M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet92/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Alsgeymer kasalligini davolash
Medikamentoz davolash. Kasallikning psixologik simptomlarini 
davolash uchun asetilxo linesteraza ingibitoridan foydalaniladi. 
Bosh lang‘ich bosqichda simp tomlar bo‘lmaydi, lekin o‘rta bosqich 
belgilarining rivojlanishini bunday dorilar sekinlatish xususiyatiga ega
bu asosiy davo hisoblanmaydi. O‘zini tutishidagi o‘zgarishlarga atipik 
neyroleptiklar va antidepressiv preparat sifatida serotoninni qayta 
ishlovchi selektiv ingibitorlar qo‘llaniladi.
Nomedikamentoz davolash. Bunday davo ichidan atrof muhitga 
mo‘ljalni mashq qilish, xotirlash metodi bilan terapiya, bemorni 
qiziqtirish uchun musiqa tinglash, uy hayvonlarining bo‘lishi va yengil 
jismoniy mashqni o‘z ichiga olgan ko‘ngilochar davodan foydalaniladi.
Demensiya va Alsgeymer bilan og‘rigan keksalarni 
parvarishlovchi oilaga yordam
Hamshira, birinchi navbatda, bemorning oilasi bilan ishonchli 
munosabat o‘rnatishi kerak, bu hamshiraga oilaning ruhiy-jismoniy 
holatini tushunishga yordam beradi, ular bemorni qanday tushunishadi, 
parvarishning qaysi qismida qiynalishadi. Shundagina ular 
hamshiradan doim maslahat olishadi. Bu bilan parvarishlovchi kishini 
o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.
Bemorga tinch va xavfsiz muhit yaratib berishda oilaning ishtiroki 
muhim bo‘lsa-da, parvarishlovchi odamning sog‘ligi haqida ham g‘am-
xo‘rlik qilish kerak. Ularning charchab qolmasligi uchun bir-birlariga 
parvarish qilishda yordam berishlari kerak.
V.4. Qariyalar fаоliyatidаgi yosh bilаn bоg‘liq 
o‘zgаrishlаr vа kаsаlliklаri (psixоzlаr)
Qariyalarda pаydо bo‘lаdigаn ruhiy kаsаlliklаr jinsiy bеzlаr funk­
siyasining susаyishi, mоddаlаr аlmаshinuvining pаsаyishi оqibаtidа 
ro‘y bеrаdi.
Invаlutsiоn psixоzlаr 2 gа bo‘linаdi:
1. Prеsеnil psixоzlаr, 45–60 yoshlаrdа uchrаydi.
2. Sеnil psixоzlаr, 60–65 yoshlаrdаn kеyin bоshlаnаdi.


127

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling