M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Miya tomirlaridagi buzilishlardan kelib chiqqan demensiyaning


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet88/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Miya tomirlaridagi buzilishlardan kelib chiqqan demensiyaning 
klinik holati. Demensiyaning bu tipi miyaga qon quyilishi, insult 
natijasida kelib chiqadi. Yana keng miqyosda serebral aterosklerozda, 
tez-tez bo‘lib turadigan serebral insultlar natijasida (aniq insult xuruji 
bo‘lmasa ham) rivojlanishi mumkin. Belgilari birdan paydo bo‘ladi. 
Xarakterli belgisi, infarktning darajasi va chastotasidan kelib chiqib
funksiyalarini sekin-asta pasayishi hisoblanadi.
Miya tomirlaridagi buzilishdan kelib chiqqan demensiyaning 
simptomlari. Qayerda insult bo‘lgan bo‘lsa, qon ketgan bo‘lsa, shunga 
qarab o‘choqli nevrologik belgilar shaklida namoyon bo‘ladi. Aniq bir 
uchastkaning zararlanishi tufayli, ba’zi qobiliyatlari yomonlashadi, 
ba’zilari saqlanadi, boshqa so‘z bilan aytganda, qobiliyatning turlicha 
yomonlashuvi kuzatiladi.
Miya tomirlaridagi buzilishdan kelib chiqqan demensiyani 
davolash. Demensiya belgilari aniqlanganda dori sifatida miyada qon 
aylanishini yaxshilovchi dorilar, bosh miyada moddalar almashinuvini 
yaxshilovchi preparatlar beriladi, lekin bunday davo demensiya paydo 
bo‘lgandan keyin kechikkan hisoblanadi.
Bu yerda serebral insult va miyaga qon quyilishining birlamchi 
(birinchi xuruj profilaktikasi) va ikkilamchi profilaktikasi (qayta xuruj 
profilaktikasi)ni olib borish kerak.
Bundan tashqari, boshlang‘ich bosqichlarda reabilitatsiya chora-
tadbirlarini boshlash lozim.


121
Potensial qobiliyat va qolgan qobiliyatini baholash
1. Baholash usullari.
Demensiya bilan og‘rigan keksalarga har tomonlama yondoshish 
kerak, bu obyektning o‘zini tutishi va nutqini kuzatish, u bilan muloqot 
orqali ma’lumot olish, demensiyani baholash shkalasini qo‘llashda 
namoyon bo‘ladi.
2. Demensiyaning og‘irlik darajasi va simptomlarini baholash.
Potensial qobiliyat va qolgan qobiliyatni aniqlashda demensiyaning 
og‘irlik darajasi va simptomlarini baholash muhim o‘rin tutadi. 
Bemor ahvolini tahlil qilish, kasalliklarning og‘irlik darajasi va 
simptomlarini baholash, bemor bilan muloqot orqali olingan ma’lumot 
va kuzatuvlarga asoslanadi.
Bunda demensiyani klinik baholash, psixik holatni minitekshi rish, 
Alsgeymer demensiyasini funksional baholash va shunga o‘x shash 
baholash shkalalaridan foydalaniladi.
3. Kundalik hayotida o‘ziga xizmat qilish qobiliyatini baholash.
Demensiya bilan og‘rigan bemor harakatchanligini baholash, 
hamshira uni doim kuzatib turishi orqali amalga oshadi.
Kiyinish apraksiyasi: bemor kiyimini kiyadi, tugmasini qadaydi, 
kiyimini to‘g‘rilaydi va dam olib yana yechinadi. Hamshira uning 
hamma harakatlarini kuzatib turadi va bemor juda qiynalgan harakatni 
aniqlaydi va qolgan qobiliyatini baholaydi.
Qiyin tana harakatini amalga oshirishda qiynalish (ideator aprak siya): 
hamshira kuzatuvi ostida bemor imitativ harakatlar qiladi, oyna oladi 
va lab bo‘yog‘ bilan labini bo‘yaydi.
Hamshira bemor bu harakatlarni bajara oladimi-yo‘qmi, shuni 
kuza tadi va shu harakatlarni bajarish qiyinligi tufayli bemorda qanday 
muammolar paydo bo‘lishi mumkinligini aniqlaydi. Hamshira kuzatuvi 
ostida bemor soch taraydi, qo‘l silkitadi, yelkani qoqib qo‘yadi. 
Hamshira bunday harakatlarda qiyinchilik borligini aniqlaydi.
Mayda qismlardan butun predmetni yig‘ishda qiynalish (konstruktiv 
apraksiya): hamshira bemor yulduz chizishini kuzatadi. Bunda 
hamshira bemor qay darajada tasavvuridagi narsalarni yaratishini, 
kundalik hayotida fikrlash bilan bog‘liq qanday muammolar paydo 
bo‘lishini aniq laydi.


122
Yo‘l topishda, geografik xaritalarni tushunishda qiynalish: bemor 
uylar o‘rtasida yo‘llar, zinalar joylashishini chizadi, hamshira uning 
harakatlarini kuzatib boradi.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling