M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet81/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Hayot ritmini yaxshilash. Bu yerda muhtoj bemorni hozirgi 
vaqtdagi sutkalik ritmi aniqlanib, uni hayot ritmi yaxshilanadi:
Aniq vaqtda uyg‘onish: buning uchun tungi uyqu yetarlicha ta’-

minlanishi kerak.
To‘g‘ri ovqatlanish: nonushta, tushlik va kechki ovqat.

Regular ravishda defekatsiyani amalga oshirish.

Kundalik hayot faoliyatini kengaytirish va uni qo‘llab-
quvvat lashga qaratilgan yordam. Hayot ritmi yaxshilanib 
borishi bilan keyinchalik HMKni doimiy olib borishi uchun qulay 
sharoit yaratish kerak. Bemor bir marta shug‘ullanishdan so‘ng 
darrov HMKni olib borishga kuchi yetmaydi, chunki u bungacha 
tashqaridan yordam olib turgan. Shuning uchun bemorni mustaqil 
faoliyatini sekinlik bilan kengaytirib borish kerak, masalan, 
bemorda o‘ng qo‘lining kuchi saqlangan bo‘lsa, o‘zi qoshiq yoki 
vilka olib, og‘ziga olib borishi, tish cho‘tkasini olib, oldingi 
tishlarini yuvish. Bunda bemorga tanaffus tashkil qilish juda mu-
him, charchoqni yo‘qotish uchun dam olishi kerak.
Hayotni faollashtirish. Bo‘shashish, stressni olish, jismoniy 
va psixologik qoniqishni his qilish, o‘z qiziqishlarini do‘stlari va 
yaqinlari bilan bo‘lishish, jamoada munosabatlar o‘rnatish, ijodiy 
faoliyat – bularning hammasini amalga oshirish, albatta hayot sifatini 
oshishiga olib keladi. Shuning uchun bemor hayotini faollashtirish 
kerak, masalan, uni muhtojlik holatini hisobga olgan holda nevaralari 
bilan muloqot orqali, do‘stlari va boshqa yaqinlari orqali amalga 
oshirish.


114
V.2. Uyda parvarishga muhtoj qariyalarni parvarish 
qilayotgan oila a’zolarini o‘qitish
O‘zbekistonda oilalar shakli va asosiy parvarishlovchi shaxslar. 
Ko‘p uylarda, odatda, ko‘p bolali oilalar yashaydi. Uzoq o‘tmishdan 
hozirgi vaqtgacha bir qancha avlod birga yashagan, yashamoqda 
va qariyalar oilada markaziy o‘rin egallashadi, ya’ni farzandlar va 
nevaralar diqqat markazida bo‘lishadi. Odatda, bunday oilalarda qaram 
qariyalarni ishlamaydigan ayollar parvarish qilishadi. Bundan tashqari, 
O‘zbekistonda statsionar davolanish vaqti qisqa va kasalxonadan 
chiqqandan so‘ng ko‘plab qariyalar davoni uyda olishadi.
Qari bemorlarni parvarishlovchi shaxslar asosan sog‘liq, 
vaqt va moddiy holat muammolari bilan to‘qnashadilar. Bundan 
tashqari, qarilarni parvarish qilishda er-xotin o‘rtasidagi mojaro, 
tushunmovchiliklar, emo t sional o‘zgarishlardagi muammolar paydo 
bo‘ lishi mumkin.
Charchash. Bu parvarishlovchi shaxsni jismoniy va psixologik 
charchashini anglatadi va natijada unda parvarish qilishda zo‘riqish 
hissi paydo bo‘ladi.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling