M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Demensiya bilan og‘rigan keksalarda hamshiralik parvarishining


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet89/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Demensiya bilan og‘rigan keksalarda hamshiralik parvarishining 
o‘ziga xos xususiyatlari
Demensiya bilan og‘rigan keksalarda asosiy hamshiralik par-
varishi. Alsgeymer kasalligi xalqaro assotsiatsiyasi demensiya bilan 
og‘rigan keksalarni parvarish qilishning asosiy prinsiplariga va par-
varishlovchi shaxsning oilasiga yordam ko‘rsatishda aniqlik kiritadi.
Alsgeymer kasalligi va demensiya bemor miyasini zararlab, unga 
va oilasiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadigan kasallik hisoblanadi.
Bemor demensiya bilan og‘rigan bo‘lsa ham, uning o‘zini hurmat 
qilish tuyg‘ulari haqida unutmaslik kerak va unga ham hurmat bilan 
qarash kerak.
Demensiya bilan og‘rigan bemorga xavfsiz hayot muhiti talab 
qilinadi, bunda uni ekspluatatsiya va zo‘rlashdan himoya qilish zarur 
(majburlash, qattiqqo‘l bo‘lish).
Demensiya bilan og‘rigan bemorlarga korporativ, jamoat va tibbiy 
yordamni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar kerak. Alsgeymer kasalligiga 
gumon qilinganda shaxslar tekshiruvdan o‘tishlari shart va diagnoz 
qo‘yilgan shaxslar doimiy parvarish va davolashga muhtojdir.
Hayotiy odatlariga ta’sir etuvchi omillarni hal qilish va 
keyinchalik parvarishda bemorning o‘zi ishtirok etishi maqsadga 
muvofiq bo‘ladi:
Parvarishlovchi shaxs va oilasiga kerakli narsalar borligini ko‘rib 
chi qish. Yetmayotgan narsalarni hal qilish vaqtida oilani aktiv ishtirok 
etishga chaqirish. Bemor va parvarishlovchini kerakli resurslar bilan 
ta’minlash.
Demensiya bilan og‘rigan bemorlarni parvarishlovchi shaxsga bu 
kasallik haqida ma’lumot berish, amaliy o‘qitish, kasallikning oqibatlari 
va parvarishlash metodlariga o‘rgatish kerak.
Demensiya bilan og‘rigan keksalar bilan muloqot qilish 
texnikasi. Hamshira bemorga shunday sharoit yaratib berishi 
kerakki, unda bemor o‘zini bor qobiliyatini hech qanday to‘siqsiz 


123
ro‘yobga chiqarsin. Bemor uchun tanlangan, o‘zini hurmat qilish 
tuyg‘usini yaxshilanishiga olib keluvchi masalani yaxshilab o‘ylab 
ko‘rish kerak. 
Bemorni uning so‘zi va o‘zini tutishi orqali maqsadini tushunish
hayoti davomida to‘plangan tajribalariga e’tibor berish, ichki 
reaksiyasini namoyon bo‘lish kuchiga, uni sog‘ligiga, bemor aynan 
nimani xohla ganini hisobga olishni talab qiladi. Ammo, shuni 
unutmaslik kerakki, Alsgeymer kasalligi progressivlanib boruvchi 
xarakterga ega.
Kasallik rivojlanib borishi bilan bemorning ahvoli yomonlashib 
boradi. Muloqotda yordam beruvchi kommunikatsiya ko‘nikmalari:
aniq-tushunarli so‘zlarni ishlatish;

so‘zlarni keksalarga mos kelgan shaklda ishlatish;

keksalarga mos muloqot usullaridan foydalanish;

nutq «ona tili»ga aylanib ketmasligi kerak;

xotirani tiklanishiga yordam berish;

ko‘z bilan, butun tanani ishga solib, tuyg‘ularni bildirish;

hamdardlik pozitsiyasida turish;

hamdard bo‘lishga butun diqqatini to‘plash.


Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling