M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


EKG qilishda tarmoqlar joylanishi


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet100/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

EKG qilishda tarmoqlar joylanishi.
eKG olish texnikasi.


137
QPS
Complex
QT Interval
PR Interval
PR
Segment
ST
Segment
R
P
Q
s
T
Normal EKG.
EKGda 5 ta PQRST tishchalar bo‘ladi. P tishcha bo‘lmachalari 
qo‘zg‘alishini ifodalaydi, P tishcha kengligi 0,06–0,11 soniyagacha. 
P tishcha kengayishi va 2 o‘rkachli bo‘lishi chap qorincha gipertro-
fiyasidan darak beradi.
P–Q interval impulsning bo‘lmachalardan qorinchalarga o‘tish 
vaqti. Interval davomiyligi 0,12 soniyadan 0,2 soniyagacha. Interval 
davomiyligi 0,2 soniyadan oshishi atrioventrikular o‘tkazuvchan likning 
sekinlashganligidan darak beradi.


138
QRS – qorinchalar kompleksi qo‘zg‘alishining qorinchalar bo‘ylab 
tarqalish aksidir. Kompleks davomiyligi 0,07–0,11 soniya. QRS ken-
gayishi qorinchalar gipertrofiyasi, bo‘lmacha – qorinchalar tuguni oyoq­
chalari blokadasidan darak beradi.
Agar Q-tishcha 1–2 uzatmalarda 0,03 soniyadan kengroq va R-tish-
dan chuqurroq va 3 uzatmada S dan kattaroq bo‘lsa, infarktga shubha 
qilinadi.
ST interval qorinchalar qo‘zg‘alishi intensivligi kamayishini aks 
ettiradi. S–T, P–Q bilan bir sathdagi, deyarli gorizontal chiziqdan 
iborat. Normada yuqoriga yoki pastga siljish 1 mm dan oshmaydi. 
O‘tkir koronar yetishmovchilikda do‘mpaygan ko‘rinish oladi. 
T-tish qorinchalarning qo‘zg‘alishdan chiqishini aks ettiradi. AVR 
uzatmadan tashqari barcha uzatmalarda musbat bo‘ladi. Patologiyada 
kattalashishi, uchli, 2 fazali yoki tekislangan ko‘rinish olishi mumkin. 
Q–T interval qorinchalarning to‘liq qo‘zg‘alish davrini o‘z ichiga 
oladi va yurak elektrik sistolasiga to‘g‘ri keladi. Normada sistolik 
davomiyligi 0,24 soniyadan 0,55 soniyagacha bo‘ladi. Gipertoniya
YuIK da bu interval uzayadi. 
Tibbiyot hamshirasi EKG olishni, bemorni texnika xavfsizligiga 
amal qilgan holda kardiomonitorga ulashni bilishi kerak. Monitor 
kuzatuv olib borilayotgan og‘ir bemorlar EKG sidagi asosiy patologik 
o‘zgarishlar (qorinchalar ekstrosistoliyasi, qorinchalar va bo‘lmachalar 
fibrillatsiyasi, idioventrikular marom)ni bilishi va ular paydo bo‘lganda 
shifokorni ogohlantirishi lozim.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling