O`quvchilarning erishgan yutuqlarini o`rganishda barcha o`quvchilardan emas, balki ushbu qatlamning vakillari sifatida tanlab olingan o`quvchilardan obyektiv testlarni o`tkazish orqali baholanadi. Shuningdek, maktab direktorlari, o`qituvchilar, o`quvchilar, hattoki ota-onalardan so`rovnoma o`tkazilib, maktabdagi ta`lim sifatiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar, jumladan, maktab resurslari, o`quvchilarning ta`lim olishiga oid qarashlari, o`qitish usullari hamda uy sharoitida o`quvchilarning bilim olishi qanchalik darajada qo`llab-quvvatlanayotganligiga doir qimmatli ma`lumotlar to`planadi. Xullas gullab-yashnayotgan mustaqil O`zbekistonimizning bilimga chanqoq bo`lgan farzandlarini zamon talabi bo`lgan sifat samaradorligini oshirishda xalqaro tajribalardan foydalanib yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib darslarni tashkil etish har bir jonkuyar ustozlarning oldiga qo`ygan asosiy maqsadi bo`lib qolish muhimdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: Xalqaro tadqiqotlarda boshlang`ich sinf o`quvchilarining o`qish savodxonligini baholash. Toshkent. 2019-yil. Boshlang`ich ta`limda zamonaviy pedagogic texnologiyalar. T.G`afforova. Toshkent. 2011-yil. Boshlang`ich ta`lim jurnali. Toshkent. 8-son. 2017-yil. Download 53.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling