98
№ 4
Bemor M. 65 yoshda, ayol kishi.
Bemor shifoxonaga ko‘ngil aynishi, to‘satdan
umumiy lanjlik
shikoyatlari bilan keldi.
Anamnez: bemor 10 yil oldin virusli gepatit B kasalligi bilan
og‘rigan. Oxirgi 2 yilda ishtahasining pasayganligi, umumiy lanjlik
aniqlangan. Burundan ham qon ketish hollari kuzatilgan.
Yarim
yildan beri qorni shishayotganini sezgan. Jismoniy harakatlar paytida
hansirash , hafas siqishi kuzatilgan. Tez charchab qolgan. Keyingi 3
yilda har yili 1 marta shifoxonada yotib davolangan.
Avvalgi UTT – jigar sirrozi. Asosan quyidagi dorilarni qabul
qilgan: sinepar,
essensial, Liv-52, veroshpiron, furosemid, minokain,
plazma quyilgan.
Obyektiv tekshirish natijalari:
teri rangi oqargan, sarg‘ish
tovlanish bilan, terida – «jigar yulduzchasi» simptomi aniqlandi.
Puls minutiga 112 marotaba, kuchsiz to‘lish bilan. Arterial bosim
100/70 mm. sim. ust.ga teng.
Qorin devori kattalashgan, kindik
oldidagi venalarning «meduza boshi» shaklida kattalashishi,
qorin
bo‘shlig‘idagi erkin suyuqlik hisobiga og‘riqsiz, jigar qovurg‘a
ravog‘idan 4 sm pastda. Til qizg‘ish, so‘rg‘ichlari tekis. Bo‘yi 165 sm,
vazni 75 kg.
Eri 66 yoshda, mahalla raisi. 6 ta farzandi bor, 2 qiz, 4 o‘g‘il.
Ular hammasi oilali. Bemor kichik o‘g‘li, kelini va 3 ta nabirasi bilan
yashaydi. Qovurilgan ovqatlarni xush ko‘radi. Parhezga rioya qilma-
gan. O‘zining kasalidan xavotirlanayapti.
Muloqotga yaxshi kirishadi.
Uy ishlari bilan shig‘ullanishni yaxshi ko‘radi.
Bartel shkalasi bo‘yicha baholanganda: o‘zi
ovqatlanadi, yuvinadi,
kiyimlarini almashtiradi. Hojatga chiqishda, o‘rnidan
turishda yor damga
muhtoj emas. Zinadan ko‘tarilishda yordamga muhtoj. Bosh qalarning
yordami bilan 500 m masofaga yura oladi.
Shifokor tashxisi: Jigar sirrozi.
Do'stlaringiz bilan baham: