3-modda. Naslchilik obyektlari
Nasldor hayvonlar — qoramollar, qo‘ylar, echkilar, otlar, tuyalar, cho‘chqalar, shuningdek parrandalar, baliqlar, asalarilar, ipak qurti, yovvoyi hayvonlar (bundan buyon matnda hayvonlar deb yuritiladi) va ularning naslli mahsuloti naslchilik obyektlari hisoblanadi.
4-modda. Naslchilik subyektlari
Naslchilik ishi bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, korxonalar va xo‘jaliklar, seleksiya markazlari, ippodromlar, immunogenetik nazorat laboratoriyalari, nazorat-sinov stansiyalari, embrionlarni ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya) markazlari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar — naslli mahsulot egalari naslchilik subyektlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5-modda. Naslchilik to‘g‘risidagi qonunchilik
(5-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Naslchilik sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida naslchilik sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “O‘zbekchorvanasl” agentligining naslchilik sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “O‘zbekchorvanasl” agentligi:
naslchilik subyektlarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazadi va naslchilik xo‘jaliklarining maqomi to‘g‘risidagi guvohnomani beradi;
nasldor hayvonlar va nasldor podani tegishliligi bo‘yicha davlat nasldor hayvonlar kitobiga hamda davlat naslchilik registriga kiritadi;
sun’iy urug‘lantirishni tashkil etadi, naslchilik-seleksiya ishlarini takomillashtiradi;
chorvachilikda sof genofondni saqlab qolish va rivojlantirish uchun ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan naslchilik-seleksiya dasturlarini amaliyotga tatbiq etadi hamda muvofiqlashtiradi;
chorvachilikda naslchilik ishini va nasldorlik sifatini yaxshilash uchun naslchilik resurslarini yaratadi, saqlaydi, ko‘paytiradi hamda ulardan oqilona foydalanadi.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |