97
№ 3
Bemor O. 65 yoshda. Hozirgi vaqtda pensioner.
Kasallik tarixi: bemor 10 yildan beri
gipertoniya kasalligi bilan
davolanadi. Dori vositalari va damlamalar qabul qiladi. Boshdan ke-
chirgan kasalliklari: qizamiq, O‘RK.
Obyektiv tekshirganda: bo‘yi 156 sm, vazni 80 kg, umumiy ahvoli
o‘rta og‘ir, harorati 36,6°C.
Yuz terisi oqargan, lablari yengil ko‘kar-
gan, puls minutiga 100 marta, qon bosimi 160/100 mm. sim. ust. Nafas
olish maromi minutiga 28 marta. Kuniga 1 marta axlat, 4 marta siydik
ajratadi. Harakatlanishida yordamga muhtoj emas, uyqusi yomon, ish-
tahasi yo‘q. Sezuvchanligi buzilmagan, zararli odatlari yo‘q. Ko‘krak
sohasida kuchli og‘riq uni xavotirga solayapti, og‘riq chap qo‘l, kurak
sohasiga uzatiladi.
Palpatsiyada qorin yumshoq, jigar kattalashmagan. Auskultatsiyada
yurak tonlari bo‘g‘iq, sistolik shovqin aortada eshitiladi. Pasternaskiy
belgisi manfiy.
Tekshirish natijalari: EKG – S–T interval
izoelektrik chiziqdan
past da, Ttishcha manfiy (og‘riq vaqtida).
Bartel shkalasi bo‘yicha baholanganda: o‘zi ovqatlanadi, yuvinadi,
kiyimlarini almashtiradi.
Hojatga chiqishda, o‘rnidan turishda yordam ga
muhtoj emas. Zinadan ko‘tarilishda yordamga muhtoj emas.
Bosh qalarning
yordamisiz 500 m masofaga yura oladi.
Oilada 7 kishi: turmush o‘rtog‘i 70 yosh, o‘g‘li 35 yosh, kelini 32 yosh,
3 ta nabirasi bor. O‘g‘li va kelini ishlaydi, turmush o‘rtog‘i qishloq xo‘jaligi
bilan shug‘ullanadi, shuning uchun uydagi ishlarni bemorning o‘zi bajaradi.
Nabiralarining parvarishi bilan shug‘ullanadi. Oshxonada yaxshi ovqatlar
tayyorlashni yaxshi ko‘radi. Muloqotga yaxshi kiri shadi.
Uy ishlari bilan
shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi.
Muolajalar: riboksin 2%–10,0 v/i, pirasetam 20%–5,0 v\i, natriy
xlor 0,9%–200,0, panangin – 10,0, askorbinat kislota 5%–5,0, strofantin
0,01%–1,0, papaverin 2%–2,0 m\o, dibazol 1%–3,0 m\o,
nitroglitserin
1 tab. til ostiga (og‘riq vaqtida), atenalol 50 mg x 2 mahal.
Shifokor tashxisi: Turg‘un stenokardiya.
Do'stlaringiz bilan baham: