M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet101/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

A) normal EKG.
B) miokard infarktida EKGdagi 
o‘zgarishlar.


139
VII.2. Veloergometriya (veM)
Veloergometriya yurak ishemik kasalliklarini obyektiv aniqlash 
usullaridan eng ko‘p tarqalgan usul hisoblanadi. Bu usulda bemor 
velosipedda yurishni imitatsiya qiladi, yurak ishini va koronar qon 
aylanishining oshishiga olib keladi. Ko‘krak qafasiga elektrodlar 
mahkamlanadi yoki maxsus poyas kiyiladi.
Testdan oldin va test davomida qon bosimi o‘lchanib turiladi. 
Tinch holatda EKG qilinib bo‘lgach, zo‘riqish testi bajarila boshlaydi. 
Har 2–3 daqiqa intervaldan zo‘riqish oshirib boriladi. Zo‘riqish to 
veloergometriyaga qarshilikkacha oshirib boriladi, tekshiruv davomida 
qon bosimi o‘lchanib, EKG registratsiya qilib boriladi. Shifokor 
bemordan biron-bir nohushlik yoki og‘riq sezsa, xabar berishini 
tayinlaydi. Nohush sezgilar va og‘riq paydo bo‘lganda tekshirish 
to‘xtatiladi. Oradan 5–10 daqiqa o‘tgach, qon bosimi o‘lchanadi va 
EKG registratsiya qilib boriladi. Veloergometriya qon aylanishi va 
yurak ritmi buzilishini aniqlab beradi.
Veloergometrik ko‘rsatmalar:
yurak ishemik kasalligini (YuIK) aniqlash;

yuIKning jismoniy zo‘riqishga tolerantlikni aniqlash va infarkt 

mio kardni boshidan o‘tkazganligini aniqlash; Dorilarni tanlash, 
davo effektini aniqlash;
yurak ritmi buzilishlarini aniqlash;

trenajyorlarda shug‘ullanuvchilarda o‘tkaziladi.



140
VII.3. Rentgenologik tekshirish usullari
Rentgenologik tekshirish rentgenoskopiya (obyektiv tasvirni 
ekranda hosil qilish) va rentgenografiya (tekshirilayotgan obyekt 
tasvirini yorug‘lik sezadigan materialga tushirib, rasmini olish)ni o‘z 
ichiga oladi.
Odam organlarini rentgenologik tekshirish ikki xil usulda amalga 
oshiriladi: rentgenoskopiya va rentgenografiya.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling