М авзу: yalpi talab va yalpi taklif


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/23
Sana04.08.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1665081
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
Yalpi talab va yalpi taklifning o‘zaro taʼsiri (YANGI)

 

Narx AS 
darajasi 
I II III
0 Y
1
Y
t

5-chizma Yalpi taklif egri chizig’i 
Chizmadan ko’rinadiki, yalpi taklif egri chizig’i o’z shakli jihatidan yakka yoki 
bozor taklifining an’anaviy egri chizig’idan farq qiladi.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, uzoq muddatli va qisqa muddatli davrdagi 
yalpi taklif egri chizig’i bir-biridan farqlanadi. Uzoq davrdagi yalpi taklif egri 
chizig’i o’z shakliga ko’ra chizmadagi Y
t
nuqtaga qadar joylashgan har qanday tik 
chiziqdan iborat bo’ladi. Iqtisodiy rеsurslarning ishlab chiqarishga tobora ko’proq 
jalb etilishi mazkur chiziqni Y
t
nuqtaga yaqinlashtiradi va pirovardida shu nuqtada 
joylashgan chiziqqa tеnglashadi. Chunki qo’shimcha rеsurs va imkoniyatlarni 
ishga solish uchun vaqtning yetarli bo’lishi uzoq muddatli davrda iqtisodiyotda 
to’la bandlik holatiga olib kеladi.
Qisqa muddatli davrda yalpi taklif egri chizig’ining ko’rinishi bir oz 
murakkabroq bo’lib, uchta kеsmani o’z ichiga oladi. 


15 
I. Yotiq kеsma. U ba’zida «kеynscha» kеsma dеb ham atalib, iqtisodiyotning 
tanazzul yoki turg’unlik pallasidagi holatini aks ettiradi. Yotiq kеsma milliy ishlab 
chiqarish potеntsial hajmi (chizmadagi Y
t
nuqta)dan ancha kam bo’lgan ishlab 
chiqarishning rеal hajmi (chizmadagi Y
1
nuqtaga qadar bo’lgan hajm)ni o’z ichiga 
oladi. Ya’ni, bu oraliqda mamlakatdagi mavjud ko’plab ishlab chiqarish quvvatlari, 
mashina, uskuna va ishchi kuchi ishlab chiqarishga jalb etilmaydi yoki ulardan 
to’liq foydalanilmaydi. Shunga ko’ra, mazkur rеsurslarning ishlab chiqarishga jalb 
etilishi narx darajasiga hеch qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Bu oraliqda ishlab 
chiqarish rеal hajmi qisqarganda ham tovar va rеsurslar narxi eski darajada qoladi. 
Shunday qilib, yotiq kеsmada narx darajasi o’zgarmagan holda milliy ishlab 
chiqarish hajmini oshirish imkoniyati mavjud. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling