M. E. Xurramov “talaba yoshlarda vatanparvarlik tuyg’usini rivojlantirish va shaxsiy masulyatini oshirish” monografiya toshkent
§ 1.3. Jasorat va vatnparvarlik tuyg’ularining shakllanishi komil inson misolida
Download 0.59 Mb.
|
MANSURGA MONOGRAFIYA
§ 1.3. Jasorat va vatnparvarlik tuyg’ularining shakllanishi komil inson misolida
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadi-kishilar dunyoqarashini o`zgartirish, ularni ma`naviy barkamol inson qilib tarbiyalashdir. Mafkuramizning asosiy g`oyalaridan biri-Komil inson tarbiyasi ham milliy, ham umumbashariy mohiyatga ega bo`lgan, odamzotga xos eng yaxshi fazilatlarga ega bo`lgan inson tarbiyasidir. Odamzot paydo bo`lib, ko`p mingyillik taraqqiyot jarayonida o`zini o`rab olgan tabiat, turli xodisalar, voqealar, hayotiy tajribalarni kuzatgan, ularning sabablari va qonuniyatlari to`g`risida mushohada qilgan, turli tasavvur va tushunchalar hosil qilib kelgan. Ma`naviyat insonning butun umri davomida uning kuchiga-kuch qo`shadigan, idrok va aql-zakovatini kengaytiradigan va mustahkamlaydigan vositadir. Ma`naviyat va ma`naviyat boyliklar, qadryatlar, davlatning, xalqning, millatning, jamiyatning, ayrim shaxslarning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbaidir. Mustaqillik tufayli o`zbek xalqining ko`p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini o`rganish, undan xalqning umumiy va bebaðo mulki sifatida foydalanishga keng yo`l ochildi. “Ma`naviyat-insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo`q joyda xech qachon baxt-saodat bo`lmaydi”,-deb takidlaydi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Mirziyoyev. Mustaqillik davri milliy istiqlol ma`naviyatini tiklash va rivojlantirish, milliy til va madaniyatni taraqqiy ettirish, milliy o`z-o`zini anglash, milliy his-tuyg`ular, g`ururni, vatanparvarlikni o`stirish va mustahkamlash bilan bog`liqdir. Mustaqil O`zbekistonning taraqqiyoti jamiyat a`zolarining, har bir shaxs va ayniqsa, yoshlarning ma`naviy kamoloti, istiqlol g`oyalarining kishilar ongiga, kundalik hayotiga chuqurroq singishiga bog`liqdir. Mustaqil taraqqiyot yo`lida milliy ong va milliy o`z-o`zini anglash ma`naviy kamolotning asosiy negizidir. Kelajagi buyuk O`zbekistonni barpo etishda faol qatnashayotgan har bir fuqaro o`z mamlakati, xalqi, millatining ajralmas bo`lagi ekanligini anglashi-milliy ma`naviyat va ongning tarkibiy qismidir. Chunki har bir millatning o`z ma`naviyatini aniqlashi, bilishi va o`z aql-farosatining, ongining tarkibiy qismiga aylantirishi millatni mustahkamlaydi, uning o`ziga bo`lgan e`tiqod va qadr hissini boyitadi. Ma`navitimizning O`zbekistonning porloq keljagiga dadil ishonch bilan yuksalib borayotganligini, xalqimizda yuksak insonparvarlik qadryatlari tiklanayotganligi va takomillashayotganligini ifodalovchi o`ziga xos dunyoqarashdir. Ma`naviyat sohasida mustaqil O`zbekiston oldida muhim vazifalar turibdi. Ulardan asosiysi ma`naviyatimizni boyitish va mustahkamlashdir. Ma`naviyat istibdod yillarida har jihatdan kamsitildi. Oqibatda, masalan, o`zbek xalqi tasavvur falsafasini va uning mashhur namoyondalarini o`rganishdan maxrum edi. Õuquq sohasida esa Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining huquqshunoslik borasidagi buyuk xizmatlari inobatga olinmadi, axloqiy qarashlar va ijtimoiy falsafaga tegishli chuqur mazmunli asarlar bir tomonlama yoritildi. Bularsiz mustaqil O`zbekistonning ma`naviyati kemtik, to`laqonli emasdir. Ma`naviyatimizning bor kuchi, mazmunining chuqurligi va rang-barangligi, uning ko`hna tarixining qa`riga singib ketganligini, hozirgi salohiyati cheksiz ekanligini to`la ravishda ko`rsatmoq uchun “Avesto” va zardushtiylik ta`limotidan, axloq va musavvirlik san`atidan boshlab, Farobiy, Navoiy, Bobur, Furqat, Behbudiy va Fitrat orqali to hozirgi kunlarga, uning butun bir zanjirini, tevaragidagi novdalarini qamrab turadigan yaxlit silsilani yaratmog`imiz zarur. Bu borada ishlar kun sayin, yil sayin kengayib va tezlashib bormoqda. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling