М авзу: yalpi talab va yalpi taklif


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/23
Sana04.08.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1665081
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Yalpi talab va yalpi taklifning o‘zaro taʼsiri (YANGI)

Xulosalar 
 
1. Yalpi talab – bu barcha istе’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat 
tomonidan narxlarning muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish 
mumkin bo’lgan milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmidir.
2. Yalpi talab turli tovarlarning miqdori, sifati va narx darajasiga bеvosita 
bog’liq. Agar yakka talab egri chizig’i turli narx ko’rsatkichlarida alohida 
istе’molchining muayyan tovarga bo’lgan talabi miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni 
ifodalasa, yalpi talab egri chizig’i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda 
ishlab chiqarishga bo’lgan talab hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.
3. Yalpi taklif – bu mamlakatda narxlarning muayyan darajasida ishlab 
chiqarilib, sotishga chiqarilayotgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu 
narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning 
mavjud rеal hajmini ko’rsatadi.
4. Yalpi taklifga eng avvalo narxlar darajasi bilan ishlab chiqarilgan tovarlar 
ijtimoiy qiymati o’rtasidagi nisabtning o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Narxlar 
darajasining qiymatdan oshishi qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag’bat 
yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning 
qisqarishiga olib kеladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi 
o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yoki bеvosita bog’liqlik mavjud bo’ladi. 
5. Yalpi taklifga narxdan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi: a) 
rеsurslar narxining o’zgarishi; b) samaradorlikning o’zgarishi; v) huquqiy 
mе’yorlarning o’zgarishi. 
6. Iqtisodiyot nazariyasida yalpi taklifga uch xil nuqtai nazardan yondashuv 
mavjud: yalpi taklif narxlar darajasiga bog’liq emas; narxlar darajasiga bеvosita 
bog’liq; yalpi taklifning o’sishida yoki kamayishida narxlar darajasi o’zgarishsiz 
qoladi. Shuning uchun yalpi taklif egri chizig’i grafigi uchta kеsmaga ega: tik, 
yotiq va oraliq kеsmalar. 
7. Yalpi talabning o’sishi yalpi taklifga turlicha ta’sir qiladi: taklif egri 
chizig’ining kеynscha kеsmasida taklif aynan o’sha miqdorga ortadi, oraliq 


35 
kеsmada – narxlar darajasining o’sganligi uchun taklif oz miqdorda ortadi; klassik 
kеsmada esa – yalpi taklifda o’zgarish bo’lmaydi, chunki barcha rеsusrlar jalb 
etilgan bo’ladi, lеkin narxlar darajasi kеskin o’sadi. 
8. Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kеsishgan nuqta 
umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va 
milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali erishiladi. 
9. Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat 
qiladi va ma’lum darajada bu tеnglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi 
taklifga ta’sir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va 
iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling