M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Fiziologik ehtiyojda yordam ko‘rsatish


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Fiziologik ehtiyojda yordam ko‘rsatish. Bemor odamlar hojat-
xonaga borishlari uchun yordamga muhtoj bo‘ladilar. Turli buzilishlar: 
qo‘l va oyoqlar aktivligining pasayishi, paralich, qisman paralich
bosh aylanishi, holsizlikda bemorlar hojatxonaga bora olmaydi va 
unitazga o‘tira olmaydi. Kerakli holatda bo‘la olmaydi, hojatxona 
qog‘ozini ololmaydi va ishlata olmaydi. Bemor ahvolidan kelib chiqib, 
fiziologik ehtiyoj portativ hojatxona yoki krovatda amalga oshiriladi. 
Fiziologik ehtiyoj larni amalga oshirishda bemorning holatidan kelib 
chiqib, yordam ko‘rsatish usullarini tanlashda maslahat berish kerak. 
Fiziologik ehtiyojni amalga oshirishda bemorning oldiga to‘siq 
qo‘yiladi, oila a’zolari uni ko‘rmasligi uchun parvarishlovchi yonida 
kutib turadi. Bemor o‘zini iflos qilmasligi uchun unitazga to‘g‘ri 
o‘tqazish kerak. Keyin siydik tutolmaslik natijasida ho‘l bo‘lgan to‘shak 
oqliklarini almashtirishga ahamiyat berish lozim, bunday hollarda 
yotoq yara paydo bo‘ladi va bemorning psixologik holati yomonlashib, 
depressiyaga tushishi mumkin.
Normal tashqi ko‘rinishini ta’minlash uchun yordamlashish: 
Har kuni sochni tarash va iloji boricha kiyimlarini almashtirib turish 
kerak. Kiyimni almashtirish vaqtida uni yumshoq, qulay, namni yaxshi 
tortishiga ahamiyat beriladi. Kiyim yechilayotganda tananing sog‘lom 
qismidan boshlanadi va kiyintirilayotganda aksincha, kasal qismidan 
boshlanadi.


117
Sog‘liq ustidan kuzatuv. Qariyalarga yordam berish, atrofida har 
kungi reaksiyalarda o‘zgarishlar yo‘qmi, shuni kuzatish bilan amalga 
oshiriladi. Har kungi reaksiyalaridan farqli o‘laroq, ovqatni kam qabul 
qilish kuzatilsa, uning pulsi va harorati o‘lchanadi. Kerak bo‘lsa tibbiy 
muassasaga murojaat etiladi.
Qaram bo‘lgan qariyalarga murojaat etish usullari. Bemor 
qaram bo‘lib qolgan bo‘lsa ham, u hali ham oila a’zosi hisoblanadi. 
Va ularga murojaat etayotganda doim hurmat bilan murojaat etish 
kerak, bu o‘zbek xalqining urf-odati hisoblanadi. Yana bemorning 
jismoniy funksiyalari pasayganini hisobga olib va shunga mos ravishda 
parvarishlovchi shaxsga murojaat etish usullari bo‘yicha ko‘rsatma 
berish kerak.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling