M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet83/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Ovqatlanishda yordamlashish: chaynash va yutish jarayoni 
yomonlashuvi natijasida ovqatni yutishi avvalgidek bo‘lmaydi. Ta’m 
sezish ham o‘zgaradi va bemor ovqat yeganda «mazali» so‘zini kam 
ishlatadi. O‘zining va yasama tishlarining ahvolini kuzatib borish 
kerak. Chaynashga oson bo‘lishi uchun yumshoq taomlar tayyorlash
kerak, iloji boricha ovqat tayyorlagan odam bemor bilan ovqatlanishi 
kerak. Parvarishlovchi ovqatlanishga yordam berayotganda aspiratsiya 
bo‘lmasligiga harakat qilishi kerak. Bemorga to‘g‘ri fiziologik ho lat­
ni berish ovqat va suyuqlikni oson o‘tishiga yordam beradi. Ovqat-
lanayotganda keyingi porsiyani qoshiqda bemorning og‘ziga uni 
ovqatlanish tempiga qarab berish kerak, oldingi porsiyani yutgandan 
so‘nggina, keyingi porsiyani og‘ziga solish kerak. Ovqatlanib bo‘lgandan 
so‘ng og‘iz bo‘shlig‘ining tozaligini saqlash uchun uning parvarishi 
o‘tkaziladi.
Harakatlanishda yordamlashish. Bemor xohlagan joyiga borishi 
uchun unga kerakli yurish uchun moslamadan foydalanishda yordam 


116
berish kerak. Harakatlanishga yordam berayotganda bemorning 
qoqilishi, yiqilishining oldini olishga ahamiyat berish lozim. Bemor 
yurish uchun moslamaga to‘g‘ri joylashishini kuzatish kerak, 
yo‘ldagi narsalarni olib tashlash, oyoq ostidagi yo‘lning yoritilishi 
ta’minlanadi.
Tana tozaligini ta’minlashda yordam berish. Tana tozaligini 
parvarishlashda qaram bemor parvarishdan qoniqish hosil qilishiga 
ahamiyat berish kerak. Tanani artish uchun o‘rtacha kuch ishlatish 
kerak, bu massaj samarasini beradi va qon aylanishini yaxshilaydi. 
Agar tana issiq sochiq bilan artilsa, undan ham yaxshi bo‘ladi, 
xuddi bug‘da ishlov bergandek. Bemorni ahvolidan kelib chiqib
oila a’zolarining yordamida cho‘milish, dush qabul qilish yoki nam 
artish o‘tkaziladi.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling