M. E. Xurramov “talaba yoshlarda vatanparvarlik tuyg’usini rivojlantirish va shaxsiy masulyatini oshirish” monografiya toshkent
§ 1.2. Vatanparvarlik tuyg’usi yoshlar rihiyatining barqaror omili sifatidfa
Download 0.59 Mb.
|
MANSURGA MONOGRAFIYA
§ 1.2. Vatanparvarlik tuyg’usi yoshlar rihiyatining barqaror omili sifatidfa
Vatan insonning ruhiyati, turmush tarzi, ongi va tafakkuri, o`tmishi, buguni va kelajagi mujassam bo`lgan tushunchadir. Vatan ostonadan, o`zi tug`ilib o`sgan go`shadan boshlanadi. Shuning uchun bola o`zi yashab, nafas olib turgan xonadonida ulg`ayib voyaga еtishishida muhtasham va qudratli makon bo`lgan ona zaminiga mehr-muhabbat va sadoqati abadiy bo`lmog`i zarur. Har bir insonning vataniga bo`lgan muhabbati ona suti, ona allasi va ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi, ota-onasini avlod-ajdodlari, ularning an’analari, urf-odatlari, kasb-korlarini sevuvchi farzand o`zgalarni ham sevadi. Millati, xalqi, adabiyoti, san’ati, dini va madaniyatidan g`ururlanib, o`zi o`sgan yurt tabiatidan ilhomlanib, uning muqaddas tuprog`i qadrini anglaydi. Zero, hech bir inson Vatandan tashqarida baxt-saodat topa olmaydi. O`z yurtida obrue’tibori bo`lmagan inson o`zga yurtda ham qadrlanmaydi. Shuning uchun ham xalqimizda «O`zga yurtda sulton bo`lguncha, o`z yurtingda cho`pon bo`l», «o`zga yurtda shoh bo`lgandan, o`z yurtingda gado bo`lgan afzal», «O`lsang o`l, vataningda bo`l!» kabi naqllar bejiz aytilmagan. Har kimning o`z xonadoni, uy-joyi, o`z ona yurti naqadar qadr-qimmatli ekanligini o`zga yurtga safarga, yashashga borgan inson biladi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Furqat va boshqa bobokalonlarimizning o`zlari tug`ilib o`sgan vatanlaridan uzoqda kuchli Vatan sog`inchi-bilan yashaganlari, ona yurt tuprog`ini, unda o`sgan mevalarni ko`zlariga to`tiyo qilganlari, yurt ishqida iztirob chekkanlari barchaga ayon. Ularning ruhiy kechinmalari haqiqiy vatanparvar kishining holatidir. Haqiqiy vatanparvar u qaerda yashamasin, Vatanning yaxshi kunida ham, yomon kunida ham uni tark etmaydi, u bilan birga bo`ladi1. Insondagi eng oliy tuyg`u — Vatan tuyg`usidir. O`zi tugilib-o`sgan ona yurtini jon qadar sevadigan, o`zga yurt tabiatidan o`z yurti tabiatichalik zavq olaolmaydigan, diyoridagi katta-kichik yutuqlardan faxrlanadigan, hatto mitti chumoli harakatidan zavqlanadigan aql-zakovati butun, qalb qo`ri, kuch va imkoniyatini shu jamiyat va tabiat go`zalligi, rivojiga bahshida eta olgan insondagina bu tuyg`u namoyon bo`ladi. Vatan ham, vatanga muhabbat to`yg`usi ham ilohiy ne’mat bo`lib, butun qon tomirlarida shu tuyg`u jo`sh urgan insonda vatanfurushlik, vatanga hiyonatdek jirkanch vahshiylikka moyillik hech qachon bo`lmaydi. Xalqimizda “O`zga yurtning bag`lariyu-bog`chasi, o`z yurtingning yontog`icha ko`rinmas»_ deb bejiz aytilmagan2. Vatan tuyg`usi — bu Vatanni himoya qilib, Vatan deya fido bo`lgan Tumaris, Shiroq, Spitamen, Najmiddin Kubro, Solihbek dodhoh, mulla Aliqul dodxoh singari yo’zlab sher yuraklarni eslashdir. Tomirida ohirgi tomchi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan Jaloliddin Manguberdi, Temir Malik, Abdumalik To`ra, Qurbonjon dodxoh, Madaminbek, Namozbotir singari buysunmas bahodirlarning, og`ir kunlarda qardoshlarga еlkadosh bo`lay deb, harbiy vazirlik lavozimidan iste’foga chiqib, ota yurti Turkistonga kelib, ayovsiz janglarda halok bo`lgan Anvar poshshoning, qullikdan o`limni afzal bilgan Oqmasjid, Chimkent, Avliyoota, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Zirabuloq himoyachilarining nomini yodga olishdir. Vatan tuyg`usi — bu mustamlaka to’zumiga qarshi bosh ko`targan Toshkent, Jizzax, Andijon qo`zg`olonchilari, Dukchi Eshon xotirasini unutmaslikdir. Vatan tuyg`usi — bu zulm-istibdoddan qutulish uchun xalqni ma’rifatli bo`lishga chorlash, milliy uyg`onishga da’vat etgan, najot ilmda, birlikda va harakatda deb bilgan fidoyi ziyolilarni, ularning rahnamolari bo`lmish Munavvar Qori, Mahmudxo`ja Behbudiy, Abdullaxo`ja, Avloniy, Fitratlarning nomlarini doimo yodda saqlashdir. Vatan tuyg`usi — bu yigirmanchi, o`ttizinchi, qirqinchi, elliginchi va nihoyat saksoninchi yillarda xalqimizga qarshi uyushtirgan qatli ommaviy qatag`onlarda qamoq va surgun azoblarini boshidan kechirgan va halok bo`lgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Usmon Nosir singari minglab millat gullarini unutmaslikdir. Vatan tuyg`usi — bu Ikkinchi Jahon urushida fashizmga qarshi mardona jang qilgan vatandoshlarimiz yodini ehtirom bilan eslashdir». Vatan himoyasi yo`lidagi qahramonlar insoniyat tarixidan hech qachon o`chmaydi. Vatanni asrash, har bir qarich еrini qo`riqlash, bu muqaddas burch bo`lib, ozod va mustaqil Vatanga ega bo`lish hech qachon osonlikcha qo`lga kiritilmagan. Vatan erki, mustaqilligi va ozodligi yo`lida qurbon bo`lganlarni abadiy eslash, hotirlash har bir kishining xalq, millat, Vatan oldidagi imoni va vijdonidir3 . Vatan muqaddasdir. Undan qimmat, undan aziz, undan shirin, undan ulug` ne’mat, boylik yo`qdir. Shu boylikni qadrlagan, undan cheksiz faxrlangan insongina oilasi, xalqi, atrof muhiti, jamiyatiga mehr-muhabbatli bo`ladi. Insonni dunyoga keltirishdek mo`jiza yaratgan ona bilan Vatan hamohangdir. Vatan ona kabi inson taqdirida mo`jizalar makonidir. Shuning uchun ikki mo`jizakor yonma-yon Ona-Vatan deb yuritiladi. Inson ona uchun qanchalik jonfidolik qilsa, Vatan uchun ham shunchalik qayg`uradi, uni ardoqlaydi, sevadi, avaylab-asraydi, turli ofatlardan, dushmanlardan qo`riqlaydi. Kerak bo`lsa, Ona-Vatan uchun jonini qurbon kiladi. Munis va mo`tabar Ona insonni shu yorug` dunyoga keltirsa, Vatan uni hayot belonchagida o`stiradi, ulg`aytiradi, shaxsni shaxs sifatida namoyon etadi. Shu boisdan inson uchun Ona - Vatandan ulug`roq, mo`tabarroq, qimmatliroq makon yo`q. Xalq ichida Ona degonda - Vatan, Vatan deganda esa Ona tasavvur etilishida ham majoziy mano bor. Ba’zi bir sabablarga ko`ra, o`zga yurtlarda yashayotgan vatandoshlarimiz ham «Ona-yurtim», «Ota-yurtim», «Kindik qonim to`kilgan yurt» deb faxrlanadilar4. Yurtboshimizning vatanparvarligi, millatparvarligi evaziga 1991 yilning 31 avgustida O`zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilingach, o`zbek millatining qaddi tiklandi, Vatan qadri ortdi, zo’rovonlik yo`li bilan yo`q qilingan milliy qadriyatlarimiz, dinimiz («Navro`z» bayrami, Ramozon va Qurbon hayitlari va hokozo) xalqqa yana qaytarildi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, O`zbekiston Respublikasining yangi davlat ramzlari qabul qilindi, ya’ni davlat bayrog`i, gerbi, milliy valyutasi, madhiyasi — davlat ramzlaridir. Prezidentimiz I.A.Mirziyoyev ta’rifiga ko`ra; Davlatimiz ramzlari — bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni e’zozlash, o`zining qadrqimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchini mustahkamlash demakdir. 5 Yuqoridagi manba. 157-bet. Mazmun va mohiyatan tamomila yangi davlatimizning asosiy Qomusi — O`zbekistan Davlatining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Darhaqiqat, davlatimiz ramzlarida o`zbek xalqi mentaliteti, g`ururi, hissiyoti, tarixiy xotirasi, porloq turmushga intilishi mujassam bo`lgan. Ushbu ramzlar - o`zbek xalqining g`ururlaridir. Ularni qadrlash, ko`z qorachig`idek asrash, umuminsoniy qadr-qimmatini oshirish har bir fuqaroning Vatan oldidagi burchidir. Vatanimiz ozodligi tufayli Vatan, xalq, millat, milliy qadriyatlar din, tarix, bugun va kelajak hayot haqida erkin fikr bildirish imkoniyati vujudga keldi. Vatanimiz o`z istiqlol yo`lini tanlab oldi. Dunyo maydonida o`z o`rni, o`z ovoziga ega bo`ldi. Vatanimiz osmonida erk quyoshi porlagach, o`zbek xalqi o`z tilida baralla e’zozlash, asrlar davomida shakllanib kelgan an’analari, qadriyatlarini qaytadan bilish, erkin fikrlash, o`z taqdirini o`zi hal qilish, o`zga yurtlarda Vatan sog`inchida bo`zlab yurgan vatandoshlarimiz ota yurtlariga qo`rqmasdan qaytish imkoniyatiga ega bo`ldilar. Vatan, xalq bor joyda vatanparvarlik tuyg`usi paydo bo`ladi. Bu tuyg`u insonni jasoratga, ezgulikka halol mehnatga da’vat etadi. Millatni millat bo`lib shakllanishida turli hayot to`fonlaridan omon saqlab qoladigan ham vatanparvarlik tuyg`usidir. Vatanparvarlik - kishining o`zi tug`ilib o`sgan, kamol topgan joy, zamin, o`lkaga bo`lgan mehr-muhabbatini, munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va ma’naviy ahloqiy xislatlari, fazilatlaridir5. Vatanparvarlik — inson ma’naviy еtukligining yuksak mezonlaridan istiqlol mafkurasining negizini tashkil etuvchi qadriyatli va his-tuyg`ularidan biridir. Vatanparvarlik hissini o`z farzandi qalbiga singdira olgan ota-onaning, shunday ruh, bilan yashaydigan xalqning kelajagi porloqdir. Vatanparvarlik — Vatan osoyishtaligi, ota-ona, El-yurt, jigargo`shalar tinchligini saqlash, himoya qilish uchun jismoniy va ma’naviy tayyor bo`lish, harbiy vatanparvarlik sir-asrori bilan puxta qo`rollanish, bilim, malaka va ko`nikmaga ega bo`lishdir6. Vatanparvarlik — halol mehnat qilish zamirida mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga munosib ulush qo`shish, el-yurt manfaatlarini o`z manfaatlaridan yuqori qo`yish demakdir. Vatanparvarlik — mamlakatimizda yashayotgan xalqlar, elatlar va millatlarniig tili, dini, madaniyati, urf-odatlari aa an’analariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo`lish va ularni o`rganish, millatlararo do`stlik, hamkorlik o`rnatish yo`lida fidoyilik ko`rsatishdan iboratdir. Vatanparvarlik — Vatanni har qanday dushmanlardan (ichki va tashqi) himoya etish, millat, xalq, Vatan ozodligi, erkinligi yo`lida kerak bo`lsa jonini ham fido qilish demakdir. Vatanparvarlik — jamiyat ravnaqi yo`lida jasorat va qahramonlik ko`rsatish hissining mujassamligidir. Vatanparvarlik — har ishda tashabbuskorlik, ijodkorlik, tadbirkorlik ko`rsatish demakdir. Vatanparvarlik — insondagi mustahkam imon va e’tiqod, sog`lom tafakkur va sog`lom fikr birligidir, Vatanparvar inson g`iybat, loqaydlik, xiyonat, sotqinlik, illatchilik, mahalliychilik kabi illatlaridan yiroqdadir7. Vatanparvarlik jahondagi barcha xalqlarning donishmand va solih farzandlariga xs tuyg`u. Ularning bu haqda qator fikrlari bor8.
G.Gegel (nemis faylosufi), Ma’rifatli xalqlarning haqiqy jasorati vatan yo`lida qubon bo`lishiga hozir ekanlirida aks etadi. J.Delil (franso’z shoiri). Eng maqbul fazilat - Vatanga va odomzodga ko`rsatilgan xizmatdir. J.Bayron (ingliz shoiri). Kimki o`z yurtini sevmasa, u hech nimani sevmaydi. J.Russo (franso’z mutaffakiri). Saxvatning eng buyuk jasurliklari Vatanga bo`lgan muhabbat tufayli vujudga keladi. V. Belinskiy (rus munaqqidi). Kimki o`z vataniga daxdor bo`lmasa, u insonyatga ham daxdor emas. P. Kornell (franso’z drammaturgi). Kimki Vatanni xor qilsa, u oilasidan ham, bor-budidan ham ayriladi. V. Gyugo, (franso’z adibi). O`z Vataniga dog` tushurish - uni sotish degan so`z. Ya. Gallon (ukrain adibi). O`z yurtidan yo’z o`gurganlar, o`z vijdonlaridan ham yo’z o`giradi. M.Salmon Savajiy (fors shoiri). Vatanga nafi yo`q yashalgan har kun, inson hayotini qilar bemazmun. Haq gap! Har kunimiz Vatanga naf еtkazsin, umrimiz sermazmun bo`lsin. O`zbek xalqi azaldan o`z Vataniga - O`zbekistonga, Turkistoniga, Turoniga ega bo`lgan, hech qachon bevatan bo`lmagan. Bolalarimiz qalbida vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirishni bolaning maktabgacha yosh davridan boshlash ota-onaning, tarbiyachi-murabbiylarning, jamoatchilikning Vatan oldidagi burchlaridir. Shunday qilib, Vatan muqaddasligini saqlash, vatanparvarlik tuyg`usi bilan xalq, davlat, mamlakat rivojiga ulkan ulush qo`shish har bir fuqaroning jamiyat, kelajak avlod oldidagi burchidir. Bu burchni halol, pok, fidoyilik va jasorat bilan bajargan insongina haqiqiy vatanparvar bo`la oladi. Buning uchun O`zbekiston hukumati tomonidan, shaxsan prezidentimiz Islom Mirziyoyev tashabbuslari va rahbarliklarida, inson shaxsi va manfaatlari, bolalar tarbiyasi, oila, sog`lom avlod va hokazo kabi bolalarimiz va xalqimizning manfaatlarini ko`zlovchi qator hujjat va qarorlar qabul qilindi. Endilikda hayotimizning barcha sohalarida respublikaning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, avlod ajdodlarimizning azaliy turmush tarzi, an’analari, urf odatlari va ko`nikmalarini hisobga olib, bolalarimizda xalqimizga, o`z vataniga mehr, samimiylik, histuyg`ularini shakllantirish, ularni rivojlanitirish, tarbiya nazariyasi va amaliyotiga tadbiq etish muhim dolzarb muammoga aylanmoqda. Vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvatlilikni shakllantirish tarbiyaning eng muhim qismlaridan biridir. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdaga bolalar tarbiyasida eng avvalo ularning ruhiy jarayonlarini o`stirish, rivojlantirish va takomillashtirib borishga yordam beruvchi omillarni hisobga olish katta ahamiyatga ega. Vatan, Vatan tuyg`usi, vatanga sadoqatli bo`lish, vatanparvarlik, insonparvarlik va mehrmuruvvat his-tuyg`ularining naqadar yuksakligi, inson qalbiga yaqinligi, har bir insonni iymoni haqida islom dinimizning yuragi bo`lmish Qur’oni Karim, hadislarimiz va buyuk mutaffakir, hadisshunos va zamonasining huquqshunos olimlari hisoblanmish Imom alBuxoriy, Az-Zamahshariy, al-Termiziy va boshqa ajdodlarimiz qarashlari va asarlarida Vatan, xalq, millat ozodligi, erkinligi haqidagi fikrlar o`z ifodasini topgan. Vatan, vatanparvarlik, insonparvarlik va insonda mehr tuyg`ularining naqadar yuqori tuyg`u ekanligi va unga sodiq bo`lib qolish, islom diniga e’tiqod qiluvchi har bir mo`min — musulmon hayotining mazmuni ekanligining alomalarimiz asarlarida qayd etilgan. Jumladan, U. Kaykovusning «Qobusnoma», Nosir Xisrovning «Saodatnoma», Nizomul mulkning «Siyosatnoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutatg`u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», «Kalila va Dimna», A.Navoiyning «Mahbub ul Qulub», A.Temurning «Amur Temur o`gitlari» va h.k. asarlarida ko`rsatilgan9. Shunday ekan, o`smirlar tarbiyasida oliy his-tuyg`ularini shakllantirib, o`stirib borish– ularni ijtimoiy turmushning murakkab vaziyatlariga moslashtirib boruvchi kelajakdagi barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarni yaratish imkoniyatini beradi. Insonparvar, vataniga sodiq, mehr-muruvvatli insonga qator ijobiy his-tuyg`ular xos bo`ladi, ya’ni bunday inson mardlik, sahiylik, va’dasiga vafodor, pok bag`ri keng, birovlarga beminnat yordam beruvchi, adolat me’zonini bo’zmaslik, tilini yomon so`zdan, qo`lini yomon ishlardan saqlash his-tuyg`ulariga ega bo`lib, bunday kishilar uchun sadoqat, e’tiqod, mehrlilik, rahmdillik hayotiy ehtiyojga aylanib qoladi. Prezidentimiz o`z asarlarida vatanga va insonga sadoqat, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr his tuyg`ularini bolalar tarbiyasiga singdirib borish kerakligini doimo uqtiradilar. Prezidentimiz o`gitlariga amal qilmoq, kelajak avlodimiz burchi hisoblanadi.. O`zbeklarning urf-odatlari bo`yicha, o`zi yashab turgan joy muqaddas hisoblanadi. Bu muqaddas tuproqqa nisbatan yovo’z niyat, yomon so`z aytilmaydi. Vatan, yurt, millat tushunchalari ulug`vor tushunchalar bo`lib, hamisha mehr-muhabbatdan quvvat oladi. Shu jihatdan qaraganda bu tuyg`ular egizak - qondoshu jondoshdurlar. Bu his-tuyg`ularni yosh murg`ak yuragida uyg`otish, uni rivojlantirish va takomillashtirib borish barcha ta’lim muassasalari xodimlari faoliyatlarida, ota-ona, mahalla fuqarolari va hokazolarning muqaddas burchlari hisoblanadi. Shunday ekan, ilk mehr saboqlari bolalar qalbiga eng avvalo oila, so`ngra maktabgacha ta’lim maskanlarida singdiriladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ham har jihatdan ana shunday shaxsni shakllantirishdan iborat. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling