M e eshqobilova Sh. A. Eshqobilov qurilish kimyosi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚУРИЛИШ КИМЁСИ КИТОБ
- Bu sahifa navigatsiya:
- D. I. Mеndеlеyеv
3 KIRISH ”Bu - fanni o’rganishdagi mohirlik, tabiatga savol bеrish va uning javobini laboratoriya va kitoblar yordami bilan eshita olish san'atidir”. D. I. Mеndеlеyеv Kimyo tabiiy fundamental fanlardan biridir. Bu fanni o’rganish turli sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan injener texnik mutaxassislarni ijodiy samarali ishlari uchun zarur bo’lgan fanlardan biri bo’lib hisoblanadi. “Kimyo” fanini o’zlashtirishda talabalarda nazariy zamin yaratish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, o’qitish jarayonida zamonaviy nazariy fikrlarni rivojlantirish g’oyatda muhimdir. “Kimyo” fani ko’p jihatdan tajribaga asoslangan fanlardan biri bo’lib hisoblanadi. Bu fanni o’rganish uchun faqatgina nazariy bilimlar еtarli bo’lmay, balki amaliy mashg’ulotlar olib borish, olingan natijalar asosida xulosalar chiqarish va ularni nazariy bilimlar bilan solishtirish, shuningdеk, talabalarning fan nuqtai-nazaridan fikr yuritish, mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Texnik oliy o’quv yurtlarida kimyo fanini o’qitish o’z oldiga ikki maqsadni qo’yadi. Birinchi talabaning kimyoviy fikrlash qobiliyatini o’stirish, ikkinchi hozirgi zamon texnikasida kimyoviy qonunlarni qo’llash, texnikada qo’llanayotgan materiallarning xossalari bilan tanishtirish va o’rgatish. Kimyo kursi umumtexnika “materialshunoslik”, konstruksion, elektrotexnik materiallar texnika, mexanika va boshqa shunga o’xshash fanlarni o’rganishda tayanch fan bo’lib hisoblanadi. Ushbu o’quv qo’llanma kimyo fanini hozirgi zamon darajasida hamda xalq xo’jaligi uchun yuqori malakali mutaxassis tayyorlashga qo’yilayotgan talablar asosida tuzilgan. Kimyo fanida o’quv jarayonining asosiy qismlardan biri, o’zaro bilimlarni mustahkamlaydigan nazariy, amaliy va tajriba darslaridir. Bunday darslar talabalarda fanni o’rganishga ilmiy yondashish va amaliy tajribalarni to’g’ri bajarib uni hayotda qo’llashga undaydi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling