Yaponiyada turizimning axamiyati va o‘zbekiston bilan turistik aloqalari
Download 161.16 Kb.
|
yaponiya turizmi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaponiya tarixi ………………………………………………… 6-bet 1.2.
- Yaponiyada sayohat qilishning aholi turmush tarziga taʼsiri 17-bet II BOB
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………... 33-bet KRISH Kurs ishining dolzarbligi.
- Kurs ishining o‘rganilganlik darajasi.
KRISH Kurs ishining dolzarbligi. O‘zbekistonda turizm faoliyatiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq davlat siyosati darajasida qaralmoqda. Turizm sohasining rivoji uchun barcha zarur tashkiliy-huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham davom etmoqda. Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, uni yangi pog‘onalarga ko‘tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish uchun, avvalo, turizm xizmat bozorini shakillantirishga zamin yaratish lozim bo‘lmoqda. Bunda turizm sohasi mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini va u yigirma birinchi asr jahon xo‘jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta’kidlash kerak. “Turizm - iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur. Buni davrning o‘zi taqozo etmoqda”1 deb takidlayti Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev. Shunday ekan turizimga qaratilayotgan etiborni yaponiya misolida ushbu kurs ishida yoritishga harakat qilamiz. Yaponiya sayyohlik agentligi mahalliy iqtisodiyotni rag‘batlantirish va xalqaro o‘zaro tushunishni yanada rivojlantirish niyatida tuzilgan, Turizmni rivojlantirish to‘g‘risidagi asosiy qonun qonunchiligidan (2006- yil dekabr oyida Turizm bo‘yicha asosiy qonunni to‘liq qayta ko‘rib chiqish uchun) Qonunchilik jarayonida har ikki palatadagi qo‘mita qarorlari va Asosiy qonunda nazarda tutilgan holda ishlab chiqilgan Asosiy rejaning (2007- yil iyun oyida) Vazirlar Mahkamasi majlisida qabul qilingan qaror2. Agentlik faoliyatining huquqiy asoslaridan biri Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligini tashkil etish toʻgʻrisidagi qonundir. Qo‘mitaning ikkita qarori (deyarli bir xil mazmundagi) har bir palataning Yer va transport bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi, unda hukumat asosiy qonunni amalga oshirishda tegishli choralarni ko‘rishi kerak bo‘lgan sakkizta masalani ko‘rsatadi. 8-sonda hukumat sayyohlik agentligi yoki shunga o‘xshash narsalarni tuzishga harakat qilishi kerakligi aytilgan. Asosiy rejada beshta asosiy maqsad belgilangan bo‘lib, ularning moddalari mos ravishda sonini ko‘paytirishga qaratilgan: a. Yaponiyaga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar; b. Yaponiyada o‘tkazilgan xalqaro uchrashuvlar; c. ichki diqqatga sazovor joylarga sayohatlar paytida bitta yapon uchun turar joy uchun tunash; d. Chet elga yapon sayyohlari; e. Yaponiyada diqqatga sazovor joylarga sayohatlar uchun xarajatlar. Barcha beshta maqsadning har biri raqamli qiymatga ega. Jami 25 xil maqsadlarning ko‘plari har birining raqamli qiymatiga ega. Kurs ishining o‘rganilganlik darajasi. Osiyo, AQSh va Еvropadan biznеs turizmda, Yaponiyaning ko`plab shaharlardagi aeroportlar, mеhmonxonalar. Dzyomon madaniyati, budda ibodatxonasi, Nara shahridagi Yakusidan monastiri, Xoryudzi ibodatxonasi. Nikko shahrining tabiiy go`zalligi, madaniy - tarixiy obidalari. Nantay tog`idagi qadimiy vulqon qoldiqlari. Rinno - dzi budda ibodatxonasi, avliyo Futara - san ziyoratgohi. Shaharning "Muqaddas shahar", - dеb e’lon qilinganligi. Hayvonot dunyosi. Otеllari. Oshxonalaridagi ajoyib taomlari. Baliq ovlash. Kegon sharsharasi, tog‘ gullari. Kiotodagi Ryoandzi tosh bog`i, ibodatxonalari. Kasima shahridagi tabiiy go`zallik, plyajlar. Okinava shahridagi "Busana Terras Bich" kurorti, a’lo baholi otеllari, aeroporti, eko turizm (Iriomote orolida), baliq ovlash, hunarmandchilik, muzеylar. Asuka qishlog`i qadimiy budda ibodatxonalari, maqbaralar, tosh haykallar, haykaltaroshlik, vеlosipеd turizmi. Yaponiyaning birinchi poytaxti Nara shahridagi Xorudzi ibodatxonasi xazinasida 8 - asrga oid Samarqand va Toshkеntda tayyorlangan osori - atiqalar, 9 - 10 asrlarga oid ud musiqa asbobining saqlanishi. Afrosiyobdan topilgan (12 - asrga oid) yaponlarning nafis chinni idishlari. 1880 - yilning yozida yapon diplomati Nisi Tokudzironing o`lkamiz bo`ylab sayohat qilishi va Toshkеnt, Samarqand, Buxoro shaharlari va Farg`ona vodiysida bo`lishi. Xususan, Buxoroda amir Muzaffar bilan uchrashishi. 1886 - yilda uning "Turkiston sayohatnomasi" kitobining yapon tilida chop etilishi. 19 - asr oxiri va 20 - asr boshlarida O`rta Osiyoga Yasumasi Fukusima, Kadzuo Otani, Masaji Inoue, Zuicho Toshibina kabi yapon tadqiqotchilarining sayohat qilishi. Yaponiya — iqtisodiy qudrati boʻyicha jahonda AQShdan keyingi oʻrinda turadigan yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi boʻyicha jahonda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Ulkan korxonalar bilan birga mayda korxonalar ham mavjud (ayniqsa, yengil va oziq-ovqat sanoatida). Yaponiya iqtisodiyoti chetdan keltiriladigan xom ashyo va yoqilgʻiga asoslangan. Yaponiya jahon bozoriga sanoatning fanga asoslangan murakkab tarmoqlari mahsulotlari, zamonaviy konstruksion materiallar yetkazib beruvchi mamlakat. Yaponiya jahon yalpi milliy mahsulotining 13% dan ortigʻini ishlab chiqarish bilan birga, yirik xalqaro iqtisodiy, savdo va moliya tashkilotlari hamda "sakkizlik" davlatlarida yetakchi mavqega ega. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 38%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlashniki 2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 60% ni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsuloti 4,3 trillion AQSH dollariga teng (2003). Sanoatida iqtisodiy faol aholining 25% band. Energetika, metallurgiya, avtomobilsozlik, kemasozlik, kimyo, neft kimyosi, qurilish materiallari sanoati kabi tayanch tarmoqlar chetdan olinadigan xom ashyo hamda texnologiyaning eng yangi yutuqlari asosida deyarli butunlay yangidan barpo etildi. Energetika sanoati ham asosan, chetdan keltirilgan neftga asoslangan. Yiliga oʻrtacha 1,097 trillion kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi; uning 706,4 mlrd. kVtsoati issiqlik elektr st-yalarida, 91,8 mlrd. kVtsoati GESlarda, 295 mlrd. kVtsoati atom elektr st-yalariga toʻgʻri keladi (2002). 2003 yil 52 atom elektr st-yasi ishladi. Yaponiya sanoatida qora va rangli metallurgiya rivojlangan3. Download 161.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling