M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


O‘lim belgilari va o‘limni tasdiqlash


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet96/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

O‘lim belgilari va o‘limni tasdiqlash
o‘lim bosqichlari:
Terminal holat – hayotning so‘nggi bosqichi bo‘lib, nafas va qon 
aylanish tizimidagi jiddiy o‘zgarishlar natijasida hamma organlar faoliyati 
susayishi bilan xarakterlanadi. Bosh miyadagi gipoksiya aso siy rolni 
o‘ynaydi, bu yurak ishini buzadi va asfiksiya natijasida kelib chiqadi.
Preagonal holat – o‘limning birinchi davri bo‘lib, bu vaqtda arterial 
bosim tez tushib ketadi, hushning yo‘qolishi rivojlanib boradi, organ va 
to‘qimalarning kislorodga to‘yinmaslik holati kuchayib boradi.
Terminal pauza – birdan nafas to‘xtashi, shox parda reflekslarining 
yo‘qolishi bilan xarakterlanib, bir necha sekunddan 3 minutgacha 
davom etadi.
Agoniya – o‘limning ikkinchi davri. Klinik o‘lim boshlanishi bilan 
yuzaga keladi. Boshida og‘riq sezgisi yo‘qoladi, hamma reflekslar 
yo‘qoladi, sekinlik bilan hushni yo‘qotish boshlanadi. Nafas kuchsiz, 
siyrak yoki aksincha, qisqa maksimal nafas olish va tez to‘liq nafas 
chiqarish, katta amplitudali nafas bo‘lishi mumkin. Har nafas olishda 
bosh orqaga ketadi, og‘iz katta ochiladi. Yurak qisqarishlari ritmi 
1 min da 40–20 gacha sekinlashadi, puls ipsimon bo‘ladi va zo‘rg‘a 
aniqlanadi. Arterial bosim 20–10 mm sim. ust. gacha pasayadi. Ba’zida 
ensa mushaklari rigidligi va umumiy tonik talvasalar yuzaga keladi. 
Beixtiyor siyish va defekatsiya kuzatiladi. Tana harorati tez pasayadi.
Klinik o‘lim – hayot va o‘lim o‘rtasidagi o‘ziga xos o‘tish holati 
bo‘lib, MNT faoliyati to‘xtashi bilan boshlanadi, bosh miyada qaytmas 
o‘zgarishlar rivojlanguncha qon aylanish va nafas olish qisqa muddat 
davom etadi.
Klinik o‘lim belgilari:
katta magistral tomirlarda pulsatsiya yo‘qligi (uyqu, son, yelka 

arteriyasi);


132
hushning yo‘qolishi;

qorachiqlar kengayishi;

klonik va tonik talvasalar bo‘lishi;

nafas to‘xtashi.


Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling