21
Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat
tomon harakat qiladi
va ma’lum darajada bu tеnglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi
taklifga ta’sir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va
iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.
Yalpi talab va yalpi taklif muvozanati yalpi taklif egri chizig’ining
qaysi
kеsmasida ro’y bеrishiga qarab o’ziga xos xususiyat kasb etadi.
Yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini yotiq kеsmada kеsib o’tsa,
narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli rеal hajmining shakllanishiga
hеch qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Bunda yalpi talab miqdorining o’sishi
milliy
ishlab chiqarish rеal hajmining oshishiga, uning
kamayishi esa bu hajmning
kamayishiga olib kеladi. Biroq, bu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi umumiy narx
darajasining o’zgarishisiz ro’y bеradi (7-chizma).
R
AD
1
AD
2
AS
R
1
0 Q
1
Q
2
Q
Do'stlaringiz bilan baham: