M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet94/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Qariyalarda yatrоgеniyalаr – bu psixоgеn kаsаllikning bir turi 
bo‘lib, tibbiyot xоdimlаrining bеmоrgа bo‘lgаn nоto‘g‘ri muоmаlаsi 
оqibаtidа ipоxоndrik, dеprеssiv rеаksiyalаr nаtijаsidа sоdir bo‘lаdi.
Bеmоr bilаn suhbаtlаshgаndа uning sаlоmаtligi to‘g‘risidа hаmishа 
ehtiyot bo‘lib gаpirish kеrаk. Bеmоr nоto‘g‘ri mа’nо chiqаrib оlishi 
mumkin bo‘lgаn turli tеrminlаrni ishlаtish tаvsiya etilmаydi. Ko‘pinchа 
bеmоrlаr kаsаllik diаgnоzi to‘g‘risidаgi gаplаrgа diqqаt bilаn qulоq 
sоlаdi. Shu sаbаbli bundаn ulаr sаlоmаtligigа ziyon kеltirishi mumkin 
bo‘lgаn xulоsаlаr chiqаrib оlishini hаmishа esdа tutish kеrаk. Bu 
xаstаlikkа chаlingаn qariyalаr ko‘prоq sеksuаl qоbiliyatining pаsаyishi 
yoki yo‘qоlishi kаbi shikоyat sаvоllаr bilаn turli mutаxаssislаrgа 
murоjааt qilаvеrаdi.


129
vi bob. 
HAYOTDAN KO‘Z YUMAYOTGAN QARIYALARNI 
PaRvaRishLash
Qariyalar va ularning oilasi notinchligini bartaraf etish
1. Hayotdan ko‘z yumayotgan bemorning oilasi notinch va 
qo‘rquvda bo‘ladi. Hamshira bemorning oilasi bilan suhbatini diqqat 
bilan tinglashi, ularning notinchligini aniqlashi va bunday negativ 
tuyg‘ularni bartaraf etishda kerakli yordamni berishi kerak.
2. Davolash uchun qulay sharoit tayyorlab qo‘yish.
Bemorga shunday muhit yaratish kerakki, bunda yashashi 
uchun qulay va davolanishiga yordam bersin. Bemorning oilasi, 
qadrlagan narsalari bilan doimiy munosabatini o‘z ichiga olgan 
sharoitni har doim yodda tutish lozim. Mana shu narsalarga 
asoslangan holda o‘layotgan bemorni har kungi hayotini qo‘llab-
quvvatlash kerak.
3. Qari odamni va uning oilasi istagan kishini parvarish qilishga 
qo‘yib berish.
Hayotdan ko‘z yumayotgan bemor va uning oilasi talablarini 
hisobga olish muhim. Parvarishlashda shunga e’tibor berish kerakki, 
bemor davolanishda va har kungi hayotida mustaqillikka ega bo‘lsin. 
Bunday yondoshishga asoslanib, bemor va uning oilasi kutgan 
parvarishni amalga oshirish uchun sharoit yaratish kerak.
4. Keksa kishi va uning oilasini istaklari o‘zgarganda chora ko‘rish. 
Bemor va uni oilasi nimagadir kelishsa ham, ba’zi holatlarda ularning 
fikri o‘zgaradi. Bunday o‘zgarishlarga to‘g‘ri yondoshish kerak va 
bunday holatlarda ularning fikrlarini diqqat bilan tinglash, iloji boricha 
ularning istaklarini ro‘yobga chiqarishga yordam berish kerak. Bemor 
va uning oilasini istaklari o‘zgarib qolganda bemalol xabar berishlari 
uchun doimiy munosabatda bo‘lib turish yana bir muhim omillardan 
hisoblanadi.


130

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling