M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Muammoli masalalar
№ 1
Bemor K.78 yoshda, prostata bezi adenomasi kasalligining 3-bos qichi 
bilan kasalxonada davolanmoqda. Tashxis 64 yoshida qo‘yilgan. Doimiy 
davolanmagan. Kasallikning avj olishi va do‘stining masla hatiga ko‘ra 
operatsiyaga rozi bo‘lgan. 
10-oktabrda kasalxonaga yotqizildi. Operatsiya oldi tayyorgarligi 
ko‘rilmoqda. Bemorda ishonchsizlik va qo‘rquv bor. 
Shikoyatlari: qovuq sohasida og‘riq, siydik tutilishi. Bu holat qovuqni 
kateterlashga olib keladi. 
Obyektiv ko‘rikda: vazni – 62 kg, bo‘yi – 168 sm. Terisi rangpar, og‘iz 
atrofida sianoz, hansirash kuzatiladi. Bemor bilan muloqotga kirishish 
qiyin, savollarga xohlamay javob beradi. AB 140/100 mm sim. ust ga 
teng. Puls –
minutiga
86 ta, nafas soni –
minutiga
18 ta. Kechqurun 
hojatga ko‘p chiqqanligi sababli jahldor, uyqusi yomon. Palpatsiyada 
qovuq sohasida og‘riq.
Bartel shkalasi bo‘yicha baholanganda: o‘zi ovqatlanadi, yuvinadi, 
kiyimlarini almashtiradi. Siydik tuta olmasligi sababli tez-tez kiyimlarini 
almashtiradi, bu uni charchashga olib keladi. Hojatga chiqishda, o‘rnidan 
turishda yordamga muhtoj emas. Zinadan ko‘tarilishda yordamga muhtoj 
emas. Boshqalarning yordami bilan 500 m masofaga yura oladi.
Oilada 6 kishi: rafiqasi 75 yoshda, qizi 50 yoshda, kuyovi 55 yoshda, 
nabirasi 25 yoshda, uylangan, ishlaydi, uning rafiqasi bemorni parvarish 
qiladi.
Medikamentoz davo: antibiotiklar, yallig‘lanishga qarshi davo, para-
rektal shamchalar, yurak yetishmovchiligida qo‘llaniladigan dori vosita-
lari.
ToPshiR iQ:
1. Hamshira tashxisini qo‘ying.
2. Parvarish rejasini tuzing.


96
№ 2
Bemor D. 65 yoshda. Qandli diabetning II tipi bilan kasallangan. 10 
yil oldin shu kasallik bilan davolanganda diyetoterapiya va davolash gim-
nastikasi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan.
Kasalxonadan chiqqan birinchi paytlarda parhezga rioya qilgan, davo-
lash gimnastikasini bajargan. Keyinchalik erinchoqlik qilib parhezga rioya 
qilmagan, davolash gimnastikasini bajarmagan. 1 yildan beri qondagi 
qand miqdorini dori vositalari bilan nazorat qiladi, lekin tibbiy ko‘rikdan 
vaqtida o‘tmaydi.
2006-yil 10-mayda poliklinikaga quyidagi shikoyatlar bilan kelgan: 
og‘zi qurishi, tez charchash, oyoqlarda sezuvchanlikning kamayishi. 
Qondagi qand miqdori 32 mmol/l.
Obyektiv ko‘rikda: vazni – 75 kg, bo‘yi – 160 sm. AB 130/70 mm sim.
ust. T 36,5°C , pulsi
minutiga
86 ta. Oyoq barmoqlarida qorayish, ayniq-
sa chap oyoqdagi bosh barmoqning rangi keskin o‘zgargan (qon aylanishi-
ning yomonlashganligi sababli).
Hozirda o‘ng oyoq tizza bo‘g‘imining yallig‘lanishini davolamoqda, 
yurganda chap tomonga og‘ish kuzatilmoqda, hassadan foydalanmaydi. 
50 yoshidan ko‘zoynak taqadi, keyingi vaqtlarda ko‘rishi yomonlashgan-
ligini aytayapti. Suyuqlik ko‘p qabul qilganligi sababli hojatga tez-tez 
chiqadi. Ba’zida 4 kunlab ham ichi kelmaydi.
Oilada 7 kishi: turmush o‘rtog‘i 69 yosh, o‘g‘li 35 yosh, kelini 32 yosh, 
3 ta nabirasi bor. O‘g‘li va kelini ishlaydi, turmush o‘rtog‘i qish loq xo‘ja-
ligi bilan shug‘ullanadi, shuning uchun uydagi ishlarni bemorning o‘zi 
bajaradi.
Bemorning 2 ta opasi qandli diabet bilan kasallangan. Ularning par-
varishi bilan o‘zi shug‘ullangan. Otasi 70 yoshida insultdan vafot etgan. 
Onasi yuqori isitma bilan og‘rib vafot etgan, sababi aniqlanmagan.
Bemor tezroq kasalxonadan chiqib, nabiralari tarbiyasi bilan 
shug‘ullanishni xohlaydi. Hayotga to‘laqonlilik bilan qaraydi. Muloqotga yax-
shi kirishadi. Uy ishlari bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi. Boshqalarning 
yordamisiz 500 m masofaga yura oladi.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling