M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet79/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Onkokasalliklar. Yomon sifatli o‘sma hujayralari boshqa hujay-
ralardan farqli ravishda to‘qimalarga kirib, organlarga tarqaladi, 
metastaz beradi (o‘sma hujayralari limfa va qon orqali boshqa 
organlarga tarqaladi), simillovchi og‘riq natijasida charchash, qorinning 
to‘yganlik hissi va boshqalar bilan xarakterlanadi. Qari kishilar 
harakatlanish qobiliyatini yo‘qotadi va muhtojlik holatiga tushadi.
Qari kishilar harakatlanishni istaydi, lekin bunga yo‘l qo‘ymaydigan 
sha roitlar ular harakatlanishini chegaralaydi. Masalan, xona haro-
ratining past bo‘lishi, krovatning balandligi sabab tusholmasligi, 
polning tekismasligi va b. Natijada muhtojlik holati rivojlanadi.
Qari kishilarning harakatlanishga intilishining yo‘qolishi. 
Agar harakatlanish uchun hamma yaxshi sharoitlar yaratilgan bo‘lsa 
ham, ba’zi qari kishilarda harakatlanishga intilish bo‘lmaydi, bu esa 
harakatlanish qobiliyatini pasaytiradi. Natijada mushaklar kuchsiz-
lanadi, bu muhtojlik holati rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Qariyalarda muhtojlik holatiga ta’sir etuvchi samara. Mushaklar 
atrofiyasi va bo‘g‘imlar kontrakturasi. Tajribalarda aniqlanganki, hara-
katning yo‘qligi mushak massasini kamayishiga olib keladi (mushak 
atrofiyasi) va bu yo‘qotish to‘liq harakatsizlikda sutkasiga umumiy 
mushak massasini 3% gacha tashkil etadi.


112
Muhtoj qariyalarda potensial va qolgan qobiliyatlarini 
baholash. Kundalik hayotida yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan 
faoliyat. HMKda buzilish bo‘lsa, asosan, kundalik ehtiyojlarini 
qondirishda qisman yordam darajasi va mustaqillik punktlari bo‘yicha 
baholash kerak bo‘ladi.
Bemorning kasallik holatini hisobga olgan holda 
qobiliyatlarini yuzaga chiqarish
Kundalik kuzatuv va yozuvlardan kelib chiqib, bemorni po-

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling