M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

O‘zaro tushunishning buzilishi. Bunda qaram bemorning talablari 
va fikrlarini parvarishlovchi shaxs tushunmasligi yoki parvarish 
qilishda undan yordam so‘raganda uni olmaslik yotadi. Bunday 
tushunmovchilik sababi, ko‘pincha bemorning eshitishining pasayishi
o‘zaro muloqotning yetishmasligi sababli bo‘ladi.
Moddiy noturg‘unlik. Qaram bo‘lgan bemorlar parvarishini 
ta’min lash bilan bog‘liq turli chiqimlar bo‘ladi, bu o‘z navbatida, oila 
budjetini sezilarli qisqartiradi. Natijada oilaviy kirim-chiqim balansi 
yo‘qoladi va noturg‘unlikka olib keladi.
Qariyalar ruhiy o‘ziga xosligi bilan bog‘liq parvarishlash 
muam molari. Qaram lik holatiga tushgan qariyalarning psixik holatida 
o‘zga rishlar paydo bo‘ladi, bu o‘z navbatida, apatiya, bo‘shashish, qabul 
qilishning buzilishi natijasida noto‘g‘ri reaksiya qilish, uning talablarini 
tushunmaslik, biror nimani qila olmaslik parvarishlovchi shaxsga 
negativ ta’sir ko‘rsatadi va u qaram odamni parvarishlash istagini 
yo‘qotishi mumkin.


115
Uy sharoitida qaram bo‘lgan qariyalarni parvarish qiluvchi oila 
a’zolarini o‘qitish va yordam ko‘rsatish tizimi
Qaram bo‘lgan qariyalarga yordam ko‘rsata olishlari uchun, oila 
a’zolarini uyda parvarishlash usullariga o‘qitish kerak. Shu maqsadda 
instruktaj, qaramlik holati haqida, oson bajariladigan parvarish usullari 
va parvarishni amalga oshirish punktlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi 
kerak. Bundan tashqari, parvarishlovchini parvarish ko‘nikmalarini 
o‘zlashtirishi uchun uni kun dalik parvarishni amalga oshirishda 
qatnashishga chaqiriladi. Yordam ko‘rsatish namoyish etiladi, 
bunda ishtirok etgan parvarishlovchi tajriba orttiradi va parvarish 
ko‘nikmalarini egallaydi.
Qaram bo‘lgan qari kishining hayot muhitini yaxshilash uchun uni 
harakat qilish istagini tug‘diradigan sharoit yaratib berishga ahamiyat 
berish kerak, bemor va uning oilasini o‘rtasida muloqot o‘rnatish 
kerak.
Parvarishlovchiga ham bu sharoit juda qulay hisoblanadi, chunki 
u bemor ahvolini kuzatib boradi, bu esa ikkala tomonga ham xavfsiz 
sharoitni yaratadi.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling