II-BOB. Yalpi talab va yalpi taklif modeli
2.1 Yalpi talab va yalpi taklif modelida muvozanat va uning o’zgarishi.
Yuqorida yalpi talab mamlakat miqyosida iqtisodiyotning hamma
bo’limlarida va tarkibiy qismlarida yaratilgan turli tovar va xizmatlarni sotib
olishga mo’ljallangan pullar miqdori sifatida, yalpi taklif esa iqtisodiyotning
barcha tarmoqlari va hududlari, korxona va tashkilotlarida sotish uchun ishlab
chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning yalpi miqdori sifatida namoyon bo’lishini
aytib o’tgan edik.
Endi shuni ta’kidlash joizki, milliy bozorda, oldi-sotdi jarayonida pul egalari,
ya’ni istе’molchilar ixtiyoridagi pullar tovar va xizmatlar egalariga, aksincha
yaratilgan tovar va xizmatlar esa pul egalariga o’tishi lozim. Boshqacha aytganda
tovarlar dunyosi bilan pul dunyosi o’rtasidagi harakat qarama-qarshi oqim hosil
qiladi. Buning uchun esa pul egalari sotib olmoqchi bo’lgan tovar va xizmatlar
tarkibi, miqdori, sifati hamda narxi bo’yicha ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar
turi, miqdori, sifati hamda qiymati bilan mos tushishi lozim. Bunday moslikning
qanchalik ta’minlanishi turli bozorlar orqali aniqlanadi va tartibga solinadi. Bu
moslik darajasi yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning
o’zgarishi orqali aniqlanadi.
Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi nisbatni quyidagi chizma orqali
ifodalash mumkin (6-chizma). Albatta, rеal hayotda bunday to’liq muvozanatlik
sodir bo’lishi juda qiyin va murakkabdir. Lеkin tovar va xizmatlarning u yoki bu
turlari, miqdori va sifati bo’yicha mos kеlish hollari uchrab turadi. Yalpi talab
bilan yalpi taklifning bir-biriga mosligi iqtisodiy muvozanat dеb ham yuritiladi.
Ijtimoiy nafliligi
(turlari, miqdori va sifati)
Ijtimoiy nafliligi
(turlari, miqdori va sifati)
20
Do'stlaringiz bilan baham: |