M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Alsgeymer kasalligining simptomlari


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Alsgeymer kasalligining simptomlari. Alsgeymer kasalligi rivoj-
lanishi bilan simptomlar ham yomonlashadi. Umuman, demensiya bilan 
keksa kishilar atrof-muhit ta’siriga, ichki muhitdagi o‘zgarishlarga juda 
sezgir bo‘ladi va natijada ularda demensiyaning psixologik va o‘zini 
tutish xarakteridagi simptomlar kuzatiladi. Shuning uchun bemorlarga 
mos muhitni aniqlash va kerak bo‘lsa unga o‘zgartirishlar kiritish 
lozim.
Erta bosqich: Erta bosqich ko‘pincha sezilmay o‘tadi. Qarindosh-
lar, tanishlar, yaqin do‘stlar va hatto mutaxassislar ham buni normal 
qarish jarayonining bir qismi deb o‘ylashadi.


125
Asosiy belgilari:
xotiraning jiddiy buzilishi, ayniqsa muloqotda qiynalish sezadi;

o‘ziga tanish joylarda adashib qoladi;

vaqtda mo‘ljalni yo‘qotadi;

qaror qabul qilishda qiyinchilik sezadi;

diqqatni jamlash qobiliyatini yo‘qotadi;

sevimli mashg‘ulotlariga qiziqishini yo‘qotadi;

depressiya va agressiya belgilari paydo bo‘ladi.

O‘rta bosqich: Kasallik davomida muammolar chuqurlashadi va 
bemor faoliyatini kuchliroq cheklay boshlaydi:
bemor o‘z hayotidagi muhim kunlarni bilmaydi, kunni aytishda 

10 va undan ko‘p kunga adashishi mumkin;
ovqat tayyorlay olmaydi, odatiy uy yumushlarini, bozor qilishni 

eplay olmaydi;
hojatxonaga borish, yuvinish, kiyinish uchun boshqalar yorda-

miga muhtoj;
nutq buzilishi natijasida so‘zlashganda qiyinchilik sezadi;

jamoat joylarida yo‘qolib qolishi mumkin;

gallutsinatsiyalarni his qilishi mumkin;

uydan chiqib ketishi va adashib qolishi mumkin;

qo‘zg‘aluvchan, jahldor bo‘lishi mumkin.

Kechki bosqich: Kasallik rivojlanishi bilan yetarlicha jiddiy buzi-
lishlar yuzaga keladi. 
Bemorlar bu bosqichda ko‘pincha faoliyatsiz va parvarishlovchi 

kishiga to‘liq muhtoj bo‘lishadi. Xotira buzilishi juda jiddiy;
bemor uni parvarishlaydigan odamni ismini ayta olmaydi, man-

zilini, tug‘ilgan kunini, ota-onasining tug‘ilgan kunini bilmaydi;
qarindoshlarini, do‘stlarini, tanish narsalarini tanimaydi; 

jamoat joylarida, o‘z uyida ham mo‘ljalni yo‘qotadi;

harakatlanishda qiyinchilik sezadi yoki harakatlanish qobiliya-

tini yo‘qotadi;
ovqatlanganda qiyinchilik sezadi;

nutqni birdan chegaralanishi yoki butunlay yo‘qolishi kuzatiladi;

axlat va siydik tutolmaslikdan qiynaladi;

boshqalarning oldida o‘zini tuta bilmaydi;

g‘azab, agressiya, uyqu buzilishi bo‘lishi mumkin.



126

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling