M. E. Xurramov “talaba yoshlarda vatanparvarlik tuyg’usini rivojlantirish va shaxsiy masulyatini oshirish” monografiya toshkent


Mardlik va Vatanparvarlik timsolida


Download 0.59 Mb.
bet4/24
Sana08.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#255058
TuriМонография
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
MANSURGA MONOGRAFIYA

Mardlik va Vatanparvarlik timsolida

30-avgust – "Jaloliddin Manguberdi" ordeni ta’sis etilgan kun

Jasorat unutilmaydi. Xalq uchun, uning taqdiri va kelajagi uchun qayg‘urgan, el-yurti ozodligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan shaxslar tarixda o‘chmas nom qoldiradi.



Xalqini ozod va farovon ko‘rish uchun o‘z hayotini bag‘ishlagan ana shunday qahramonlarimizdan biri Jaloliddin Manguberdidir.

Yigirma bir yoshida parokanda bo‘lib borayotgan xalqni birlashtirgan, Chingizxon qo‘shinlariga qarshi o‘n bir yil davomida mardonavor kurashgan sarkardaning matonati va jasorati bugungi avlod uchun fidoyilik va vatanparvarlik namunasidir.

Tarixchi Muhammad Nasaviyning yozishicha, Jaloliddin Manguberdi doimo olimu fuzalo bilan uchrashishga imkon topgan. Ularning dono maslahatlariga amal qilgan. Sarkardaning dovyurakligiga, harbiy taktikalarni mahorat bilan qo‘llay olishiga mo‘g‘ul no‘yonlari ham tan bergan. Tarixiy manbalarda yozilishicha, 1227-yilda Isfahon yaqinida Jaloliddin Manguberdining kam sonli qo‘shinidan mag‘lubiyatga uchragan Taynol no‘yon Jaloliddin Manguberdi mahoratiga qoyil qolib, uni zamonasining haqiqiy bahodiri, o‘z tengqurlarining sarvari, deb e’tirof etgan.

Prezidentimiz Islom Mirziyoyev rahnamoligida mard va jasur bobokalonimiz xotirasiga yuksak ehtirom ko‘rsatilmoqda. Yurtboshimiz tashabbusi bilan 1999-yili Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800-yilligi keng nishonlandi. Urganch shahrida uning muhtasham yodgorlik majmui barpo etildi. Sarkardaning asl siymosini tiklash, jasoratga to‘la shonli hayot yo‘lini haqqoniy yoritishga bag‘ishlangan ko‘plab asarlar yaratildi, ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

Xalq qahramonining hayoti va o‘lmas jasoratini ulug‘lash yo‘lidagi ishlarning uzviy davomi sifatida 2000-yilning 30-avgustida O‘zbekiston Respublikasining “Jaloliddin Manguberdi” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.

«Jaloliddin Manguberdi» ordeni bilan mamlakatimiz mustaqilligini, Vatan sarhadlarini, ona yurt tuprog‘ini himoya qilish hamda uni ko‘z qorachig‘iday asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan, davlatimizning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilar mukofotlanadilar.

Orden besh qirrali shaklda bo‘lib, uning markazida, oq aylana bilan hoshiyalangan doiradan taralayotgan nurlar fonida Jaloliddin Manguberdining qabariq zarhal tasviri aks etgan. Tarixiy siymo ortidagi fon esa moviy emal bilan qoplangan.

Davlatimiz rahbarining farmoniga muvofiq Vatanimizning hududiy yaxlitligi va sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashga qo‘shayotgan katta hissasi hamda jangovar faoliyatida erishgan yuksak natijalari uchun mamlakatimiz mudofaa va chegara qo‘shinlarining bir qator harbiy xizmatchilari ushbu yuksak mukofotga sazovor bo‘lgan.

“Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, “Jaloliddin Manguberdi” ordeni bilan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar, harbiy bo‘linmalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari ham taqdirlanishi mumkin. Prezidentimizning 2003-yil 22-avgustdagi farmoniga binoan Xorazm viloyati “Jaloliddin Manguberdi” ordeni bilan mukofotlangan.

Sulton Jaloliddin Manguberdi juda qisqa – o‘ttiz ikki yil umr ko‘rgan bo‘lsa-da, o‘z Vatani, xalqi erki va ozodligi yo‘lida ko‘rsatgan jasorati, iroda va sabotda tengsiz shaxsiyati bois uning nomi tarix zarvaraqlariga mangu muhrlangan.




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling