M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
qariyalarda hamshiralik parvarishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rentgenografiya
Rentgenoskopiya usulida tekshirilayotgan organ tasviri ekranda
hosil qilinadi. Bu usul yordamida o‘pka, yurak, katta qon tomirlari, ko‘krak oralig‘i, ovqat hazm qilish organlarining faoliyati o‘rganiladi. Buning uchun bemor ekran bilan rentgen trubkasi orasida, shtativ oldida turadi. Ko‘krak qafasini rentgenoskopiya qilganda yuqori kuchlanishli tok 50–70 kb (obyektivning zichligiga qarab), tok kuchi esa 3–4 mA bo‘lishi kerak. Ekranni yoritish yo‘li bilan qizilo‘ngach, me’da, ichak, o‘t pufagi va siydik yo‘llarini ko‘rganda texnik ko‘r- satkichlar oshiriladi. Rentgenografiya – rentgen nurlari yordamida organ va to‘qima- larni rentgen plyonkasiga suratga olishga asoslangan. Rentgenografiya natijasi rentgenogramma deb ataladi. Rentgenogrammada zich to‘qimalar yorug‘, yumshoq to‘qimalar bilan havo esa qora bo‘lib ko‘rinadi. Rentgenogramma rentgenoskopiyaga qaraganda ozgina o‘zgarish- larning aniq tasvirini beradi. Odam organizmidagi turli organ va tizimlarni rentgenologik yo‘l bilan tekshirish rentgen nurlarining har xil zichlikdagi muhitlar orqali turli xil darajada o‘tish xossasiga asoslangan. Odamning to‘qima va organlari turli zichlikda bo‘lib, rentgen nurlarini turli darajada yutadi. Zich jismlar, tanalar hammadan ko‘ra katta, yumshoq to‘qima va havo hammadan kam zichlikka ega bo‘ladi. Zich to‘qimalar ekranga qora bo‘lib tushsa, havosi bo‘lgan organlar nurga solinganda yorug‘ joylar hosil bo‘ladi, ularning nechog‘liq yorug‘ bo‘lishi havo miqdoriga bog‘liq: havo qanchalik ko‘p bo‘lsa, o‘sha joy shunchalik yorug‘ bo‘ladi. Suyuqlik ham rentgen nurlarini ko‘p yutadi, suyuqlikdan hosil bo‘ladigan soya quyuqligi uning miqdoriga to‘g‘ri proporsionaldir. 141 Rentgenoskopiya apparati. Zichligi jihatidan atrofdagi to‘qimalardan hamda organ va to‘qi- malardan farq qilmaydigan organ va tizimlarni tekshirishda sun’iy kontrastlash usulidan foydalaniladi. Rentgenokontrast moddalar rentgen nurlari kashf qilingandan keyin ko‘p o‘tmay taklif etilgan. Rentgenodiagnostikada ishlatiladigan rentgenokontrast moddalar ikki guruhga bo‘linadi: 1. Nisbiy zichligi yuqori bo‘lgan rentgenokontrast moddalar. Bular rentgen nurlarini tutib qolib, tekshirilayotgan organ atrofidagi to‘ qimalardan ancha quyuqroq bo‘lgan soyani tushiradi. Bu moddalarga yodamid, yodolipol, bilignost, yopan kislota, triombrast, bariy bi- rikmalari va boshqalar kiradi. 2. Nisbiy zichligi tekshirilayotgan organdan kam bo‘lgan va rent gen nurlarini oson o‘tkazib yuboradigan rentgenokontrast moddalar. Bularga kislorod, geliy, azot (II) oksidi, karbonat angidrid gazi kiradi. Amalda kisloroddan ko‘proq foydalaniladi. Kontrastlash usullari rentgenokontrast moddani qay tarzda yubo- rishga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi: Rentgenokontrast modda odam tanasining tabiiy: burun, og‘iz, 1. siydik chiqarish teshiklaridan yuboriladi. Rentgenokontrast modda qon oqimiga (gematogen usulda) yubo 2. riladi. 142 Rentgenokontrast modda to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qimalarga, organ- 3. larga va tutash bo‘shliqlarga yuboriladi. Kontrastlash usuli hazm organlari (qizilo‘ngach, me’da, ingichka va yo‘g‘on ichak)ni tekshirishda qo‘llaniladi. Buning uchun bariy sulfatning suvdagi emulsiyasidan foydalaniladi. Bemorga shu emulsiya ichiriladi yoki huqna (klizma) qilib yuboriladi. Rentgenoskopiya va rentgenogra fiya usullari birbirini to‘ldirib, organ holati to‘g‘risida yetarli ma’lumot olishda, kasallikni aniqlash va tashxis qo‘yishda katta yordam beradi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling